• Mazkur hujjatda 2030 yilga qadar quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish ham nazarda tutilgan
  • 100 ta yirik suv xo‘jaligi ob’yektida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish;
  • Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash
  • Irrigatsiya-melioratsiya ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash
  • –2020 yillarda suv xo‘jaligi sohasini tartibga soluvchi jami 30 ga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi




    Download 47.5 Kb.
    bet2/4
    Sana10.05.2022
    Hajmi47.5 Kb.
    #20692
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word (27)
    Документ Microsoft Word (3), Jodugar yoxud ming yillik qissa, 63a19c5377fb3 АМАЛИЙ ЭТИКА ВА ЭСТЕТИКА ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА ЛОТИН
    2 2019–2020 yillarda suv xo‘jaligi sohasini tartibga soluvchi jami 30 ga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi:
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6024-sonli Farmoniga muvofiq tasdiqlangan Konsepsiya sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish va suv xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha qator dolzarb vazifalar hamda ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan.
    Mazkur hujjatda 2030 yilga qadar quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish ham nazarda tutilgan:
    sug‘orish tizimlarining foydali ish koeffitsiyentini 0,63 dan 0,73 gacha oshirish;
    suv ta’minoti past darajada bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlarini 560 ming gektardan 190 ming gektargacha kamaytirish;
    sho‘rlangan sug‘oriladigan yer maydonlarini 226 ming gektarga kamaytirish;
    Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi iste’molini 25 foizga kamaytirish;
    barcha irrigatsiya tizimi ob’yektlariga “Aqlli suv” suv o‘lchash va nazorat qilish qurilmalari o‘rnatilib, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etish;
    100 ta yirik suv xo‘jaligi ob’yektida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish;
    qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2 million gektargacha, shu jumladan, tomchilab sug‘orish texnologiyasini 600 ming gektargacha yetkazish;
    suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 50 ta loyihani amalga oshirish.
    Shuningdek, Konsepsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha 37 banddan iborat bo‘lgan “Yo‘l xaritasi” va konsepsiyani amalga oshirish natijasida erishiladigan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalarni 2020–2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
    Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash
    Respublikamizda 2020 yilda 133,6 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan. Shu tariqa o‘tgan yillar davomida tejamkor sug‘orish texnologiyalari joriy qilingan maydonlar 291,2 ming gektarga yetkazilib, jami sug‘oriladigan yerlarning 7 foizga yaqinini tashkil qilmoqda.
    Jumladan, 43 ming 40 gektar, shundan 20 ming 650 gektar paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish, 2 ming 210 gektar maydonda yomg‘irlatib sug‘orish, 4 ming 249 gektar maydonda diskret (pulsar) sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilgan bo‘lsa, 84 ming 162 gektar maydonda ko‘chma egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish ishlari amalga oshirilgan.
    Irrigatsiya-melioratsiya ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash
    Suv xo‘jaligi tizimida jami 28,4 ming km irrigatsiya tizimi mavjud bo‘lib, ularda 54 432 ta har xil gidrotexnika inshooti qurilgan. Tizimda umumiy hajmi 19,4 mlrd. m3 bo‘lgan 70 ta suv ombori va sel omboridan foydalanib kelinmoqda.
    3
    Download 47.5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 47.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    –2020 yillarda suv xo‘jaligi sohasini tartibga soluvchi jami 30 ga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi

    Download 47.5 Kb.