|
Bir o’lchovli massiv elementlarini kiritish
|
bet | 3/6 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 27,81 Kb. | | #111121 |
Bog'liq 931-22 gruh talabasi Sadullayev DanyorBir o’lchovli massiv elementlarini kiritish.
1. cin>> a[i];
2. int w[]={3,7,90,78};
I. O’lchami ko’rsatilgan massiv elementlarini to’liq initsializatsiyalash:
int t[5]={-10,5,15,4,3};
Bunda 5 ta elementdan iborat bo’lgan t nomli bir o’lchamli massiv e`lon qilingan va uning barcha elementlariga boshlang’ich qiymatlar berilgan. Bu e`lon quyidagi e`lon bilan ekvivalent:
int t[5]; t[0] =-10; t[l]=5; t[2]=15; t[3]=4; t[4]=3;
II. O’lchami ko’rsatilgan massiv elementlarini to’liqmas initsializatsiyalash:
int t[5] = {-10,5,15};
Bu erda faqat massivning boshidagi uchta elementiga boshlang’ich qiymatlar berilgan. SHuni aytib o’tish keraki, massivning boshidagi yoki o’rtadagi elementlariga qiymatlar bermasdan, uning oxiridagi elementlarga boshlang’ich qiymat berish mumkin emas. Agarda massiv elementlariga boshlang’ich qiymat berilmasa, unda kelishuv bo’yicha static va extern modifikatori bilan e`lon qilingan massiv uchun elementlarning qiymati 0 soniga teng deb, avtomatik massivlar elementlarining boshlang’ich qiymatlari noma`lum hisoblanadi.
III. O’lchami ko’rsatilmagan massiv elementlarini to’liq initsializatsiyalash
int t[ ] = {-10, 5, 15, 4, 3};
Ushbu misolda massivni barcha elementlariga qiymatlar berilgan hisoblanadi, massiv uzunligi kompilyator tomonidan boshlang’ich qiymatlar soniga qarab aniqlanadi. Agarda massivni uzunligi berilmasa, boshlang’ich qiymati berilishi shart.
Massivnie`lonqilish:
char ch[4]={‘a’, ‘b’, ‘c’, ‘d’}; //simvolli massiv
int in[6]={10, 20, 30, 40}; // butun sonli massiv
char str[]="abcd"; //satr uzunligi 5 ga teng, chunki uning oxiriga ‘\0’ belgisi qo’shiladi
char str[]={'a', 'b', 's', 'd'}; // YUqoridagi satrning boshqacha yozilishi
Misol. Bir hafta ichidagi kundalik temperatura berilgan bo’lsa, hafta uchun o’rtacha temperaturani hisoblash dasturini tuzish:
|
| |