• Suv xo‘jaligi tarmog‘ida energiya sarfini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar
  • Suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan ilmiy loyihalar va xalqaro grantlar
  • 4 Davlat-xususiy sheriklikni joriy etish masalalari
  • ,0 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘lar sarflangan. Qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish 2020 yilning oxirigacha 58,2 ming gektar r




    Download 47.5 Kb.
    bet4/4
    Sana10.05.2022
    Hajmi47.5 Kb.
    #20692
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word (27)
    Документ Microsoft Word (3), Jodugar yoxud ming yillik qissa, 63a19c5377fb3 АМАЛИЙ ЭТИКА ВА ЭСТЕТИКА ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА ЛОТИН
    170,0 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘lar sarflangan. Qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish 2020 yilning oxirigacha 58,2 ming gektar rejalashtirilgan edi.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 21 apreldagi 03/1-775, 03/1-952-sonli yig‘ilish bayoniga 143 ta irrigatsiya loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan 158,4 mlrd. so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishi hisobiga 38,0 ming gektar yer maydonlarni foydalanishga kiritilgan.
    Suv xo‘jaligi tarmog‘ida energiya sarfini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar
    Paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarining yana bir katta ulushi nasos stansiyalarini faoliyatini ta’minlab beruvchi elektr energiya xarajatlari hisoblanadi. Hisobotga ko‘ra, suv resurslarining nomutanosib taqsimlanishi va sug‘oriladigan yerlarning murakkab relefga ega ekanligi natijasida sug‘oriladigan yerlarning 60 foiziga yaqin qismiga 1 687 ta nasos stansiya yordamida suv yetkazib berilib, ularning yillik elektr energiyasi iste’moli 8 mlrd kVt.s ni tashkil etadi. 2,5 million gektar maydonni sug‘orish uchun 2,4 trln. so‘m byudjet mablag‘lari sarflanmoqda. Bir gektar maydonga suvni nasoslar orqali yetkazib berish uchun byudjetdan o‘rtacha 800 ming so‘m xarajat qilinyapti. Egatlab sug‘orish oqibatida yiliga qariyb 5-6 milliard m3 yëki 20 foiz suv dalada behuda sarflanmoqda. Bu muammoni hal qilish maqsadida energiya samarador texnologiyalarni joriy qilish va tarmoqda energiya sarfini kamaytirish bo‘yicha bir qancha ishlar olib borilmoqda.
    Suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan ilmiy loyihalar va xalqaro grantlar
    2020 yilda 21 ta mavzudan iborat jumladan, Suv xo‘jaligi vazirligining byudjet mablag‘lari hisobidan 12 ta hamda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 9 ta mavzudagi ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Buxoro filiali, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Axborot-tahlil va resurs markazi tomonidan bajarilgan.
    Axborot-tahlil va resurs markazi tomonidan Yuqori Chirchiq tuman irrigatsiya bo‘limiga qarashli sug‘orish tarmoqlari BAV-6, BAV-13, Ag‘anay, Toshto‘g‘izoq, BAV-3 va IK qo‘shimcha-1 kanallarining suv olish nuqtalariga “Aqlli suv” qurilmalari o‘rnatilgan.
    Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashqi muhitning agressiv ta’siriga uchragan beton va temir-beton kanallari, suv omborlari hamda boshqa gidrotexnika inshootlarining filtratsiyaga chidamliligini gidroizolyasion kompozit materiallar yordamida oshirish talablari ishlab chiqilgan. Takomillashtirilgan kompozit material “Toshkent” suv ombori to‘g‘oni bosimli qismining 16 m2 maydonida qo‘llanilib, ishlab chiqarishga tavsiya etilgan.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 dekabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4087-son qarorida belgilangan ilmiy-tadqiqot ishlariga muvofiq, Toshkent va Surxondaryo viloyatining sharoitida yangi rayonlashtirilgan va istiqbolli ildiz tizimi tomchilatib sug‘orishga mos, kamsuvlikka, garmselga chidamli g‘o‘za navlarini parvarishlashda samarali agrotexnologiyalarni ishlab chiqilgan. G‘o‘zani tomchilatib sug‘orishda maqbul sug‘orish me’yorlari ilmiy asoslandi. Egatlab sug‘orishga nisbatan tomchilatib sug‘orishda 34-37 % suv tejalishiga erishilgan.
    Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Respublika davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 5 ta fundamental, 13 ta amaliy loyihalar bajarilgan.
    Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 noyabrdagi 744-son qarori bilan Xorazm viloyatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilgan.
    4 Davlat-xususiy sheriklikni joriy etish masalalari
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6024-son Farmonida vazirlik tomonidan 2030 yilga qadar 50 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
    2020 yilda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 29 ta loyiha shakllantirilib, 2020 yilga rejalashtirilgan 5 ta o‘rniga haqiqatda 8 ta loyiha (160,0 foiz) bo‘yicha bitimlar imzolangan.


    Qayd etildiki, Prezidentning Farmoni bilan tasdiqlangan suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida joriy yilda 5 ta, 2025-yilgacha 25 ta va 2030-yilgacha esa 50 ta loyihalarni amalga oshirish vazifasi belgilangan.
    Ayni paytda vazirlik tomonidan 2020-2021-yillar davomida DXSH qoidalari va tartib-taomillari asosida amalga oshirish yuzasidan 24 ta loyiha shakllantirilgan. Shundan 10 tasi klaster tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xoʻjaliklar bilan amalga oshiriladi. Ulardan 5 tasi yakunlangan boʻlsa, qolgani kelgusi yilda yakuniga yetkaziladi. Shuningdek, 2021-yilda 9 ta loyihani boshqa yuridik shaxslar bilan va 1 ta loyihani xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirish rejalashtirilgan.
    DXSH boʻyicha dastlabki loyihalar allaqachon samarasini bera boshladi. Xususan, 2020-yil iyun oyida Sirdaryo meliorativ ekspeditsiyasi bilan “Sirdaryo meliorativ qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida imzolangan qiymati 9 mlrd. soʻmlik DXSH bitimi boʻyicha ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun 1,5 mlrd. soʻmlik vositalar keltirilgan. 
    Beton zavodi, beton qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda texnikalarni taʼmirlashni yoʻlga qoʻyish natijasida 50 ta ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan.
    Shuningdek, 27-oktyabr kuni Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli “Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini “TCT AGRO CLASTER” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga DXSH asosida boshqaruvga berish” loyihasi boʻyicha bitim imzolandi, ushbu loyiha boʻyicha barcha tashkiliy tadbirlar amalga oshirildi.
    Bir qator loyihalar yuzasidan ishlar davom ettirilmoqda. Misol uchun, Samarqand viloyati Narpay tumani irrigatsiya va melioratsiya obyektlari hamda nasos stansiyalarini, Toshkent viloyati nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tarkibidagi «Xondayliq», «Soyliq-1”, «Soyliq-2” nasos stansiyalarini DXSH asosida boshqaruvga berish boʻyicha loyiha hujjatlari ishlab chiqilyapti.
    Fargʻona viloyati Yozyovon tumani «Tolquduqqum» nasos stansiyasini DXSH asosida boshqaruvga berish loyihasi boʻyicha konsepsiya tasdiqlangan va texnik-iqtisodiy hisob-kitob ishlab chiqilgan hamda moliyaviy xulosa olish uchun Moliya vazirligiga taqdim qilingan.
    Respublikamiz suv xoʻjaligi sohasida davlat-xususiy sheriklikni joriy etish yuzasidan xorijiy davlatlarning yetakchi kompaniyalari bilan ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda. Bunga Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan Yangi Zelandiyaning “Sustainable Energy Services International” kompaniyasi oʻrtasida nasos stansiyalarini boshqarishda davlat-xususiy sheriklikni joriy etish toʻgʻrisida anglashuv memorandumi imzolanganligini aytib oʻtish mumkin. Mazkur memorandum doirasida suv xoʻjaligi tizimida bir nechta nasos stansiyalarini davlat-xususiy sheriklik qoidalari asosida boshqarish bilan bogʻliq aniq vazifalar belgilab olingan.


    Download 47.5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 47.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ,0 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘lar sarflangan. Qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish 2020 yilning oxirigacha 58,2 ming gektar r

    Download 47.5 Kb.