Axborot — «bizni o‘zgartiradigan» tushuncha (Stafford Beer, 1979).  Axborot




Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana07.12.2023
Hajmi0,78 Mb.
#113103
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ldyWBOlPneZNaJiOm7PIij30Gz1718rzb6Ek7LXV

Axborot — «bizni o‘zgartiradigan» tushuncha (Stafford Beer, 1979). 
Axborot — bu «insonning ongiga yetib boradigan va uning bilimini 
oshiradigan» tushuncha (Blokdjik and Blokdjik, 1987). 
«Axborot — bu uni oladiganlar uchun ma’noga ega shaklga keltirilgan va 
joriy yoki keyingi harakatlar yoki qarorlar uchun
haqiqiy 
yohud potensial 
qiymatga ega ma’lumotlar» (Davis and Olsen, 1984). 
Boshqa tomondan, “axborot” atamasi axborot berish, axborotni uzatish va uni 
tarqatish ma’nosida ham qo‘llaniladi. Ayrim tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, 
axborot deb oldindan ma’lum bo‘lmagan biror narsa haqidagi xabar yoki 
ma’lumotlar tushuniladi

Axborot muhim unsur bo‘lib, usiz nafaqat alohida 
insonni, balki jamiyatni ham tasavvur qilib bo‘lmaydi. Masala, uning sifati, 
mazmuni, ohangi va yo‘naltirilganligidadir. Shu bois axborot chegaralangan, 
qalbakilashtirilgan, tezkor, dolzarb va h.k. bo‘lishi mumkin. 


Media va boshqa axborot manbalari tomonidan taqdim etilayotgan axborotdan 
to‘g‘ri foydalanish, insonlarning o‘zida axborotga bo‘lgan ehtiyojini anglashi, 
ma’lumotni topish va unga egalik qilish hamda sifatini baholash imkonini beradi. 
Aksariyat hollarda iste’molchi u yoki bu maqsadga erishish uchun nimani 
bilishi zarurligini anglaydi va o‘z qidiruvishini ma’lum bir natijaga qaratadi. 
Masalan, inflyatsiya sharoitida har bir fuqaroni narx-navoning o‘sishi qiziqtiradi. 
Abiturient oliy ta’lim muassasasiga kirish qoidalariga oid barcha ma’lumotni 
o‘rganadi. Tadbirkor va moliyachini birinchi navbatda birjadagi narx kotirovkasi 
qiziqtiradi. 
Insonga u yoki bu axborot kanaliga murojaat qilish maqsadi tushunarli. 
Tanlov xabarning to‘laligi, manbaning ishonchliligi yoki qiziqarligi va h.k. asosida 
amalga oshiriladi. Ammo bu yerda ham manbaning ishonchliligini chuqur 
o‘rganish lozim. Masalan, o‘zini adabiy tanqidchi deb tanishtirgan shaxsning yangi 
adabiyot bo‘yicha tavsiyalari avvalo muayyan maqsadda berilgan bo‘lishi mumkin. 
Bugungi kunda axborot materiallarining, kontent va resurs larning haddan tashqari 
keng va turli-tuman to‘plami mavjud, ayniqsa Internetda, u
larning aniqligi, 
ishonchliligi va qiymati turlicha. Bundan tashqari, bu ma’lumotlar turli shakllarda 
(matn, tasvir, statistik ma’lumotlar, elektron yoki bosma shaklda) mavjud bo‘lib, 
ularni onlayn baza, portal, virtual va real kutubxona, hujjatlar to‘plami, 
ma’lumotlar bazasi, arxivlar, muzeylar va boshqalar orqali olish mumkin. Ammo 


ushbu axborotning sifati muhim omil sanalib, axborotning sifati «juda yaxshi» dan 
«juda yomon»gacha farqlanishi mumkin. 
Demak, axborotni saralash asosida uning iste’molchiga xatto, o‘zi 
tushunmagan holatda ham qadrliligi yotadi. Axborot manbasini baholashda avvalo 
inson axborotni nima maqsadda olayotganini aniqlash zarur. Mazkur jarayon 
ishonchli axborot manbalarini
aniqlashga yordam beradi. Masalan, quyidagi 
savollarga javob topishga harakat qilish joiz: konkret holat uchun axborotning 
qanday manbai yoki qanday turdagi manba eng ishonchli hisoblanadi, qanday 
manbalarning holis, betaraf, yashirin ma’nosi bo‘lmagan va sifat nazoratidan 
o‘tgan bo‘lish ehtimoli ko‘proq? Qaysi manbalar haqqoniy, xolis bo‘la oladi? 
Axborot manbasi, odatda, ijtimoiy ahamiyatga molik (ya’ni, keng ommaga 
qiziq va kerak bo‘lgan) axborotga ega bo‘lgan shaxs yoki tashuvchidir. Axborot 
manbalari an’anaviy (rasmiy manbalar, ya’ni hujjatlar, OAV materiallari, hukumat 
qarorlari, hayotning o‘zi va h.k.) va noan’anaviy (“ishonch telefonlari”, ijtimoiy
sog‘lomlashtirish markazlari, ikkilamchi xomashyo, shisha qabul qilish, 
mashina yuvish va yonilg‘i quyish shahobchalari, bozorlar va h.k.) ga
ajratiladi. 
Axborot borasida savodxon insonlar qo‘yidagi tayanch ko‘nikmalarga ega 
bo‘ladilar: tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qila bilish va undan o‘z fikrini bayon 
etishda foydalanish, mustaqil ta’lim olish qobiliyati, davlat faoliyati va jamiyatda 


kechayotgan demokratik jarayonlarda ishtirok etish, xabardor fuqaro va o‘z 
kasbining ustasi bo‘lishga tayyor bo‘lish. 

Download 0,78 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot — «bizni o‘zgartiradigan» tushuncha (Stafford Beer, 1979).  Axborot

Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish