Reja: Turizmning shakllanish tarixi. Sayohatchi va turist haqidagi tushunchalar. Sayohatchi va turistni ajratib turuvchi asosiy farqlar. Qadimgi sayohatlar va ziyoratchilik. Ilk sayohatchilar tarixi. Tomas-Kuk zamonaviy turizmning




Download 67,03 Kb.
bet6/7
Sana17.11.2023
Hajmi67,03 Kb.
#100746
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Курс иши

6. Ziyoratchi olimlar
Eng qadimgi sayohatchilar qatoriga avvalo savdogarlar va ziyoratchilarni – (piligrim) kiritishimiz aniq. Yangi er va resurslarga egalik qilish va savdo qilish istagi insoniyatni boshqa joylar, hududlar, mamlakatlar va xattoki qit’alar tomon undagan. Mashhur grek tarixchisi Gerodot eramizdan avvalgi V-asrda barcha ma’lum va mashhur sayohat va ixtirolarni tasvirlab bergan. Fransuz tadqiqotchisi va geograf olim Pifey (kelib chiqishi Massallik - hozirgi Marsel, Fransiya), eramizdan avvalgi 320 yilda usha vaqtlarda akl bovar kilmagan tarzda butun Yevropa bo‘ylab sayohat qilgan, Britaniya orollarini aylanib o‘tib, Norvegiya va Islandiyagacha etib borgani taxmin qilinadi. U «Okean haqida» (On the Ocean) deb nomlangan ajoyib asarni yozib qoldirgan bo‘lib, unda ko‘plab geografik yangiliklar va ixtirolar tasvirlab berilgan. Qadimgi Rim tarixiga va odatlariga murojaat qiladigan bo‘lsak, badavlat aristokratlar imperatorning ruxsati bilan dam olish maqsadida boshqa mamlakatlarga, masalan Misrga sayohat qilganini bilib olishimiz mumkin.
Amerika qit’asining bir necha marta ochilishi va o‘zlashtirilishi, 900-1100 yillarda Islandiya va Grenlandiyaning o‘zlashtirilishini alohida qayd etish joiz. Kolumbdan ham avval jasur vikinglar Grenlandiyaga va xattoki Amerika qit’asiga etib borganlar va u erda koloniyalarga asos solganlar. Ularning yashagan makonlari hozirda topilgan bo‘lib, xattoki ba’zi kolonistlarning ismlari ham aniqlangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan. Ushbu ekspeditsiyalarga 982 yilda irlandiyalik Erik Rijiy boshchilik qilgan. «Buyuk Ipak yo‘li» kabi boshqa mashhur yo‘nalishlar ham qadimgi sayohatlarning aynan savdo maqsadlariga asoslanishidan darak beradi.
Sayohatlarning rivojlanishiga ziyoratchilar ham munosib hissa qo‘shganlar. Turli din vakillari bo‘lgan ziyoratchilar o‘z dinlarini kengaytirish va mukaddas joylarga borib ziyorat qilish maqsadida uzundan-uzoq va mashakkatli sayohatlarni amalga oshirganlar. Salb yurishlari o‘rta asrlarning mashhur xodisalari sifatida qayd etiladi. Hozirgi paytda ziyoratchilik diniy turizmning asosini tashkil qilib, o‘z faoliyatiga ko‘ra, keng miqyosga ega hisoblanadi. Bunga misol tariqasida islom dini vakillarining muqaddas Makkayu Mukarrama shahriga xajga borishi yoki xristianlarning Kuddus shahriga ziyorat qilishlarini keltirib o‘tish kifoya. Sayohatlarning asosiy qismi yangi savdo yo‘llarini, yangi er va mamlakatlarni ochish maqsadida amalga oshirilgan. Buyuk arab olimi va sayohatchi Ibn Battuta (Abu Abdullox Muhammad ibn Abdullox al Lavati at-Tanji) Ibn Battutah (1304-1368) 21 yoshidan sayohat qilishni boshlagan va sharqning barcha mamlakatlarini (70 ming chakirimdan ortiq) piyoda bosib o‘tgan, Shimoliy Afrika mamlakatlari, Xitoy va Hindistonda bo‘lgan. U o‘zining mashhur «Rixle» deb nomlangan asarida ko‘plab mamlakat va savdo yo‘llarning geografik nomlarini, xalqlarning urf-odatlarini batafsil tasvirlab bergan. Italiyalik savdogar Marko Polo (1254-1324) 1271-1295 yillarda Xitoyga safar uyushtirib, u erda 17 yil istiqomat qilgan va bu mamlakat haqidagi kamyob ma’lumotlarni tuplab, o‘zining kitobida aks ettirgan.
Yangi erlarning ochilishi uzoq o‘tmishda dengiz orqali mashakkatli sayohatlar uyushtirishni talab qilgan. Hozirgi kunda barchaga ma’lumki, Amerika Kolumbdan ancha avval kashf etilgan, Grenlandiyada esa (uning nomi «yashil er» deb nomlanib, hozirgi kunda kalin muzlik bilan koplangan) Yevropadan kelib chikkanlar istiqomat qilgan. Agar ushbu ulkan orolning muzlash tarixiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, birinchi ko‘chib kelganlarning eramizdan avvalgi 600-700 yillarda kelganligi ma’lum bo‘ladi. Janubiy Amerikadan Polineziyaga ommaviy ravishda sollarda bir necha oyda suzib o‘tishga aql bovar qilmasada, buni amalga oshirish mumkinligini Tur Xeyerdal Tinch okeanini oddiy bir solda kechib o‘tgan holda isbotlab bergan. Ko‘plab sayohatlar yangi hududlarni egallab olish yoki bo‘lib olish maqsadida harbiy yurishlar bilan amalga oshirilgan. Ko‘p sonli kushinlari bilan harbiy yurish qilgan Aleksandr Makedonskiy (eramizdan avvalgi 356-233 yillar) 32 ming chakirim yo‘lni bosib o‘tib, o‘z vaqti uchun ajoyib ko‘rsatkichga ega bo‘lgan. O‘rta asrlarda xristianlar obidalarini ximoya qilishga yo‘naltirilgan salb yurishlari minglab chakirim masofadan Mukaddas Er va Vizantiyaga etib kelgan yuz minglab dindorlarni o‘z saflariga birlashtirgan. Buyuk sayohatchi va kashfiyotchilar, olimlar qatoriga misol qilib Fernan Magellan (1480-1521), Vasko da Gama (1469-1524), Xristofor Kolumbni (1451-1506) ko‘rsatish mumkin, ulardan oxirgisi 1492-1493 yillarda uchta karavellada Atlantika okeanini bosib o‘tgan va Amerika qit’asini ochgan.
Markaziy Osiyo olimlarining turizm bilan bog‘liq sayohatlari. Ziyoratchi-olimlarning eng mashhuri deb buyuk muhaddis Imom Ismoil al-Buxoriyni tan olamiz. Imom Ismoil al-Buxoriy o‘z onasi bilan 17 yoshida hajga borib, bir necha yil Arabistonda yashaydi. U fiqh hadislarini yig‘ish maqsadida Bog‘dod, Damashq, Balx, Nishopur, Misr va boshqa ko‘pgina arab shaharlarida 40 yil davomida sayohat qilib, hadislarni to‘playdi. Bunga Imom al-Buxoriyning zamondoshi Abu Iso Muhammad at –Termiziyni ham misol qilish mumkin. Shu davrda uning Bog‘dodda ko‘pgina shogirdlari ham bor edi. Arab halifaligiga kirgan Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda mahalliy tillarda yozilgan asarlari yo‘q qilinib, yerli bilimdonlar, tolibi ilmlar halifalikning markaziy shaharlari Damashq, Qohira, Bog‘dod, Kufa va Basraga borib bilim olishgan va arab tilida ijod qilishga majbur bo‘ladilar. Bu shahar Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi bo‘lib, ular orasida Bog‘dod shahri eng mashhuri edi. IX asrda bu shaharda «Bayt-ul hikma» – «Donishmandlar uyi» Sharqning o‘z davridagi Fanlar Akademiyasi tashkil etilgan edi. «Bayt-ul hikma»da katta kutubxona hamda Bog‘dodda va Damashqda astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu yerdagi toliblar tadqiqotlar bilan bir qatorda, qadimgi yunon va hind olimlarining ilmiy merosini o‘rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanadilar. Bu yerda o‘rta asar ilmu faniga katta hissa qo‘shgan ko‘pgina Movarounnahr va Xurosonlik olimlar ijod qilishgan. Quyida Markaziy Osiyolik sayyoh olimlarning sayohatlari (turizm) bilan bog‘liq faoliyatini keltiramiz: Xorazm ilmiy maktabining ilk ko‘zga ko‘ringan namoyondasi Muhammad Xorazmiy bo‘lib, u amerikalik sharhshunos D.Sarton ta’biri bilan aytganda, «Barcha zamonlarning eng ulug‘ matematiklaridan biri edi» –deb aytib o‘tgandi.
Muhammad Xorazmiy Xorazmda tug‘ilgan va Bag‘dodda vafot etgan. Al- Xorazmiyning asarlarida hammasi bo‘lib, 537 joyning nomi, shaharlar, tog‘lar (203 ta nom), dengizlar va orollarning nomlari, oxirida esa daryolar alohida-alohida yozilgan. Qizil dengiz Hind va Atlantika okeanlari kabi nomlar uchraydi. Shuningdek, Azov dengizi, Nil daryosi havzalariga izoh berilgan. Italiyalik sharhshunos K. Nallino – «YYevropadagi hech bir xalq al-Xorazmiy erishgan yutuqqa erishgan emas va bunday asar yaratishga qobil emas edi» – deb yozgan edi. Al-Xorazmiyning sayohatlari natijasida yaratilgan geografik g‘oyalari bu fanni yangi pog‘onaga ko‘tarib, IX asr boshlarida Sharqda yangi geografiya fanining yaratilishiga olib keldi.
