tavsiflar berilganini ko‘ramiz. «Media — ommaviy axborot vositalari,
ham keng,
ham maxsus auditoriyaga mo‘ljallangan ko‘ngilochar takliflarni tavsiya etuvchi,
yangilik, axborot va reklama axborotini tarqatishga yo‘naltirilgan ko‘p
sonli va
serqirra funksiyalarni amalga oshiruvchi kommunikatsiya kanallaridir».
Aksariyat hollarda mutaxassislar media atamasi o‘zagida aynan ushbu
tavsifni ko‘radi. Shunga qaramasdan, mazkur atamaning tor mazmuni ham mavjud.
Ayrim tadqiqotchilar mazkur atama mazmunida alohida
axborot muhiti sifatida
aynan OAVni, boshqalari esa — aniq axborot tashuvchini nazarda tutadi.
Kommunikatsiya kanali sifatida medialar sirasiga mutaxassislar bosma nashrlar,
elektron OAV,
shu jumladan Internet, reklamaning tashqi vositalari va b. ni
kiritadi”
Medialar elektron bo‘lmagan bosma medialar hamda elektron medialarga
ajratiladi:
Boshqa jihatdan olib qaraganimizda medialarni to‘rtta turga ajratish mumkin: