12
Kran koʻprigi payvand konstruktsiyali panjara bilan oʻrab qoʻyilgan fermadan
iborat. Fermalar tayanchlarga oʻrnatilgan. Ular tayanchlarga uzel 4 bilan qattiq
biriktirilgan. Har qaysi tayanch panjarali payvand konstruktsiyali ikkita oyoq 8 dan
iborat boʻlib, oyoqlar pastda va yuqorida yaxlit kesimli balka 9
lar yordamida
birlashtirilgan.
Minorali kranlar.
Qishloq xoʻjalik va gidrotexnik inshootlar qurishda, turar-joy
va sanoat binolarini qurishda, konstruktsiyalar va texnologik
jihozlarni montaj qilishda
va qurilish montaj ishlarini olib borishda minorali kranlardan keng foydalaniladi.
Kran minorasining konstruktsiyasi boʻyicha: minorasi aylanadigan (KB-1602,
KB-503) va minorasi aylanmaydigan (KB-674, KB-572) turga boʻlinadi.
Oʻrnatish usuliga qarab, minorli kranlar koʻchma, statsionar va oʻzi yuradigan
turlarga boʻlinadi.
1.9-rasm. Minorasi aylanmaydigan minorali kran.
Ushbu kran xarakatlantirish mexanizmi 1, peshtoq 2, minora 3,
boshqarish
kabinasi 4, burish mexanizmi 5, posangi 7 qoʻyiladigan konsol 6 yuk kutarish
13
mexanizmi 8, strelani koʻtaruvchi mexanizmi 9, ogolovka 10, strela polispasti 11, strela
12, yukli aravacha 13, yurish aravachasi 14 va yurish qismi 15 dan tshkil topadi.
1.10-rasm. Minorasi aylanadigan minorali kran.
Kran xarakatlantirish
mexanizmi, yurish aravachasi 2, yurish ramasi 3, minora 4,
boshqarish kabinasi 5, strela 6, ilgak osmasi 7, burish mexanizmi 8, yuk koʻtarish
mexanizmi 9, tayanch burilish qurilmasi 10, burilish platformasi 11, strela qulochini
oʻzgartirish mexanizmi 12, strela polispasti 13 va posangi 14 kiradi.
Minorali kranlarda ilgak qulochi ikki usulda oʻzgartiriladi.
1) aravachani strela ustida щarakatlantirib.
2) strelani koʻtarib-tushirish bilan.
Oʻz-oʻzini koʻtaruvchi kranlar koʻp qavatli va baland binolarni qurishda
qoʻllaniladi. Yuk koʻtaruvchanligi 3,0…5,0 t gacha, qulochini uzunligi 22
m va undan
ham katta boʻladi.