MA`RUZA № 1
Mavzu: Kirish. Yuk koʻtarish transportlari va transport mashinalari va
mexanizmlarining rivojlanish tarixi va xalq xoʻjaligidagi axamiyati. YKTTMM
tasnifi, turlari va vazifalari.
REJA:
1. Kirish. Yuk koʻtarish va tashish mashinalarining rivojlanish tarixi va xalq
xoʻjaligidagi axamiyati.
2.YKT mashinalari tasnifi.
3.YKT turlari va vazifalari.
1.
Koʻtarish va tashish mashinalarining rivojlanish tarixi va xalq
xoʻjaligidagi axamiyati.
1.1.1.
Fanning rivojlanish tarixi.
YKT mashinalarining paydo boʻlishi uzoq tarixga ega. Odamlar oʻz xayoti
davomida turmushda qoʻl bilan bajaradigan
ishlarini engillashtirish, ish unumini
oshirish ustida doimo izlanishgan. Chunki ayrim ishlarni bajarish
qiyin yoki butunlay
iloji edi.
Eramizdan avvalgi 27-asrda Misr piramidalarini qurishda ulardan keng
foydalahilgan. Balandligi qariyb 150 metr boʻlgan piramidalar massasi 2-30
tonnagacha
boʻlgan prizmatik toshlardan qad koʻtargan.
Eramizdan avvalgi 22-asrda qadimgi Xitoy va Xindistonda foydalanilgan richagli
mexanizmlarni xozirgi qulochli kranlarning dastlabki namunasi deyishimiz mumkin (1-
rasm).
Eramizdan avvalgi 7-asrda bloklar paydo boʻldi.
YKT mashinalarini takomillashib borishida rus mexaniklarini
ham mexnati katta
boʻlgan.11-asrda Nijniy Novgorodda sofiya cherkovini qurishda,1677-yili Kremldagi
130 tonnalik qoʻng`iroqni oʻrnatishda,1769-yili polispastlardan foydalanilgan.
2
1872-yilga kelib, Rossiyada mashinasozlik nazariyasiga
asos solgan olim
“Mashinalar xaqida ommaviy leksiyalar” (1859 yil ) va “Koʻtarish mashinalari kursi”
(1872 yil) nomli asarlar muallifi professor I.A.Vishnegradskiy sohaga oid birinchi
kitobni yozdi.
Oʻzbekistonda yuk koʻtarish-tashish mashinalarini ishlab chiqarish 1950-
yillardan keyin boshlandi. 1960-yillarda Andijon mashinasozlik
zavodi da universal
yuklagichlar. Andijon “Kommunar” zavodida paxtani buntga koʻtarishda ishlatiladigan
lentali transportyor (konveyer) lar ishlab chiqarila boshlagan.1980-yilda
Samarqand
shahrida liftlar ishlab chiqarish zavodi ish boshlagan.
Xozirgi kunda “Andijonmash” OAJ da Angren koʻmir konida koʻmirni shaxtadan
omborlarga tashiydigan lentali konveyerlar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarilmoqda.