14
a) passajirlar (odamlar) tashiydigan liftlar.
Passajir liftlar asosan ma`muriy-ijtimoiy va turar-joy binolarida qoʻllaniladi yoki
maxsus vazifalarni bajaradi (masalan kasalxonalarda). Passajir tashiydigan liftlar
xarakat tezligiga qarab uch guruщga boʻlinadi.
- sekin yuruvchi –
Vq 0,65 m/s;
- tez yuruvchi –
Vq 1 m/s;
- tezkor –
Vq 1,4-5,6 m/s.
b) Yuk-passajir tashiydigan liftlar. Yuk-passajir tashiydigan
liftlar turar joy
binolarida va ma`muriy tashkilotlarda ishlatiladi.
v) Yuk tashuvchi liftlar yuklarni,
materiallarni, asbob-uskunalarni tashish uchun
ishlatiladi.
Ular uch guruhga boʻlinadi:
- yuk-passajir liftlarning qonun qoidalariga javob beradigan kuzatuvchi nazoratida
ishlaydigan
yuk tashuvchi liftlar;
- kuzatuvchisiz va tashqi tomondan boshqariladigan yukli liftlar;
- muxayan texnik vazifa boʻyicha loyihalangan (vokzal, kutubxona, magazin,
garaj) maxsus ishlarni bajaruvchi liftlar.
3.4.Yuklagichlar
( Yuklash-tushirish mashinalari).
Yukni changallash, gorizontal va vertical yoʻnalishlar
boyicha siljitish, taxlash,
transport vositalari ( vagon, avtomobil va boshqa ) ga yuklash va undan tushirish
ishlariga moʻljallangan mashinalar – yuklagichlar deyiladi.
Yuklagichlar xalq xoʻjaligining
hamma sohalarining ish
maydonlarida,
omborlarda, stansiyalarda keng qoʻllaniladi.
Yuklagichlar yuritmasi boʻyicha ikki turga boʻlinadi;
1.
Elekrtyuklagichlar – elektr toki bilan ishlaydigan.
2.
Avtoyuklagichlar – ichki yonuv dvigateli bilan ishlaydigan.
Yuklagichlar changalining tuzilishi boʻyicha ikki turga boʻlinadi:
1.
Changakli – donali yuklar uchun;
2.
Kovshli – sochiluvchan uyma yuklar uchun;
Yuklagichlar changakni harakat olishi boʻyicha ikki xil boʻladi:
1.
Mexanik – sep zanjir bilan;
15
2.
Gidravlik – suyuqlik bilan;
Elekrtyuklagichlarning yuk koʻtarish qobiliyati 0,5 – 5,0 tonna, yuk koʻtarish
balandligi 2,5 metr.
Avtoyuklagichlarning yuk koʻtarish qobiliyati 10 tonnagacha, yuk koʻtarish
balandligi 4 metrgacha boʻladi.