Yaratilish bosqichi va element asosi




Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana25.09.2023
Hajmi1.92 Mb.
#84247
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma\'ruza
Истории государства и права зарубежных стран ОТВЕТ, 3, D5Bva0UOe7dAJxQyrEU8j1fakoDaD2NDO4th3QyV, Reja-WPS Office, QUVIR TRANSPORTI, 4-амалий машғулот, Индустрия 4 рус, kitob, 169-8-113-Q 21, Amalyot, Biologiya, Mavzu Turkiston arslonquyrug’i – Leonurus Turkestanicus o’simli, pdf 20221207 094347 0000, Avesto
Yaratilish bosqichi va element asosi bo‘yicha kompyuterlarni 
shartli ravishda quyidagi avlodlarga bo‘linadi: 
Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi davomida juda ko‘p 
turli xil kompyuterlar ishlab chiqildi. Ularning ichida hozirda unitilib 
ketganlari bilan birga, kompyuter arxitekturasiga oid zamonaviy g‘oya 
va ishlanmalarga o‘zining katta ta’sirini ko‘rsatgan kompyuterlar ham 
bor. 
0
AVLOD
1642-1945 
1
AVLOD
1945-1955 
2
AVLOD
1955-1965 
3
AVLOD
1965-1980 
4
AVLOD
1980-1990 
5
AVLOD
1990-2010


Kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlarini quyidagicha 
ifodalash mumkin: 
1.Nolinchi avlod – mexanik kompyuterlar (1642-1945 yillar) -
Paskal (1642 yil), Leybnits (1672 yil) va Bebbidjlar (1722 yil) 
tomonidan ishlab chiqilgan kompyuterlar. 
2.Birinchi avlod – elektron lampalar asosida qurilgan kompyuterlar 
(1945-1955 yillar) – Fon Neyman tamoili asosida qurilgan 
kompyuterlar. 
3.Ikkinchi avlod – tranzistorlar asosida qurilgan kompyuterlar 
(1955- 1965 yillar). 
4.Uchinchi avlod – integral sxemalar asosida qurilgan kompyuterlar 
(1965-1980 yillar). 
5.To‘rtinchi avlod – katta integral sxemalar asosida qurilgan 
kompyuterlar (1980 yillardan boshlab) – Intel 8080 (8), 8086 (16), 8088 
(16), 80486 (32) va Pentium protsessorlari asosida qurilgan 
kompyuterlar. 
6.Beshinchi avlod – ko‘rinmas kompyuterlar. 
Kompyuter 
arxitekturasini 
yuqorida 
keltirilgan 
rivojlanish 
bosqichlarini taxlil qilish bilan, zamonaviy kompyuterlarning qanday 
qurilganligi va qanday ishlashi haqidagi bilimlarni yanada kengaytirish, 
hamda ushbu kompyuterlarda ishlash malakasini yanada oshirish 
mumkin bo‘ladi. 
0-avlod, 1940 yillar: Mexanik xisoblagichlar. 
Kompyuterning paydo bo'lishi uchun zarur shart-sharoitlar, ehtimol, 
qadim zamonlardan beri shakllangan, lekin ko'pincha ko'rib chiqish Blez 
Paskalning 1642 yilda yaratgan hisoblash mashinasidan boshlanadi. Bu 
mashina faqat qo'shish va ayirish amallarini bajarishi mumkin edi. O'sha 
asrning 70-yillarida Gotfrid Vilgelm Leybnits nafaqat qo'shish va 
ayirish, balki ko'paytirish va bo'lish uchun ham amallarni bajarishga 
qodir mashina qurdi. 


Charlz Bebbij — ingliz matematigi, birinchi avtomatik raqamli 
kompyuter ixtirochisi. U zamonaviy ingliz pochta tizimini yaratib
dastlabki ishonchli aktuar jadvallar ishlab chiqqan, turli xil spidometrlar 
va temir yo‘llarni tozalagich qurilmasini ixtiro qilgan. 

Download 1.92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish