• KASB TA’LIM TEXNOLOGIYaSI
  • O’QITISH METODIKASI
  • METODOLOGIYa
  • Reja Ta’lim tizimi islohotlarini muvaffaiyatli amalga oshirish shart-sharoitlari: milliy pedagogik merosga tayanish, yangi maqsad va vazifalarni aniq belgilab olish,




    Download 50.5 Kb.
    bet2/3
    Sana10.02.2023
    Hajmi50.5 Kb.
    #41790
    1   2   3
    Bog'liq
    O’zbekiston Respublikasi ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlari.
    шамол сочларимни силайди, to\'garak O\'razbekova Maftunakhon, 11 sinf I II III IV chorak test, 1000-Текст статьи-2389-1-10-20210405, text 2, 1 variant, 2-topshiriq! Iqtisodiy tebranishlarning sabablarini qanday izohl, Mental xarita, mustaqil ish, ЯШИЛ ИКТИСОДИЁТ МУСТАКИЛ ТАЬЛИМ, Issiqlik elektr stansiyalarining turbinali qurilmalari (D.Muhiddinov, E.Matjanov), Amaliy ish-26, 4545
    KASBIY PEDAGOGIKA – umumiy pedagogikaning bir sohasi bo’lib, u tarbiya, ta’lim, o’qitish haqida qator nazariy va amaliy mahlumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilan shug’ullanadi. Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi bir necha bo’limlariga bo’linib, bu bo’limlarda kasbiy pedagogikaning asoslari va muhim malasalalarini, yahni kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari, mehnat pedagogikasi, kasb-hunar didaktikasi kabi masalalarni qamrab oladi. SHuningdek ularda kasb-hunar tarbiyasining ijtimoiy psixologik shart-sharoitlari, kasb-hunar ta’limi nazariyasi va kasb-hunar ta’limi huquqi o’rganiladi.
    KASB TA’LIM TEXNOLOGIYaSI - butun o’qitish va o’qish jarayonini ishlab chiqish, amalga oshirish va baholashning tizimi usuli bo’lib, u maqsadga erishishga yo’naltirilgan holda insonlarning o’rganish qobiliyati va ular o’rtasida muloqot to’g’risidagi tadqiqotlar natijasiga hamda ta’lim jarayonini yanada samarali tashkillashtirishning jonli, jonsiz vositalari bilan shug’ullanishga asoslanadi.
    DIDAKTIKA – grekcha didaskien so’zidan olingan bo’lib, o’qitaman, o’qishni o’tgataman mahnolarini anglatadi. SHunga ko’ra didaktika – bu o’qitish nazariyasidir. Didaktika ukitish jarayonining shakllari, metodlari,tamoyillari, mazmuni, vazifasi va maksadlarini ishlab chikadi.
    METODIKA– Pedagogikaning o’qitish, qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish shakllari, amalga oshirish va natijalari nazorat qilib baholash metod hamda vositalarini o’zida mujassamlashtiruvchi fan tarmog’idir. Har bir o’quv fani o’qitish sohasi o’rgatishning vazifalari, mazmuni, metodlari va tashkiliy ko’rinishi haqidagi metodika asosida quriladi.
    O’QITISH METODIKASI - bu turli usullar tizimi bo’lib, o’quv-didaktik materiallardan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy dars va amaliy mashg’ulotlar paytida qo’llaniladigan usullar majmuasidir.
    Kasbiy ta’lim metodikasi ijtimoiy hayotning mahlum sohasida faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan bilim, amaliy ish-harakat usullarini shakllantirish qonuniyatlari, qoidalari, shakl, metod va vositalari hamda mazmuni haqidagi pedagogikaning muhim tarmog’idir.
    METOD– iborasi (yunoncha-methodas-tadqiqot yoki bilish yo’li, nazariya, ta’limot mahnosini anglatib) voqelikni bilish, o’zlashtirish, o’zgartirish usullari majmuasidir. Metod aslida insonning amaliy faoliyati negizida vujudga kelgan. Metod – pedagogik jarayon elementi sifatida mazmun maqsadlarga maksimal mos kelishi kerak, ana shunda – tarbiya, o’qish, o’rganish amalga oshadi. Metodning asosiy vazifasi – qobiliyatni rivojlantirish. Kasbiy faoliyatda metodning asosiy ko’rsatkichi – uning kasbiy faoliyat vositalariga mosligidadir.
    METODOLOGIYa– metod va logiya iboralarining birligida bilish faoliyati usuli, tuzilishi vositalari va mantiqiy tartibi haqidagi ta’limot mahnosini anglatadi. Demak, metodologiya har qanday faoliyatning zaruriy tashkiliy komponentidir.
    Metodologik bilimlar, eng avvalo, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o’ziga qamrab olib, odat hamda me’yorlar shaklida,ikkinchidan, amalda bajariladigan faoliyatning tahsiri sifatida yuzaga chiqadi. Har ikkala holda ham bilimning asosiy vazifasi bilish jarayonini tartibli ravishda amalga oshirish yoki biror obhektni amaliy o’zgartirishdan iborat.

    Download 50.5 Kb.
    1   2   3




    Download 50.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja Ta’lim tizimi islohotlarini muvaffaiyatli amalga oshirish shart-sharoitlari: milliy pedagogik merosga tayanish, yangi maqsad va vazifalarni aniq belgilab olish,

    Download 50.5 Kb.