Ikkinchi avlod (1955-1964)




Download 440.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana15.05.2023
Hajmi440.05 Kb.
#59774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Reja Texnik vositalarning tushunchasi va rivojlanish tarixi 2
8-mart bayramiga senariy, file, GUL CHET CHANG, 7-laboratoriya ishi (2), 61e56a448e8ec, furye-qatori-funksiyalarni-furye-qatoriga-yoyish, 192057, Презентация Microsoft PowerPoint, 5-amaliy mashg’ulot, Intro, Pedagogik amaliyot yo\'llanmasi
Ikkinchi avlod (1955-1964) 
Jon Bardin, Villian Shokli va Uolter Brotteyn Bell Lobaratoriesda 1947 yilda 
ulanishning tranzistor deb nomlangan yangi elektron uskunasini kashf etdilar (1-rasm 
(b)ga qarang). Tranzistorlar quyidagi xossalariga ko‗ra vakuum lampalarga nisbatan 
yaxshiroq elektron uskunasi bo‗lib, chiqdi: 
1. Ular ancha pishiq va muomalada lampaga nisbatan sodda edi, chunki ular 
shishadan emas, germaniyli yarim o‗tkazgichli materialdan qilingan edi. 
2. Ular trubkalarga nisbatan ancha ishonchli edi, chunki ular ipga o‗xshash ishdan 
chiqadigan hech qanday qismlarga ega emas edi. 
3. Ular lampaga nisbatan ancha tez (deyarli o‗n marta tezroq) ishga tushar edi. 
Binobarin, tranzistorlardan sxemalarning yoqilishi ularning lampalardan tayyorlangan 
analoglariga nisbatan ancha tez ishlashi mumkin. 
4. Ular lampa tomonidan iste‘mol qilinadigan quvvatning deyarli o‗ndan birini 
iste‘mol qilardi. 
5. Ularga lampaga nisbatan ancha kichik edi. 
6. Ular ishlab chiqarishda nisbatan arzonroq edilar. 
7. Ular vakuum trubkalarga taqqoslaganda ancha kam issiq tarqatar edilar. 
Ikkinchi avlod kompyuterlari tranzistorlardan foydalanib, tayyorlangan edi. Ular 
birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan ancha quvvatli, ancha ishonchli, arzonroq
kichik va xarorati pastroq edi. 
Ikkinchi avlod kompyuterlari ma‘lumotlarni saqlash texnologiyasida ham 
o‗zgarishlarga uchradilar. Ikkinchi avlod kompyuterlarining xotirasi magnitli 
o‗zaklardan iborat. Magnit o‗zaklar ferritdan qilingan uncha katta bo‗lmagan 
xalqachalar bo‗lib, har qanday yo‗nalishda – soat strelkasi bo‗ylab ham yoki unga 
teskari tomonga ham magnitlanishi mumkin. Erkin murojaat qilinadigan katta xotira 
(bir necha o‗nlab kilobayt sig‘imga ega) simlar to‗rlarida terilgan bir qancha magnit 
o‗zaklarga ega edi. 
1957 yilda tadqiqotchilar tez va qulay ikkilamchi axborot tashuvchisi sifatida 
magnit lentasi (tasmasi)ni kiritadilar. Keyinroq, shuningdek magnit disklaridagi 


axborotlar to‗plovchi vositalar ishlab chiqildi. Magnitli disklar ikkinchi avlod 
kompyuterlarida asosiy ikkilamchi axborot tashuvchilar bo‗ldilar. Foydalanuvchilar 
avvalgidek dasturlarni va ma‘lumotlarni tayyorlash va kompyuterga kiritish uchun 
perfokartalardan keng foydalanardilar. 
Dasturiy ta‘minotda dasturlashning yuqori darajali tili (masalan, FORTRAN, 
COBOL, ALGOL va 
SNOBOL
) va operasion tizim partiyalari ikkinchi avlod davrida 
yuzaga keldi. Yuqori darajali dasturlashtirish tillari ikkinchi avlod kompyuterlarning 
dasturlashtirish va foydalanishni birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan oson qilib 
qo‗ydi. Operasion tizimlar paketlarini joriy etish inson aralashuvining kamaytirishga, 
tez ishlov berishga, o‗tkazish qobiliyatini oshirishga va ikkinchi avlod 
kompyuterlarida ishlashni soddalashtirishga olib keluvchi olib keldi. 
Ilmiy hisoblashlar bilan bir qatorda ishbilarmonlik va sanoat borasida 
foydalanuvchilar ikkinchi avlod kompyuterlaridan ish haqini hisoblash, zahiralarini 
boshqarish marketing va ishlab chiqarishni rejalashtirish kabi tijorat ilovalari 
ma‘lumotlariga ishlov berish uchun yanada ko‗proq foydalandilar. 
Ikkinchi avlob kompyuterlaridan foydalanishning qulayligi dasturchilar va tizimli 
analitiklarning kompyuterlar dizayni emas, undan foydalanishga ko‗proq yo‗naltirilgan 
hisoblashdagi yangi mutaxassisliklarni yuzaga keltiradi. Bu bir qancha kollejlar va 
universitetlarga informatika kursi kiritilishiga olib keldi. 
Ikkinchi avlod kompyuterlarining o‗ziga xos xususiyatlari quyidagilarda 
ko‗rinadi: 
1. Ular birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan kamida o‗n marta tez ishlar 
edilar. 
2. Ular birinchi avlod kompyuterlaridan kichik edilar va kam joy talab qilar 
edilar. 
3. Ular birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan kam quvvat talab qilar va kam 
issiq tarqatar edilar. Ikkinchi avlod kompyuterlari joylashgan binolar avvalgidek zarur 
kondisionerlar bilan jihozlashi kerak edi. 
4. Ular birnchi avlod kompyuterlariga nisbatan ancha ishonchli, apparaturasi 
kamroq buzilar edi. 
5. Ular tez ishlar va birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan katta xajmdagi 
birlamchi va ikkilamchi ma‘lumotlarni saqlash qurilmalariga ega edi. 
6. Ularni dasturlash va ekspluatasiya qilish birinchi avlod kompyuterlariga 
nisbatan engil edi. Binobarin, ular tijoratda ham ancha keng qo‗llanilar edi. 
7. Bu kompyuterlarda minglab alohida tranzistorlar elektron sxemalarda qo‗lda 
yig‘ilishi kerak bo‗lar, bu esa bu kompyuterlarni tijorat maqsadida ishlab chiqarishni 
qiyinlashtirar va narhi ham qimmatlashib ketar edi. 
(a) vakumnaya trubka (b) Tranzistor (s) 
Integral sxema (IS) 
chiplar


1.- rasm. Turli kompyuter avlodlari ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan 
elektron uskunalar 

Download 440.05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 440.05 Kb.
Pdf ko'rish