Ahmad Farg‘oniy Farg‘onada tug‘ilgan va dastlabki ilmni shu yerda olib voyaga yetgan. So‘ng o‘sha zamonda Sharqda mashhur bo‘lgan Bag‘doddagi «Bayt ul- hikma» akademiyasida Muhammad al-Xorazmiy bilan ishlash baxtiga muyassar bo‘lgan. Ahmad Farg‘oniy Quyosh va Oy tutilishlarini ham ilmiy jihatdan isbotlab bergan, yulduzlar ilmining sultoni deyilgan Mirzo Ulug‘bekdan besh asr oldin Quyosh va yulduzlarning harakat yo‘nalishlarini, Yer shar shaklida ekanligini va u qutblar deb ataluvchi ikki o‘q atrofida harakatlanishini ham isbotlab bergan. Oradan 800 yil o‘tgach, Xristofor Kolumb hamda XVI asrda Yer shari bo‘ylab aylanma sayohatni oshirgan Fernando Magellan ham Ahmad Farg‘oniyning Yer shari hajmini hisoblash uchun ishlatgan bir daraja meridian uzunligi haqidagi hisob- kitoblarning naqadar to‘g‘ri ekanligini yozib qoldirgan. Ahmad Farg‘oniy Nil daryosining suvini doimiy o‘lchab turuvchi nilometr asbobini yasagan. Bu asbob bo‘yicha butun Nil daryosi havzasida muvafaqqiyatli dehqonchilik qilingan. Bu asbob bo‘yicha Nil daryosining toshqinli davrlari oldindan ma’lum bo‘lgan. Misr hukumati vatandoshimiz Ahmad Farg‘oniyning ushbu mamlakat oldidagi xizmatlariga yuksak ehtirom sifatida Nil daryosidagi Roda orolida uning haykalini o‘rnatishga qaror qildi. Ushbu haykal Prezidentimiz Islom Karimovning 2007- yilda Misrga qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida tatanali rivishda ochilgan. Abu Rayhon Beruniyning umri doimo sayohat va bir shahardan ikkinchisiga ko‘chib yurib, tadqiqotlar o‘tkazish bilan o‘tgan. Bag‘dodda oy tutilishini isbotlab bergan. Agar Beruniyning butun umri davomida qilgan sayohatlarini sarhisob qilsak, u shimolda Xorazmga, janubda Hindistonga, g‘arbda Kaspiy dengizi sohili va Bag‘dod oralig‘ida sayohat qilgan.
Abu Ali ibn Sino. Ibn Sino hayoti davomida tez-tez sayohat qilgan va ko‘p yurtlarni kezgan. Buxorodan keyin Xorazmda, Turkmanistonda, Eron shaharlarida va Kaspiy dengizi sohillariga sayohat qilgan. Ibn Sino Kasbiy dengizi bo‘yida, Marv daryosi bo‘ylarida va Qoraqum sahrosini kesib o‘tishda, Eron, Turkmaniston mamlakatlari xududlaridagi sayohatlari davrida dorivor o‘simliklarning o‘sish ariallari, ularning shifobaxshlik xususiyatlarini o‘rganish davomida joylarning geografik xaritalardagi o‘rni, tabiiy iqlim sharoitlari ayniqsa, buloqlar, betakror tabiiy go‘shalar, issiq suvlarning davolash xususiyatlari haqida juda ko‘p ma’lumotlarni o‘z asarlarida qayd etgan. Nosir Hisrav Balx shahri yaqinidagi Qobodiyon qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1045-yilning kuzida Murg‘ob daryosi bo‘ylab janubga yurib, daryoning boshlanishigacha yetib borishda ko‘rganlarini o‘zining esdaliklariga tushirgan. Ikkinchi sayohatini u 1046-yil Arabistonga qarab boshladi. Manbalarda keltirilishicha, uning bu safari XI asrda amalga oshirilgan eng uzoq muddatli, qiziqarli va ma’lumotlarga boy bo‘lgan sayohatlardan biri hisoblanadi. Mazkur sayohat Marvdan boshlanib, Eronning shimoliy qismi, Armaniston, Turkiya janubi, Arabistonning Makka va Madina shaharlari, Livan va hozirgi Isroil yerlaridan o‘tib, Misrgacha davom etgan. Shundan keyin, olim Hindistonning shimoliy viloyatlariga sayohat qilgan. Uning «Safarnoma» asari jahon geografiyasidagi eng nodir asarlardan biri sifatida qabul qilingan. Mahmud Qoshg‘ariy Xitoyning Qashqar shahrida tug‘ilgan. Manbalarga ko‘ra, u Janubiy-G‘arbiy Osiyoning ko‘plab shaharlarida bo‘lgan, Bag‘dodda ham yashagan. Turkiy tillarning xususiyatlarini o‘rganish maqsadida olim ko‘p yillar davomida Rumdan Mochingacha O‘rta yer va Qora dengizlari bo‘ylaridan to Xitoygacha sayohat qilgan, turkiy qabilalar yashaydigan yerlar, shahar va qishloqlarni kezgan. Uning «Devoni lug‘atit turk» (Turkiy so‘zlar lug‘ati – «Devon») dunyo ilmining nodir qomusiy asari sifatida tan olingan. Shuning uchun ham sharhshunos N. Baskakov Mahmud Qoshg‘ariyni «Turkiy tillarni qiyoslash borasida yo‘lchi yulduz» – deb atagan bo‘lsa, yana bir taniqli sharhshunos olim «XI asrning Radlovi» deya ta’riflagan edi. Uning safar marshrutlari davomidagi tabiiy geografik mintaqalarning iqlim xususiyatlari va ulardagi farqlar haqidagi ma’lumotlari hozirgi turizm sohasi uchun xizmat qilmoqda.
Abdulqosim Mahmud ibn Umar az-Zamahshariy (1075–1144) 1075- yilning 19-martida Xorazmning Zamahshar qishlog‘ida tug‘ilgan. U hayoti davomida tinmay sayohat qilgan. Sayyoh-olim Sharq, xususan, musulmon mamlakatlarini 1100–1122 va 1127–1139 yillarda ikki marta aylanib chiqqan. Zamahshariy Xuroson, Eron, Arabiston, Iroq, Yaman, Suriya, Marv, Nishopur, Isfaxon, Bag‘dod, Xijoz, Damashq va Makka shaharlarida bo‘lib, asarlari uchun boy manbalar to‘plagan.
Uning tilshunoslikka oid «Asos al-balog‘a» (Suzga ustalik asoslari), «Samim al-Arabiya» (Arab tili mag‘izi) va «Al- Kashshof» Qomusiy asari Qur’on tasviriga oid asarlar o‘rtasida eng mukammali ekanligi sharhshunos va arabshunos olimlar tomonidan tan olingan. Shu sababli, mazkur asardan dunyoning turli mamlakatlari universitetlarida asosiy darslik sifatida hozirgacha qo‘llanilib kelinmoqda.
Hofizi Abru (1362–1431) Temuriylar sulolasining tarixchi va geografi Hofizi Abru Hirot shahrida tug‘ilgan. Hayoti davomida ko‘plab sayohatlarga chiqqan, Yevroosiyoning Hindistondan to Shomgacha bo‘lgan yerlarini, Kavkaz va Rossiyaning ko‘plab viloyatlarini kezgan. Uning o‘zi bu haqda shunday yozib qoldirgan «Yiroq safarlar asnosida Movarounnahr, Turkiston, Dashti Qipchoq, Xuroson, Iroq, Ozarboyjan, Eron, Mug‘on, Gurjiston, Katta va kichik Armaniston, Rus va Shom yerlarining barchasini, Frot daryosi sohillarini, Xazar sohillarini, Qobulni, Mo‘ltonni va Hindistonni ko‘rdim».
Abdurazzoq Samarqandiy (1423–1482) 1441–1444-yillarda (Afanasiy Nikitindan 25 yil oldin, Vasko da Gamadan 56 yil oldin) Hindistonga dengiz orqali borish yo‘lini birinchi bo‘lib bosib o‘tgan va ushbu yo‘nalishdagi hududlarni geografik jihatdan tasvirlab bergan sayyoh, vatandoshimiz Abdurazzoq Samarqandiydir. U sayohati davomida Xurosonning qumli cho‘llari, Markaziy Osiyoning janubi, Ozarbayjon, Eron, Iroq orqali o‘tib, Fors ko‘rfazidan Arabistonga chiqqan va mazkur dengiz orqali Hindistonga yetib borgan. Hindistonga borgan mashhur rus sayyohi Afanasiy Nikitin va golland sayyohi Vasko da Gamalar Hindistonga dengiz yo‘li bilan borishda vatandoshimiz Abdurazzoq Samarqandiyning asarlaridan foydalanganliklarini yozib qoldirgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530) Zahiriddin yoshlik chog‘laridanoq turli sayohatlarni yaxshi ko‘rgan. U 15-16 yasharligida Farg‘ona, Samarqand va Toshkent hududlarini bir necha marta aylanib chiqqan. 19 yoshga to‘lganda, Hisor tarafidan toqqa ko‘tarilib, Fandaryo va Iskandarko‘l orqali Zarafshon vodiysiga o‘tib, Samarqandga kelgan. Boburning yozishicha, 21 yoshigacha Farg‘onadan Buxorogacha, Toshkentdan Hisor va Hirotgacha bo‘lgan barcha shahar va qishloqlarda hamda dashtu tog‘larda bo‘lgan. U umrining 30 yilini safarlarda o‘tkazdi. Sayohatlari davrida o‘zining shoh asari «Boburnoma» uchun boy ma’lumotlar to‘plagan. «Boburnoma» O‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston davlatlarining geografiyasi, tarixi, ijtimoiy- iqtisodiy hayoti, tabiati, etnografiyasi va tibbiyotiga oid muhim ma’lumotlar to‘plami jihatidan dunyodagi eng mukammal asarlar ro‘yhatiga kiritilgan. «Boburnoma» da 1000 dan ortiq geografik nomlar, mamlakat, shahar, qishloq, qal’a, dasht, tog‘, dovon, dara, daryo, ko‘prik, kechuv, ko‘l, chashma, bog‘, yaylov va joylarning nomlari keltirilgan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurishni o‘zining asosiy maqsadi qilib belgilab oldi. Bu ishda turizm sohasi ham yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi. Turizm nafaqat o‘tmishni o‘rganish, o‘zga xalqlar va elatlar bilan tanishish, ularning madaniy yodgorliklaridan bahramand bo‘lish, shuningdek, u katta biznes hamdir. Mazkur faoliyatni yo‘lga qo‘yish esa mutaxassislarga bog‘liq. Buning uchun malakali kadrlarni tayyorlash hozirgi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Singapur menejment universiteti, Buxoro, Urganch va Nukus davlat univerisitetlari va turizm sohasidagi kasb-hunar kollejlari (1- jadval) bu ishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. 1- jadval O‘zbekistondagi turizm sohasida kasb-hunar kollejlarining kadrlar tayyorlashdagi ulushi1 Ta’lim muassasalarining nomi Tashkil etilgan yili Jami o‘quvchilar soni 2011- yilgi bitiruvchilar soni Toshkent turizm kasb-hunar kolleji 1999- yil 2397 772 Toshkent turizm va biznes kolleji 2009- yil 1208 391 Toshkent mehmonxona xo‘jaligi kolleji 2010- yil 712 150 Toshkent mehmonxona va servis kolleji 2010- yil 1117 335 Samarqand turizm va maishiy xizmat kolleji 2001- yil 1440 413 Buxoro turizm kolleji 2003- yil 1181 410 Urganch turizm va tadbirkorlik kolleji 2006- yil 969 288 Termizturizmvamehmonxonaxo‘jaligikas b-hunarkolleji 2009- yil 570 – NavoiyviloyatidagiKarmanaoziqovqatvamehmonxonaxo‘jaligikolleji 2010- yil 1010 (150 nafari sohaga tegishli) – 1 «O‘zbekturizm» MKning 2011- yil 7- yanvardagi «Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimi: holati, vazifalari, rivojlanish yo‘llari» mavzuyidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallaridan. 1- rasm. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan 2007– 2011- o‘quv yillari davomida turizm sohasi uchun tayyorlangan bakalavrlar. Rasmdagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, turizm sohasidagi bakalavrlar soni yildan yilga oshib bormoqda. Agar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro turizm fakulteti bitiruvchilarini ham qo‘shib hisoblaganda, katta miqdorni tashkil etadi. Bu o‘quv maskanlarida qator fanlar, jumladan, mutaxassislik fanlari o‘qitilib, ularda kasbiy bilimga taalluqli muammolar o‘z yechimini topmoqda. Shunday fanlar qatorida turizm asoslari fani ham o‘z o‘rniga ega. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, turizm tarixi, uning asosiy yo‘nalishlari, turlari, kategoriyalari, turistik xizmatlar, umuman, turizm ilmi bilan bog‘liq barcha masalalar haqida bilim berish, turizmga oid tushuncha va atamalarning har birini atroflicha sharhlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu alohida predmet darajasidagi masala hisoblanadi. Shularni e’tiborga olgan holda turizmga oid barcha mutaxassislik fanlarining alifbosi bo‘lgan turizm asoslari fani ham aynan shunday vazifani bajaradi. Ushbu kursning asosiy maqsadi – turizmga oid fanlarni o‘qitishda va amaliyotda zarur bo‘lgan tushuncha va atamalar hamda turizmning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va ijtimoiy ahamiyatini yoritib berishdan iborat. Qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar bajariladi: turizm xizmatlarining tasniflanishi, turoperator va turagentlik faoliyatining xususiyatlari, turizm xizmatlari va mahsulotlari, turizm industriyasi va infratuzilmasi, turizmni rivojlantirishda turistik yo‘nalishlarni shakllantirish texnologiyasi, turistik firmasini ochish va litsenziya olish bosqichlari,turizmga oid rasmiyatchilik va turizmda huquqiy asoslar. Amaliy mashg‘ulotlarning maqsadi o‘quvchilarda turistik mahsulotni shakllantirish va turistlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Mustaqil ishlash jarayonida har bir talaba o‘zining bo‘lajak turistik firmasini ochish bo‘yicha tegishli ko‘nikmalar oladi. Mazkur fan turizm menejmenti, turizm marketingi, turizm faoliyatini tashkil etish, turizm geografiyasi, xalqaro turizm, ish yuritish kabi fanlar bilan uzviy aloqador hisoblanadi. Kursni o‘zlashtirish jarayonida va o‘qitishda turistik ekskursiya, ekspeditsiya va maxsus turlar tashkil etish; turizm xizmat bozori, Xalqaro Toshkent turizm yarmarkasida ishtirok etish; mehmonxonalar faoliyati, turistik firmalar ishi bilan tanishish, ekologik, tarixiy-madaniy yodgorliklarni namoyish etuvchi multimedia, slaydlardan, buklet, yo‘nalishlar xaritalarini ishlab chiqish, internet aloqa tizimidan turli ma’lumotlar olish muhim ahamiyatga ega. Turizm asoslari kursi turizm va mehmonxona xo‘jaligi servisi tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan kasb-hunar kollejlarining 1- bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan. Unda xorijiy davlatlar va respublikamizda nashr etilgan turizm sohasiga oid ilmiy, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalardan hamda jurnal va gazetalardagi maqolalardan, internet saytlaridan, turistik firmalarning namunaviy yo‘nalishlari, bukletlari va yo‘l ko‘rsatkichlardan foydalanish tavsiya etiladi. Sayohat va turizm (travel and tourism) – bir-biriga yaqin tushuncha bo‘lib, ular inson hayot faoliyatining ma’lum bir tarzini ifodalaydi. Bu dam olish, faol yoki passiv ko‘ngil ochish, sport, atrof-muhitni anglash, savdo, fan, davolanish va boshqa ko‘plab jihatlarni qamrab oladi. Sayohattushunchasi, odamlarning maqsadlaridan qat’i nazar, ularning makondan makonga erkin ko‘chib yurishini anglatadi hamda bu sayyohatchilarning turmush tarzi bo‘lib hisoblanadi. «Turist– jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi)»5 . Sayohatchibu, birinchi navbatda, kasb bo‘lib, odamlarning kasbi yoki kun ko‘rish manbayi yo bo‘lmasa, sayohatda ishtirok etuvchilarning turmush tarziga aylanishi mumkin. Bu esa faoliyatning maqsadi bo‘lib, turizm maqsadlaridan farq qiladi. Bugungi kunda zamonaviy turizm asoschisi deb tan olingan baptist pastori Tomas Kuk birinchilardan bo‘lib sayohatchilarning ommaviy safar uyushtirishining mohiyati va foydaliligini anglab 5 O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonuni. yetdi hamda 1843- yilda u dastlabki temir yo‘l orqali turni tashkillashtirdi va muvaffaqiyatga erishdi. 1851- yilda u mamlakatning barcha burchagidan kelgan inglizlarning Parijdagi ko‘rgazmada ishtirok etishini tashkillashtirdi. U ko‘rgazmaga 165 ming kishini olib kelishga musharraf bo‘ldi. Ko‘rgazma turlari katta foyda keltirganligi sababli, Kuk 1865- yilda Angliyalik sayyohlarning Parijdagi Butunjahon ko‘rgazmasiga ommaviy ravishda tashrif buyurishlarini tashkil etdi. 1856- yildan boshlab Yevropa bo‘ylab turlar odatiy holga aylandi, Kukning turistik agentligi va uning filiallari tuzildi. Turistik kompaniyasining misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatga erishganligini Kuk tomonidan sayyohlarga taklif etilgan katalogdan 8 mingdan ortiq mehmonxonalarning o‘rin olganligi ham tasdiqlaydi. 1870- yilda «Tomas Kuk» turistik firmasi mijozlari soni 500 ming kishiga yetdi. 1832- yilda Yevropa va Amerika qit’alari o‘rtasida muntazam kema katnovi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 1866- yilda Kuk AQSHga sayyohlarning dastlabki ikki guruhini jo‘natadi. Turlar uzoq muddatli bo‘lib, besh oygacha davom etgan. Tomas Kukning xizmatlaridan foydalangan amerikalik taniqli sayyohlardan biri Mark Tven bo‘lib, u oltmish kishidan iborat guruh tarkibida bo‘lgan va keyinchalik bu sayohat taassurotlarini qalamga olgan. Tomas Kuk 1872- yilda birinchilardan bo‘lib jahon bo‘ylab sayohat uyushtirishni taklif qilgan. Dastlabki 20 sayohatchi butun jahon bo‘ylab 220 kun davomida sayohat qilganlar. Tomas Kuk 1892- yilda vafot etgach, uning ishini o‘g‘illari va sheriklari davom ettirishgan. Kompaniya o‘z faoliyat sohasini kengaytirib, yirik moliyaviy institutga aylangan va sayohatchilar uchun yo‘l cheklari chiqara boshlagan. Bu esa o‘z mohiyatiga ko‘ra asr ixtirosi – xavfsiz pullar edi. Bugungi kunda «Tomas Kuk» kompaniyasi butun dunyoda 12000 dan ortiq turistik agentliklarga ega bo‘lib, yiliga 20 milliondan ortiq turistga xizmat ko‘rsatadi. Sayohatlardan hayotiy faoliyatning alohida jozibador usuli sifatida yangi shakl – turizm ajralib chiqqan bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlar va hislatlari bilan tavsiflanadi. Sayohatlar va turizmning bir-biridan farqlarini ko‘rib chiqishda ushbu faoliyatning maqsadlari va moddiy ta’minotiga to‘xtalib o‘tish joiz. Sayohat va ekspeditsiyalarning asosiy qismi ma’lum bir maqsadlarga (savdo, fan, yangi yerlarni ochish, mahsulot reklamasi va hokazo) xizmat qilib, manfaatdor shaxslar, tashkilotlar, davlat va xususiy jamg‘armalar tomonidan moliyalashtiriladi Bugungi kunda bo‘sh vaqt va yetarli mablag‘ga ega bo‘lgan deyarli har bir shaxs jahon bo‘ylab turli transoprt vositalarida sayr qilishi, dunyoning inson qadami yetmagan joylariga tashrif buyurishi mumkin. Sarguzashtli turizmga ixtisoslashgan turistik firmalar Janubiy Amerika, Afrika va Osiyo bo‘ylab maxsus tayyorlangan avtomobillarda uzoq muddatli (30 haftagacha) qit’alararo sayohatlarni taklif qilmoqda. Buyuk yangi yer ochuvchilarning yo‘nalishlarini takrorlovchi, narxi 50 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 190 kunlik dengiz sayohatlari ham taklif etilmoqda. Turizmni uyushtirish va amalga oshirish bo‘yicha ma’lum bir sharoitlarda u turistik industriyasi korxonalari va turistik tashkilotlar tomonidan taqdim etiluvchi turistik xizmatlardan foydalanishni ko‘zda tutishi mumkin. Turizm sayohatlarning bir turi bo‘lsa-da, biroq o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra ma’lum bir tavsifga ega bo‘lib, unda ishtirok etuvchi shaxs turist deb nomlanadi. Muhimi, turistni sayohatchi deyishimiz mumkin, ammo sayohatchini esa har doim ham turist deya olmaymiz. Sayohatlardan farqli ravishda, turizm iqtisodiyot va siyosatning kuchli ta’siriga uchraydigan soha hisoblanadi. Turizmbu turistlar tomonidan amalga oshiriluvchi, aniq belgilangan turistik maqsadlarga ega ommaviy sayohatlar turi, ya’ni sayyohning faoliyati va bunday sayohatlarni uyushtirish va amalga oshirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan iborat. Bunday faoliyat turli xil turistik industriya korxonalari va ular bilan bog‘liq tarmoqlar tomonidan amalga oshiriladi. Turizm faoliyati, asosan, bo‘sh vaqtda amalga oshiriladi. Bunday hol sodir bo‘lishi uchun ikki shart bo‘lishi kerak: dam olishga ajratilgan bo‘sh vaqt va tegishli mablag‘. Uzoq vaqt davomida turistik faoliyat bilan faqat badavlat kishilargina shug‘ullanishgan. Hozirgi paytda aholining turli qatlamlari bo‘sh vaqtini va jamg‘arilgan mablag‘larini turli turistik safarlarga borishga sarflamoqdalar. Hozirgi tushunchalarda qabul qilingan turizm XIX asrning oxiriga borib shaklangan bo‘lsa-da, faqat XX asrga kelib u jadal sur’atlarda rivojlandi hamda texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, jamiyat munosabatlarining yuksalishi natijasida u «XX asr fenomeni» nomini oldi. Bugungi kunda turizm jahon miqyosidagi iqtisodiyotning juda kuchli tarmog‘i bo‘lib, uning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 10 % ni tashkil etadi hamda bu sohaga juda ko‘p sonli xodimlar, asosiy vositalar va yirik kapital mablag‘lar jalb qilingan. Bu yirik biznes, katta pul va global miqyosdagi jiddiy siyosatdir. Jamiyatning rivojlanishi bilan sayyoramizning tobora ko‘plab aholisi turizm sohasiga jalb qilinmoqda. Bugungi kunda turizm ko‘pgina mamlakatlarda shiddat bilan rivojlanayotgan industriyaning ijtimoiy-iqtisodiy tarmog‘idir. Butunjahon Turistik Tashkiloti (BTT)ning baholashiga ko‘ra, turistik servisi rivojlangan shaharga tashrif buyurgan 100 nafar turist 20 ming AQSH dollari atrofida sarflaydi, ya’ni bir sutkada shaharga har bir turist tomonidan 200 AQSH dollari miqdorida foyda keladi. Agar misollar bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, bu miqdordagi foydani olish uchun hatto rivojlangan mamlakat ham kamida jahon bozoriga 1 tonna paxta yoki 2 tonna bug‘doy olib chiqishi kerak bo‘ladi. Hozirgi paytda dunyoning ajoyib, jozibador turistik zaxiralariga ega bo‘lgan barcha burchaklari hali yaxshi o‘zlashtirilmaganligi va keng sayyohlar ommasi uchun ochiq emasligini ham hisobga olish lozim. Bunda tabiiy iqlim sharoitlari va siyosiy-iqtisodiy omillar, mintaqadagi tinchlik, turizm industriyasining rivojlanishi kabilar muhim rol o‘ynaydi. Turizm infratuzilmasi va industriyasi turizmga turdosh bo‘lgan bir necha tarmoqlarning ham rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, turizmning rivojlanishi yana bir katta muammo bo‘lgan ishsizlikni hal qilishga yordam beradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatga tashrif buyurgan har 20 nafar turist, 1 ta bevosita turizm sohasida va 2 ta turizmga bog‘liq bo‘lgan xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida yangi ishchi o‘rinlarining ochilishiga yordam beradi. Shu bilan birga, mahalliy mintaqalarning rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir qilib, jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni, mahalliy mahsulotlarini va milliy hunarmandchilik mahsulotlarini sotishga yordam beradi. 2- jadval Turizmni sayyohatdan ajratib turuvchi asosiy xususiyatlar № Farq qiluvchi xususiyatlar Turizm (turist) Sayohat (sayohatchi) 1 Mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri bo‘yicha Turizm kuchli jahon miqyosidagi iqtisodiyot tarmog‘i bo‘lib, uning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi mavjud. Bu yirik biznes, katta pul va global miqyosdagi jiddiy siyosatdir Sayohatlarning iqtisodiyotiga bevosita ta’siri yo‘q 2 Qo‘yilgan maqsadlar bo‘yicha Yo‘llanmada ko‘rsatilgan aniq qo‘yilgan maqsadlar bilan chegaralangan Aniq qo‘yilgan maqsadlar bilan chegaralanmagan 3 Muddat mobaynida Yo‘llanma bilan chegaralangan bo‘lib, 1–2 kunlik (dam olish kunlari); 3–7 kunlik; 8–28 Muddati chegaralanmagan kunlik; 29–91 kunlik bo‘lishi mumkin 4 Ma’lum makonda bo‘lishi Bo‘ladigan joyi yo‘llanma bilan chegaralangan Makoni yoki bo‘ladigan joyi chegaralanmagan 5 Bo‘sh vaqtning mavjudligi Asosan bo‘sh vaqt mobaynida amalga oshiriladi Bo‘sh vaqt bo‘lishi shart emas. Sayohat qilish hayot tarzi hisoblanadi 6 Borgan joyida haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanishi bo‘yicha Turist borgan joyida haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas Sayohatchi borgan joyida uchun haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin 7 Mablag‘ bilan ta’minlash Turistning shaxsiy mablag‘idan va ijtimoiy fondlardan Homiy tashkilotlar, davlat va xususiy jamg‘armalartomonidan moliyalashtiriladi 8 Tashkil qilish va xizmat ko‘rsatish Bu faoliyat turli xil turistik korxonalar va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq tarmoqlar tomonidan amalga oshiriladi Tashkil qilish homiy tashkilotlar, davlat va xususiy jamg‘armalar tomonidan amalga oshiriladi, sayohlarga xizmat ko‘rsatish esa bevosita o‘zi tomonidan amalga oshiriladi 9 Yashash foliyatiga ta’siri Turistning sayohatga borib kelishi yashash faoliyatiga bevosita ta’sir qilmaydi Sayyohat sayohatchi uchun kasbi yoki kun ko‘rish manbayi, turmush tarzi bo‘lib xizmat qiladi Tayanch tushunchalar: Markaziy Osiyo sayohatchilari, kashfiyotlar, qadimgi sayohatlar va ziyoratchilik, sayohat va sayohatchi, sayyoh haqidagi tushunchalar, ziyoratchi olimlar,turizmni sayyohatdan ajratib turuvchi asosiy xususiyatlar, turizm jahon miqyosidagi kuchli iqtisodiyot tarmog‘i, zamon va makonda ko‘chib yurish, bo‘sh vaqtning va mablag‘ning mavjudligi.
Sayohlik O‘rta Osiyo o‘lkasida qadim zamonlardan rivojlangan bo‘lib, o‘lkamizdagi ilk sayyohlik ko‘rinishlari Buyuk Ipak yo‘liga borib taqaladi. Miloddan avvalgi II asrda ochilgan Buyuk Ipak yo‘lining ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. Bu yo‘l faqat savdo yo‘li bo‘lmay, ayni paytda, dunyo xalqlari o‘rtasidagi madaniy hamda davlatlararo aloqalar yo‘li bo‘lgan. O‘rta osiyolik sayyohatchilarning ma’lum bir qismini ziyoratchilar tashkil etgan bo‘lib, muqaddas joylarga borib ziyorat qilish maqsadida uzoq va mashaqqatli sayohatlarni amalga oshirganlar. VII–VIII asrlarda arablar Movarounnahrni zabt etish yo‘li bilan mahalliy xalqning urf-odati, dini va e’tiqodi, qadimdan rivojlanib kelayotgan madaniyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazib, asta-sekinlik bilan islom dinini targ‘ib eta boshlashdi. Mahalliy xalqning islom diniga o‘tishi bilan, Markaziy Osiyo Arabistondagi Makka-yu Madina bilan bog‘landi. Islom dini farzlaridan biri hajga borish hisoblanib, movarounnahrliklar o‘z yurtlaridan chiqib, Afg‘oniston, Eron, Iroq, Suriya orqali o‘tib, Saudiya Arabistonidagi Makka va Madina shaharlarida haj amalini bajarganlar. Bu yo‘l mashaqqatli, og‘ir, bir necha oy va yillar ichida bosib o‘tiladigan masofaga teng bo‘lsa-da, yildan yilga hajga boruvchilarning soni ortib borgan. Ziyoratchi-olimlarning eng mashhuri deb buyuk muhaddis Imom al-Buxoriyni kiritishimiz mumkin. Imom Ismoil al-Buxoriy o‘z onasi bilan 17 yoshda hajga borib, bir necha yil Arabistonda yashaydi. U 40 yil mobaynida Bog‘dod, Damashq, Balx, Nishopur, Misr va boshqa ko‘pgina arab mamlakatlari shaharlarini sayohat qilib, hadislarni to‘playdi. Bundan tashqari, Abu Iso Muhammad at-Termiziyni ham misol qilish mumkin. Shu davrda uning Bog‘dodda ko‘pgina shogirdlari ham bor edi. Arab xalifaligiga kirgan Movarounnahrda, Xurosonda, Xorazmda mahalliy tillarda yozilgan asarlar yo‘q qilinadi, natijada yerli olimlar, tolibi ilmlar xalifalikning markaziy shaharlari: Damashq, Qohira, Bog‘dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod qilishga majbur bo‘ladilar. Bu shaharlar o‘sha davrda Sharqning yirik ilm va madaniyat markazlari bo‘lib, ular orasida Bog‘dod shahri eng mashhuri edi. IX asrda bu shaharda «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi») – Sharqning o‘z davridagi Fanlar akademiyasi tashkil etilgan edi. «Bayt ul-hikma»da katta kutubxona hamda Bog‘dodda va Damashqda astranomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu yerdagi toliblar tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi yunon va hind olimlarining ilmiy merosini o‘rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanganlar. Bu yerda o‘rta asar ilm-u faniga katta hissa qo‘shgan ko‘pgina movarounnahrlik va xurosonlik olimlar ijod qilishgan. Jumladan, 20 dan ortiq asarlar muallifi, qomusiy olim Muhammad Muso al-Xorazmiy o‘z bilimini oshirish maqsadida Xuroson, Eron, Iroq va Suriya mamlakatlariga borib, matematika, geografiya, astranomiya fanlari bilan shug‘ullangan va olamshumul kashfiyotlar qilgan. «Bayt ul-hikma»da faoliyat ko‘rsatgan olimlardan yana biri buyuk astranom, matematik, geograf Ahmad al-Farg‘oniydir. U Farg‘onalik bo‘lib, avval Marv, so‘ngra Bog‘dod, Damashq va Qohira shaharlariga borib, astranomiya, matematika, geografiya fanlari bilan shug‘ullanadi. U Qohira shahri yaqinida joylashgan Ravzo orolida joylashgan Nil daryosi sohilidagi qadimgi gidrometr – daryo oqimi sathini o‘lchaydigan «Miqyos an-Nil» inshooti qurilishiga rahbarlik qiladi. Buyuk vatandoshlarimiz – Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy kabi allomalar fan taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishi bilan birga el kezgan olimlardir. Al-Beruniyning «O‘tmish avlodlaridan qolgan yodgorliklar», «Hindiston» asarlarida Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, geografiyasi haqida boy ma’lumot to‘plangan. Zahiriddin MuhammadBobur (1483- yil 14- fevral, Andijon shahri–1530- yil 26- dekabr, Hindistonning Agra shahri) – o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, tarixchi, sayyoh-olim, temuriylar sulolasi vakili. «Buyuk mo‘g‘ullar imperiyasi» deb nomlangan Hind davlatining, aslida, Boburiylar davlatining asoschisi bo‘lgan. Bobur o‘zining mashhur «Boburnoma» nomli asarida XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrning birinchi yarmidagi Movarounnahr, O‘rta Osiyo, Afg‘oniston hamda Hindiston tarixi, madaniyati va tabiati haqida juda boy ilmiy ma’lumotlar keltiradi, bu, albatta, Boburning ushbu yurtlarni kezib chiqqanligidan dalolat beradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, O‘rta Osiyoda qadimgi sayyohlik Buyuk Ipak yo‘lining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, IX–XI asrlarda sayyohlik tufayli kishilar bilimini oshiradigan turizmning ilmiy turiga asos solingan va ziyoratchilik turizmi keng rivojlangan. Rossiya davlati ham mashhur sayohatchilarga boy.Eng qadimgi sayohatchilardan biri Igumen Danill 1065- yilda Afon Muqaddas yerga ziyorat qilgani borgan va safar davomida ko‘pgina xalqlar va o‘lkalar haqida batafsil yozib qoldirgan. 1471–1474- yillarda Eron va Hindistonga sayohat qilgan Afanasiy Nikitin «Uch dengiz osha sayohat» nomli ajoyib asar bitgan. Keyinroq, mashhur sayohatchilar – N. N. Mikluxo-Maklay (1846–1888), N. M. Perjevalskiy (1839– 1888), V. I. Bering (1681–1741) va boshqalar o‘z nomlarini sayohatchilar tarixida yozib qoldirganlar. 1. 4. Sayohat va turizm tushunchalarining mohiyati va ularning o‘zaro farqi Sayohat va turizm (travel and tourism) – bir-biriga yaqin tushuncha bo‘lib, ular inson hayot faoliyatining ma’lum bir tarzini ifodalaydi. Bu dam olish, faol yoki passiv ko‘ngil ochish, sport, atrof-muhitni anglash, savdo, fan, davolanish va boshqa ko‘plab jihatlarni qamrab oladi. Sayohattushunchasi, odamlarning maqsadlaridan qat’i nazar, ularning makondan makonga erkin ko‘chib yurishini anglatadi hamda bu sayyohatchilarning turmush tarzi bo‘lib hisoblanadi. «Turist– jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi)»5 . Sayohatchibu, birinchi navbatda, kasb bo‘lib, odamlarning kasbi yoki kun ko‘rish manbayi yo bo‘lmasa, sayohatda ishtirok etuvchilarning turmush tarziga aylanishi mumkin. Bu esa faoliyatning maqsadi bo‘lib, turizm maqsadlaridan farq qiladi. Bugungi kunda zamonaviy turizm asoschisi deb tan olingan baptist pastori Tomas Kuk birinchilardan bo‘lib sayohatchilarning ommaviy safar uyushtirishining mohiyati va foydaliligini anglab 5 O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonuni. yetdi hamda 1843- yilda u dastlabki temir yo‘l orqali turni tashkillashtirdi va muvaffaqiyatga erishdi. 1851- yilda u mamlakatning barcha burchagidan kelgan inglizlarning Parijdagi ko‘rgazmada ishtirok etishini tashkillashtirdi. U ko‘rgazmaga 165 ming kishini olib kelishga musharraf bo‘ldi. Ko‘rgazma turlari katta foyda keltirganligi sababli, Kuk 1865- yilda Angliyalik sayyohlarning Parijdagi Butunjahon ko‘rgazmasiga ommaviy ravishda tashrif buyurishlarini tashkil etdi. 1856- yildan boshlab Yevropa bo‘ylab turlar odatiy holga aylandi, Kukning turistik agentligi va uning filiallari tuzildi. Turistik kompaniyasining misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatga erishganligini Kuk tomonidan sayyohlarga taklif etilgan katalogdan 8 mingdan ortiq mehmonxonalarning o‘rin olganligi ham tasdiqlaydi. 1870- yilda «Tomas Kuk» turistik firmasi mijozlari soni 500 ming kishiga yetdi. 1832- yilda Yevropa va Amerika qit’alari o‘rtasida muntazam kema katnovi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 1866- yilda Kuk AQSHga sayyohlarning dastlabki ikki guruhini jo‘natadi. Turlar uzoq muddatli bo‘lib, besh oygacha davom etgan. Tomas Kukning xizmatlaridan foydalangan amerikalik taniqli sayyohlardan biri Mark Tven bo‘lib, u oltmish kishidan iborat guruh tarkibida bo‘lgan va keyinchalik bu sayohat taassurotlarini qalamga olgan. Tomas Kuk 1872- yilda birinchilardan bo‘lib jahon bo‘ylab sayohat uyushtirishni taklif qilgan. Dastlabki 20 sayohatchi butun jahon bo‘ylab 220 kun davomida sayohat qilganlar. Tomas Kuk 1892- yilda vafot etgach, uning ishini o‘g‘illari va sheriklari davom ettirishgan. Kompaniya o‘z faoliyat sohasini kengaytirib, yirik moliyaviy institutga aylangan va sayohatchilar uchun yo‘l cheklari chiqara boshlagan. Bu esa o‘z mohiyatiga ko‘ra asr ixtirosi – xavfsiz pullar edi. Bugungi kunda «Tomas Kuk» kompaniyasi butun dunyoda 12000 dan ortiq turistik agentliklarga ega bo‘lib, yiliga 20 milliondan ortiq turistga xizmat ko‘rsatadi. Sayohatlardan hayotiy faoliyatning alohida jozibador usuli sifatida yangi shakl – turizm ajralib chiqqan bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlar va hislatlari bilan tavsiflanadi. Sayohatlar va turizmning bir-biridan farqlarini ko‘rib chiqishda ushbu faoliyatning maqsadlari va moddiy ta’minotiga to‘xtalib o‘tish joiz. Sayohat va ekspeditsiyalarning asosiy qismi ma’lum bir maqsadlarga (savdo, fan, yangi yerlarni ochish, mahsulot reklamasi va hokazo) xizmat qilib, manfaatdor shaxslar, tashkilotlar, davlat va xususiy jamg‘armalar tomonidan moliyalashtiriladi Bugungi kunda bo‘sh vaqt va yetarli mablag‘ga ega bo‘lgan deyarli har bir shaxs jahon bo‘ylab turli transoprt vositalarida sayr qilishi, dunyoning inson qadami yetmagan joylariga tashrif buyurishi mumkin. Sarguzashtli turizmga ixtisoslashgan turistik firmalar Janubiy Amerika, Afrika va Osiyo bo‘ylab maxsus tayyorlangan avtomobillarda uzoq muddatli (30 haftagacha) qit’alararo sayohatlarni taklif qilmoqda. Buyuk yangi yer ochuvchilarning yo‘nalishlarini takrorlovchi, narxi 50 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 190 kunlik dengiz sayohatlari ham taklif etilmoqda. Turizmni uyushtirish va amalga oshirish bo‘yicha ma’lum bir sharoitlarda u turistik industriyasi korxonalari va turistik tashkilotlar tomonidan taqdim etiluvchi turistik xizmatlardan foydalanishni ko‘zda tutishi mumkin. Turizm sayohatlarning bir turi bo‘lsa-da, biroq o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra ma’lum bir tavsifga ega bo‘lib, unda ishtirok etuvchi shaxs turist deb nomlanadi. Muhimi, turistni sayohatchi deyishimiz mumkin, ammo sayohatchini esa har doim ham turist deya olmaymiz. Sayohatlardan farqli ravishda, turizm iqtisodiyot va siyosatning kuchli ta’siriga uchraydigan soha hisoblanadi. Turizmbu turistlar tomonidan amalga oshiriluvchi, aniq belgilangan turistik maqsadlarga ega ommaviy sayohatlar turi, ya’ni sayyohning faoliyati va bunday sayohatlarni uyushtirish va amalga oshirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan iborat. Bunday faoliyat turli xil turistik industriya korxonalari va ular bilan bog‘liq tarmoqlar tomonidan amalga oshiriladi. Turizm faoliyati, asosan, bo‘sh vaqtda amalga oshiriladi. Bunday hol sodir bo‘lishi uchun ikki shart bo‘lishi kerak: dam olishga ajratilgan bo‘sh vaqt va tegishli mablag‘. Uzoq vaqt davomida turistik faoliyat bilan faqat badavlat kishilargina shug‘ullanishgan. Hozirgi paytda aholining turli qatlamlari bo‘sh vaqtini va jamg‘arilgan mablag‘larini turli turistik safarlarga borishga sarflamoqdalar. Hozirgi tushunchalarda qabul qilingan turizm XIX asrning oxiriga borib shaklangan bo‘lsa-da, faqat XX asrga kelib u jadal sur’atlarda rivojlandi hamda texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, jamiyat munosabatlarining yuksalishi natijasida u «XX asr fenomeni» nomini oldi. Bugungi kunda turizm jahon miqyosidagi iqtisodiyotning juda kuchli tarmog‘i bo‘lib, uning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 10 % ni tashkil etadi hamda bu sohaga juda ko‘p sonli xodimlar, asosiy vositalar va yirik kapital mablag‘lar jalb qilingan. Bu yirik biznes, katta pul va global miqyosdagi jiddiy siyosatdir. Jamiyatning rivojlanishi bilan sayyoramizning tobora ko‘plab aholisi turizm sohasiga jalb qilinmoqda. Bugungi kunda turizm ko‘pgina mamlakatlarda shiddat bilan rivojlanayotgan industriyaning ijtimoiy-iqtisodiy tarmog‘idir. Butunjahon Turistik Tashkiloti (BTT)ning baholashiga ko‘ra, turistik servisi rivojlangan shaharga tashrif buyurgan 100 nafar turist 20 ming AQSH dollari atrofida sarflaydi, ya’ni bir sutkada shaharga har bir turist tomonidan 200 AQSH dollari miqdorida foyda keladi. Agar misollar bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, bu miqdordagi foydani olish uchun hatto rivojlangan mamlakat ham kamida jahon bozoriga 1 tonna paxta yoki 2 tonna bug‘doy olib chiqishi kerak bo‘ladi. Hozirgi paytda dunyoning ajoyib, jozibador turistik zaxiralariga ega bo‘lgan barcha burchaklari hali yaxshi o‘zlashtirilmaganligi va keng sayyohlar ommasi uchun ochiq emasligini ham hisobga olish lozim. Bunda tabiiy iqlim sharoitlari va siyosiy-iqtisodiy omillar, mintaqadagi tinchlik, turizm industriyasining rivojlanishi kabilar muhim rol o‘ynaydi. Turizm infratuzilmasi va industriyasi turizmga turdosh bo‘lgan bir necha tarmoqlarning ham rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, turizmning rivojlanishi yana bir katta muammo bo‘lgan ishsizlikni hal qilishga yordam beradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatga tashrif buyurgan har 20 nafar turist, 1 ta bevosita turizm sohasida va 2 ta turizmga bog‘liq bo‘lgan xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida yangi ishchi o‘rinlarining ochilishiga yordam beradi. Shu bilan birga, mahalliy mintaqalarning rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir qilib, jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni, mahalliy mahsulotlarini va milliy hunarmandchilik mahsulotlarini sotishga yordam beradi. 1. Ichki turizm – o‘z davlati chegarasi doirasida doimiy yashovchi fuqarolarning vaqtinchalik tashrif buyuruvchi joyiga (to‘lanadigan faoliyatsiz) turstik maqsadlarda sayohat qilishi. Ichki turizm davlat chegaralarini kesib o‘tish bilan va turistik rasmiyatchilik bilan bog‘liq emas. Milliy valuta, til, hujjatlar oldingidek o‘zgarmasdan qoladi. Dunyodagi safarlarning 80–90 foizi ichki turizm ulushiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa u AQShda ommabop hisoblanadi. 2.Xalqaro turizm – vaqtinchalik kelgan joyiga faoliyati to‘lanmaydigan, doimiy yashaydigan mamlakat chegarasidan tashqariga turistik maqsadlarda safar qilishi. Chet el turistlariga biror davlatga 24 soatdan kam bo‘lmagan muddatga vaqtinchalik tashrif buyurgan shaxslarning barchasi kiradi. Shuni qayd qilish kerakki, ba’zi davlatlarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) statistik komissiyasining tavsiyalaridan chetlanishga ruxsat beriladi. Masalan, ba’zi davlatlarda 3 kun muddatdan kam bo‘lmagan muddatga tashrif buyurganlar xalqaro turistlar hisoblansa, ba’zilarida 2 hafta, ba’zilarida esa bu muddat 1 oydan kam bo‘lmagan muddatga tashrif buyurganlar xalqaro turistlar hisoblanadi. Barcha xalqaro turistik sayohatlarning o‘rtacha 65 foizi Yevropaga, 20 foizi Amerikaga va qolgan 15 foizi boshqa mintaqalarga to‘g‘ri keladi. So‘ngi yillarda ichki va xalqaro turizmning bir-biriga yaqinlashish tendensiyasi kuzatildi, bu esa turistik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish bilan izohlanadi (masalan, Birlashgan Yevropadagi Shengen Bitimi). 3.Kiruvchi turizm– faoliyati to‘lanmaydigan turistik maqsadlarda doimiy yashamaydigan shaxslarning o‘zga mamlakat hududiga tashrifi, sayohati. 4.Chiquvchi turizm – bir mamlakat hududida doimiy yashovchi shaxsning boshqa mamlakatga faoliyati to‘lanmaydigan sayohati, tashrifi. 5.Rekreatsion turizm dam olish maqsadidagi turist bo‘lib, qator davlatlar uchun turizmning ommaviy shakli hisoblanadi. Ispaniyaga, Italiyaga, Fransiyaga, Avstriyaga chet el turistlarining tashrifi, avvalo, mana shu maqsadni ko‘zda tutadi. Dam olish maqsadidagi safarlar xilma-xilligi bilan farqlanadi va qiziqarli tomosha dasturlarini (teatr, kino, festival va hokazo), qiziqishlar bo‘yicha mashg‘ulotlar (ov, baliq ovlash, musiqali, badiiy ijodiyot va hokazolar bilan shug‘ullanishni) o‘zga mamlakatning milliy madaniyatini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan etnik sayohatlarni o‘z ichiga olishi mumkin. 6.Sog‘lomlashtiruvchi dam olish turizmi o‘ta shaxsiy individual xarakter kasb etadi. Inson organizmiga ta’sir etish vositasiga qarab davolanish uchun dam olish iqlimli, dengiz, balchiq bilan davolanish va hokazolarga bo‘linadi. 7.Tanishuv (ekskursion) turizmi o‘z ichiga tanishuv (bilish, ko‘rish va eshitish) maqsadlari bilan bog‘liq tashrif va sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Ekskursiya bilishning bir shakli bo‘lib, shaxs intelekti va dunyoqarashini kengaytirish vazifasini bajaradi. 8.Malakaviy ish turizmiga ish maqsadlari bilan bog‘liq safarlar kiradi. Hozirgi taraqqiy etgan zamonaviy jamiyatda hayot xalqaro aloqalarni bog‘lash zaruriyatini tug‘dirmoqda. So‘nggi yillarda ishchan soha vakillarining, tadbirkorlarning tashriflari ommaviy tus olmoqda. Qator turistik firmalar guruhlarga jamlangan biznesmenlarning turli maqsadlardagi tashriflarini tashkil etishga ixtisoslashtirilmoqda. Ushbu turdagi turizmning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ishchanlik vaziyatida o‘tadigan uchrashuv ishtirokchilari oddiy sayyohga qaraganda mamlakat bo‘ylab sayohat paytida ko‘proq mablag‘ sarflaydi. Shuning uchun ko‘pgina davlatlar xalqaro forumlarni va shunga o‘xshash tadbirlarni o‘zlarida o‘tkazishga harakat qiladilar. 9.Ilmiy turizmxalqaro turizmning o‘qish, ta’lim olish maqsadida, malaka oshirish maqsadida amalga oshiriladigan nisbatan yangi turi hisoblanadi. Xorijda ta’lim olish uchun safar qilish O‘zbekistonda ham turbiznesining o‘rnatilgan segmentlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Safarlarning ommabop bo‘lib borayotgan turi bu til o‘rganish maqsadida, ayniqsa Buyuk Britaniyaga va boshqa ingliz tilida so‘zlashadigan davlatlarga safarlar kengayib bormoqda. 10.Sport turizmining asosiy maqsadi turistlarga o‘zlari tanlagan sport turi bilan shug‘ullanishiga imkoniyat yaratib berishdan iborat. Sport turizmi zaruriy baza mavjudligini talab etadi: turli inventarlarni, maxsus trassalarni, yo‘llar, sport maydonchalarini, asbob-uskunalar. Sport sayohatlariga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri bu dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi. 11.Shop-turlar Rossiya va MDH davlatlari uchun xosdir. Xorijiy mamlakatlarga tashrifning asosiy maqsadi xorijdan xalq iste’moli tovarlarini xarid qilib, uni o‘zining mamlakatida yana qayta sotishdan iborat. (poyabzal, trikotaj va boshqa tovarlarni Turkiya, Italiya, Portugaliya, Suriyadan; yozgi to‘qilgan kiyimlarni Indoneziyadan; po‘stinlar Gretsiya va Argentinadan; mebellarni Polsha va Italiyadan; elektronika mahsulotrlarini BAAdan; avtomashinalarni Germaniya, Shvetsiya, Finlandiya, Gallandiyadan sotb olishadi). 12.Diniy turizm (haj safari, ziyorati) hozirgi vaqtda juda yuqori talabga ega bo‘lib, ommaviy tus olmoqda. Har yili yuzlab vatandoshlarimiz Makka-yu Madinaga haj va umra safarlarini amalga oshirmoqdalar. Turizmda diniy maqsadlarning bir necha turlarini ajratib ko‘rsatishi-miz mumkin: 1. Haj ziyorati (gunohlarni yuvish maqsadida, diniy e’tiqod maqsadida ziyoratgoh joylariga tashrif buyurish). 2. Tanishuv tashrifi (diniy qadamjolar, haykallar; din tarixi, din madaniyati bilan tanishuv). 3. Ilmiy tashriflar (diniy masalalar bilan shug‘ullanuvchi tarixchilar va boshqa mutaxassislarning tashrifi). 13.Sog‘inish, qo‘msash turizmi qarindoshlarinikiga, tug‘ilgan joylariga va yaqinlarinikiga tashrif buyurish ehtiyojiga asoslangan va xalqaro turistik almashuvda muhim o‘rinni egallaydi. Qo‘msash turizmga yaqqol misol qilib, sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistonda yashagan va hozirgi paytda ham ularning qarindosh-urug‘lari respublikamizning turli shaharlarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan qrim-tatar, zakavkaz xalqlari, yaxudiylar, nemislar va boshqa millatga mansub bo‘lgan aholini ko‘rsatishimiz mumkin. 14. Ekoturizm. Hozirgi kunda ekologik turizmga har qachongidan ham talab katta. Bu dunyoning barcha davlatlariga tegishli bo‘lib, faol dam olishning bir turi hisoblanadi. Unga ko‘ra inson o‘z sog‘ligini tiklabgina qolmay balki, bir qancha estetik hissiyotlar oladi. Hozirgi kunda ekologik turizm eng rivojlangan dam olish turi bo‘lib, bu sport turi ham hisoblanadi va u turizmning eng rivojlangan sohasiga aylanmoqda. Ekoturizmning maqsadi hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun tabiatdan turistik maqsadlarda oqilona foydalanishdan iborat. 2. 2. Turizm turlarining tasniflanishi va ko‘rinishlari Turistik oqimlarning yo‘nalishi bo‘yicha turizm turlari «Kiruvchi» va «Chiquvchi» toifalarga bo‘linadi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda turizm uyg‘un holatda taraqqiy etadi, «ichki» va «tashqi» turizm sohasida muvozanat saqlanadi. Talab nuqtayi nazaridan turizmning uchta turini ko‘rsatish mumkin: ichki, kiruvchi va chiquvchi turizm. Geografik prinsip asosida turizm sohasining tasniflanishi bo‘yicha xalqaro, milliy va mamlakat chegarasidagi ichki turizm turlari mavjud. 4- rasm. Turizmning turlari bo‘yicha tasniflanishi Hozirgi kunda Rossiyada 10 nafar chiquvchi turistga 1 nafar ichki turist to‘g‘ri keladi. 2010- yilda O‘zbekiston bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, har 6 nafar chiquvchi turistga 1 nafar ichki turist to‘g‘ri kelgan. Turizm bozorini muvofiqlashtirishda Butunjahon Turistik Tashkiloti (BTT) ishlanmalari bo‘yicha quyidagi proporsiya tavsiya qilinadi: 1 nafar kiruvchi turist – 1 nafar chiquvchi turist – 4 nafar ichki turist. Bu proporsiya BTT tavsiyalari bo‘yicha eng optimal nisbat hisoblanadi, uni amalga oshirish uchun turistik faoliyatini tartibga soluvchi tegishli me’yoriy hujjatlar va qonunlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqorolarning kelishi va fuqorolarning chet elga chiqishlari haqidagi batafsil ma’lumot quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan: 4- jadval O‘zbekiston Respublikasiga 2009- yilda fuqorolarning kelishi va fuqarolarning chet elga chiqishlari (rasmiy deklaratsiyadan o‘tgan, kishilar hisobida) Ko‘rsatki chlar Jami Shu jumladan safar maqsadlari bo‘yicha Tadbir korlik (xizmat doirasida) O‘qish Ishlash Turistik Qarindoshlarnikiga tashrif Davolanish DTJ (doimiy turar- joyi) Tijorat Kirish 1294429 71099 5864 27520 149678 914803 40194 52158 33113 Shu jumladan : MDH davlatlari 1101034 54044 4858 14818 65606 874061 38659 37980 11008 Boshqa chet el davlatlari 193395 17055 1006 12702 84072 40742 1535 14178 22105 Chiqish 918055 36795 5778 16148 94194 108370 5883 635147 15788 Shu jumladan :MDH davlatlari ga 729843 23463 5165 10157 49614 101443 4280 530455 5266 Boshqa chet el davlatlari ga 188212 13332 610 5991 44535 6927 1603 104692 10522 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlari Jadvalda qayd etilganidek, 2009- yilda fuqarolarning chiqish oqimi 918055 kishini tashkil etgan bo‘lsa, kirish oqimi 1294429 kishini qamragan, bu hol respublikada turizm eksporti salmog‘ining nihoyatda oshganligidan dalolat beradi. Demak, respublika byudjetiga kirib keluvchi mablag‘ chikuvchi oqimidan olinadigan daromadga nisbatan ancha oshib bormoqda. Bu holatni O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining rivojlanishidagi ijobiy ko‘rsatkichlardan biri sifatida baholash mumkin. Ammo O‘zbekistonga amalga oshirilgan sayohatlarni maqsadlariga ko‘ra tahlil qilsak, quyidagi holatni kuzatamiz kiruvchi oqimda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda bevosita turistik maqsad bilan va xizmat vazifasiga ko‘ra tashrif maqsadlari turadi. Milliy turistik mahsulotning bunday shakllaridan biri ishbilarmonlar turizmidir, uning ommabopligi hordiq olish va xizmat vazifalarining uzviy bog‘liq bo‘lgani bilan izohlanadi, shuning uchun bu tur chet ellik mehmonlar uchun qiziqarlidir. Tadbirkorlarning ish bo‘yicha sayohat-safarlari keyingi vaqtlarda ommaviylashib bormoqda. Bir qator turistik firmalar biznesmenlarning turli maqsadlarga yo‘naltirilgan guruhiy safarlarini tashkil etishga ixtisoslashgan. Ish turizmining katta afzalligi shundaki, uni nomavsumiy pallada ham tashkil etish imkoniyati mavjud. Bunda turistik firmalar turistik xizmatlarni – transport, joylashuv, ovqatlanish, ekskursion xizmatlarni tashkil qilish bilan bir qatorda, mintaqaga xos ma’lumotlarni o‘rganish, bo‘lajak ish hamkorlari haqida ma’lumot yig‘ish, tarjimalar, zaruriy iqtisodiy materiallar taqdimoti, ish bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etish kabi xizmatlarni ham taqdim qilishi mumkin. Turizm bozoridagi bu turning muhim xususiyati shundan iboratki, ish bo‘yicha o‘tkaziladigan uchrashuvlarning ishtirokchilari mamlakatga tashrifi jarayonida oddiy turistdan ko‘ra ko‘proq mablag‘ sarflaydilar. Shunday qilib, turizm xizmatlar bozorida malakaviy ish turizmini O‘zbekiston turizm industriyasi rivojlanishining eng istiqbolli yo‘nalishi sifatida belgilash mumkin. Buning uchun xizmat ko‘rsatishning mazkur segmentidagi sezilarli o‘sishni MDH mamlakatlari va uzoq xorij bilan avvalgi aloqalar tizimini tiklash va yangi aloqalarni o‘rnatish tufayligina ta’minlash mumkin. Sayohatlarining maqsadlariga ko‘ra kiruvchi va chiquvchi xorijiy fuqarolar sonining taqsimlanish ko‘rsatkichlari, bevosita turizm maqsadi bo‘yicha tashriflar ulushining kamligi, bizningcha, kerakli turpaket, brend va turistik xizmatlar servisining nisbatan past darajada ekanligidan dalolat beradi. Mamlakatimiz turizm industriyasining faoliyatida mavsumiylik omili mavjudligi O‘zbekistonning iqlimiy shart-sharoitlari va turmahsulotni shakllantirishda aynan tabiiy-iqlimiy omillar muhim rol o‘ynashi bilan izohlanadi. Bu, ayniqsa, turizm maskani bo‘lgan Samarqand hududining turizm tizimi misolida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ichki turizm bo‘yicha turistlar, asosan, fevralda (5,2%), iyunda (19%) va avgust oylarida (15,1%) sayohat qilishgan. Kiruvchi turizmda esa, asosan, aprel (10,7%), may (18,3%) oylarida tashrif buyurishgan bo‘lsa, dekabr, yanvar, fevral va mart oylarida bu ko‘rsatkich atigi 1,8% ni tashkil qilgan. (5- jadval va 5- rasmga qarang) Mamlakatimiz turistlarining o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, dam olishni, asosan, yoz oylarida amalga oshirishlarining turg‘un holati shakllangan bo‘lib, bu oylarda sayohatlar hajmi 42,8% ga to‘g‘ri keladi. Bunda, asosan, oilaviy dam olishga etibor beriladi – sentabrda sayohatlar sonining 2 karra tushib ketishi o‘quv yilining boshlanishi bilan izohlanadi, o‘rtacha oilaviy sayohat 3 kishidan iborat bo‘lgan oila bilan amalga oshiriladi. 5-jadval 2009- yilda Samarqandga qilingan sayohatlarni amalga oshirish mavsumiga ko‘ra xizmat ko‘rsatilgan turistlar sonining taqsimlanishi (ming kishi) Jami xizmat ko‘rsatilgan Ichki turizm Kiruvchi turizm Chiquvchi turizm turistlar soni 26,4 100% 70,8 100% 0,79 100% Yanvar 1,1 4,3 0,7 1,2 0,034 1,0 Fevral 1,4 5,2 0,6 1,1 0,055 5,0 Mart 1,9 6,9 2,2 3,3 0,039 2,4 Aprel 2,3 8,2 7,5 10,7 0,037 1,9 May 2,4 9 13,1 18,3 0,112 13,8 Iyun 4,7 19 8,7 12,4 0,044 3,7 Iyul 2,3 8,7 2,1 3,1 0,092 13,5 Avgust 3,8 15,1 10,5 14,8 0,044 3,7 Sentabr 2,2 7,8 8,2 11,4 0,039 1,1 Oktabr 1,8 6,5 10,4 14,4 0,161 34,7 Noyabr 1,3 4,8 5,5 7,5 0,094 16,8 Dekabr 1,2 4,5 1,3 1,8 0,039 2,4 Manba: «O‘zbekturizm» MK Samarqand mintaqaviy boshqarmasi ma’lumotlari asosida. 5- rasm. 2009- yilda Samarqandga sayohat qilish mavsumiga ko‘ra xizmat ko‘rsatilgan turistlar sonining taqsimlanish diagrammasi Yuqoridagi 5- jadval va 5- rasmda ko‘rsatilganidek, chiquvchi turistik oqim dinamikasi taklif spektorining kengligiga ko‘ra mavsumiylik ta’siriga deyarli uchramaydi, bunda jami xizmat ko‘rsatilgan turistlar soniga nisbatan may, iyun va iyul oylarida 31,0% hamda avgust, oktabr va noyabr oylarida 55,2% turistlar boshqa mamlakatlarga sayohat qilganlar. Kiruvchi turistlar oqimi jami xizmat ko‘rsatilgan turistlar soniga nisbatan may oyida 18,3%, oktabr oyida 14,4% tashkil qilib, asosan, yilning issiq vaqtiga to‘g‘ri keladi va uning o‘sish sur’ati yetarli darajada barqaror hisoblanadi. Yilning yanvar, fevral va dekabr oylarida turistlar oqimining keskin pasayishi turoperatorlarimiz tomonidan tayyorlangan dasturlar ta’sirchanligining pastligi va bir oz zerikarliligi bilan baholanadi, bu esa oilaviy va guruhiy sayohatlarning turizm bozoridagi o‘rnini yo‘qotishga olib kelmoqda. Shuningdek, sayohat davomiyligini uzaytirishga moyillik ham ahamiyatli ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Avvallari dam oluvchilarning barchasiga mehnat kodeksida o‘rnatilgan tartib asosida yo‘llanma muddati (binobarin, sayohat muddati) har yilgi mehnat ta’tili muddatiga bog‘liq ravishda 21 yoki 28 kundan iborat edi. Mazkur holatning asosiy sabablari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: – yil davomida ta’til vaqtini bo‘laklarga ajratib, bir necha marta sayohatlar qilishga intilish( shu jumladan, bayram kunlarida); – yangi mehnat munosabatlarida ko‘pchilik uchun ta’til davomiyligining qisqarishi va “bevosita xizmat vazifasini, ishini” uzoq muddatga (ikki haftadan ortiq) tashlab qo‘yishning imkoni yo‘qligi; – to‘lov qobiliyatining cheklanishi, zero, ommabop turlar xarajati kishi boshiga 400–500 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Sayohatlarning davomiyligi turlarni amalga oshirish maqsadi bilan muvofiqlashadi. Jumladan, xordiq chiqarish, faol dam olish va turizm (motivatsiya jihatdan yetakchi tur) bilan bog‘liq sayohatlar, odatda, qisqa muddatli bo‘ladi, kruizli turlar va davolanish bilan bog‘liq sayohatlar esa uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘ladi. Shunday qilib, bizning iste’molchi-turistlarda dasturi mazmunan boyitilgan va qisqa muddatda katta taassurot va natija olish imkoniyatini amalga oshirishni ta’minlovchi turmahsulotdan foydalanishni ma’qul ko‘rish holatlari yaqqol kuzatilmoqda. Bu, o‘z navbatida, turizm industriyasi xizmatlarini qayta o‘zgartirilishini talab etadi hamda tur dasturlarni va uning muddatlarini xizmat ko‘rsatishning jahon standartlariga moslashtirishni taqozo etadi. Turizm soxasining xilma-xilligi uning bosh maqsadiga bog‘liq holda quyidagi ko‘rinishlarga ajratiladi: 1. Dam olish yoki rohatlanish, ko‘ngil ochar (tur-rleasure tour, delights tour). Bu turistlik dam olish va turistlikning keng tarqalgan turidir; 2. Dam olish va sog‘lomlashtirish maqsadidagi kurort (resort or health resort or resortspa). Sog‘lomlashtirish va davolash maqsadlarida qilinadigan turizm – health and fitnes tour or resort tour. Spa yoki health spa – sanatoriylar, kurortlar, pansionatlar sog‘lomlashtiruvchi-davolovchi tashkilotlar, kurort zonalarida, shifobaxsh suvlar, shifobaxsh balchiqlar va boshqalar yordamida (shifobaxsh mineral suvli kurortlarda) olib boriladi. Turistlik prospektlarda ixtisoslashtirilgan sog‘lomlashtirish maqsadlariga qarab, kempinglarda mineral suvlarni ichish yoki mineralli va oltingurgutvodorodli vannalar qabul qilish imkoniyatlarini belgilaydilar. Mashhur chet el shifobaxsh suvli kurortlaridan – Vishi, Vittel va Eks-le-Ben (Fransiya); BadNaukeym, Visbaden va Baden-Baden (Germaniya); Bad-Ishl, BadGastayn va Baden-bey-Vin (Avstriya); Spa (Belgiya); Bat va Bakston (Buyuk Britaniya); Bursa (Turkiya); Atami (Yaponiya) Termal buloqlarining kattagina qismi Gretsiya va Vengriyada taniqlidir. O‘zbekistonda ham uning boy tabiati va iqlimidan kelib chiqqan holda, Farg‘ona vodiysida joylashgan «Chortoq», «Shohimardon», «Arslonbob», «Oltiariq», «Chimyon», Samarqand viloyatida joylashgan «Nagorniy», Buxorodagi «Mohi xossa» va Toshkent viloyatida joylashgan Bustonliq va Birchmulla oromgoxlari,«Chinobod» hamda «Turon» kabi mineral suv bilan davolash hamda dam olish imkoniyatiga ega bo‘lgan sanatoriylar, dam olish oromgohlari mavjud. Ko‘ngil ochar turlar– (entertainment) turizm dasturlarida ma’lum ma’noda turistlar uchun qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. «Turistning yaxshi ko‘ngil ochishi» uchun xizmatlarning barcha qirralarini ochishda yordam beradi. Bu faol o‘yinlar (golf, kriket, kegli), otlarda sayr qilmoq, attraksionlarga borish (tematik bog‘lar, masalan, Disneylend, Delfi kari, zooparklar), restoranlar, dangsinglar, disko klublar, magazinlar, kazino va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Xorij mutaxassislarining fikricha, 110 dan ortiq keng qo‘llaniladigan turizm amaliyotidagi ko‘ngil ochar turlar mavjud. Familiarization trip yoki famtrip, ya’ni tanishtiruvchi, reklama safari. Marshrutni qaytadan batafsil ishlash va uning shartlari bilan tanishish uchun reklamali sayohatlarga asosan turli dilerlar va turoperatorlar yoki turistlik agentliklar ishchilari borishadilar. Ular butun marshrutni to‘laligicha bosib o‘tishadi va yashash sharoitlarini, ekskursiya dasturlarini, ovqatlanish asosini, transferni, madaniy va ko‘ngil ochar dasturlarni aniqlashadilar. Ularni mahalliy sharoitlar, udumlar, meditsina va sug‘urta xizmatlari, jinoiy holatlar va boshqa kritik holatlarda davlat organlari bilan birgalikda olib boriladigan ishlar haqida to‘liq ma’lumotlar bilan ta’minlaydilar. Qoida bo‘yicha tanishtiruvchi turizmga ma’lum chegirmalar beriladi yoki bunday turizm to‘laligicha qatnashuvchi kompaniya tomonidan to‘lanadi. Ba’zi mamlakatlar, masalan, Isroil qabul qilish bo‘yicha turistlik faoliyatni faol qo‘llab-quvvatlab, tanishtirish bilan bog‘liq safarlarni davlat byudjetidan dotatsiyalaydi. O‘rganuvchi turizm – sonnoisscur tour. Turizm markazlariga biror narsa o‘rganish uchun borishdan iborat. Bular dunyoga mashhur Nyu- York (har yili 32 mln turist bu yerga o‘rganish maqsadida borishadi), Parij, Madrid, Rim, Peterburg, Qoxira, Singapur, Gongkong, Rio-de-Janero va shu kabi shaharlardir. Turistlarning qiziqish ob’yekti bo‘lib qadimgi joylar, muzeylar, haykallar, shaharlarning chiroyli landshaftlari xizmat qiladi. Qishloq turizmining rivojlanishi. Qishloq turizmi – farm tour, riral tour. Dam olish vaqti har qanday shaharlik uchun qishloqdami yoki dala xovlidami juda ham maroqlidir. Bu xayot talabi bo‘lib, doimo dala xovlilarini yoki boshqa joylarni ko‘p yillar davomida sinalgan va tekshirilgan joylarda dam olish uchun ijaraga olinadi. Qishloq turizmining o‘ziga xos tomonlari shundaki, masalan, Sitsiliyaning agrar viloyatlarida ishchi kuchi yetishmasligi tufayli kambag‘al turistlar yoki studentlarni ish haqi to‘lamasdan, boshpana va ovqat uchun ishga yollashi mumkin. Bunday «dam oluvchi» usha yerga borib qaytishi uchun mablag‘ topsa bo‘lgani. Yo‘l-yo‘lakay bir-ikki kun plyajlarda cho‘milishi, muzeylarni, yodgorliklarni va boshqalarni ko‘rishi mumkin. Hozirgi vaqtda qishloq turizmi alohida daromad keltiradigan tur hisoblanib, dunyo turizm xizmat bozorida alohida o‘rin tutadi. Qishloq turizmi dengiz kurortlari kabi katta hajmlar bilan raqobatlasha olmasa ham, shunga qaramay turizm ishlarida alohida o‘rin tutib, uni o‘rganib rivojlantirish alohida e’tiborga loyiq. Respublikamizda qishloq turizmi yo‘q darajada. Qishloqlardagi aholinig samimiyligi, tabiatning tozaligi, ekologik jihatdan qulayligi tufayli uning kelajagi bor. Lekin, shunga qaramay, xorijiy turoperatorlarning fidoyiligi, turistlarni o‘z qishloqlariga tortishi, turistlarni o‘z xalqining va davlatining rivojlanishi uchun olib kelishi, ish joylarini tashkil etishlari, o‘z yurtining turistlik resurslarini mustahkamlab, davlatga valyuta olib kirishlari va shu daromadlaridan soliqlar to‘lab xazinani to‘ldirishlari taxsinga loyiq. Umuman qishloqlarda turist bo‘lib turish, sanatoriy-kurort zonalarida yoki mashhur turistlik markazlarga nisbatan ancha arzon. Hamma ham qimmatbaho turistlik markazlarda dam olaolmaydi, shu jihatdan qishloq turizmini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Qishloq turizmi quyidagi hollarda amalga oshiriladi: – qishloq joylarda alohida kategoriya odamlar uchun ularning pul mablag‘lari miqdoriga qaramay, oilasining an’analariga qarab amalga oshiriladi; – shifokor maslahatiga binoan qishloq iqlim sharoitlarida sog‘lomlashtirishni olib borishga qarab; – tabiat bilan yaqinlik, ko‘proq vaqtni toza havoda o‘tkazish maqsadida; – ekologik toza va arzon mahsulotlar bilan ovqatlanishi mumkinligi uchun; – qishloq xo‘jaligi ishlari bilan band bo‘lishi, ishlash uchun real imkoniyatlar borligi uchun; – boshqa ijtimoiy toifadagi odamlar bilan muloqotda bo‘lishi, ularning madaniyati, urf-odatlari bilan tanishish, bayramlari va o‘yinlarida qatnashish imkoniyatining mavjudligi uchun. Qishloqda dam olish – bu tabiat qo‘ynida bo‘lish, yillar davomida shahar sharoitida yig‘ilib qolgan charchoqlarni chiqarish, toza havo, ekologik toza bo‘lgan oziq-ovqatlar, iqlim sharoitlarini o‘zgartirish, aholi sonining kamligi, boshqa tartib-qoida va yashash madaniyati, qishloq xo‘jalik ishlarida ishtirok etish, bog‘dorchilik, chorvachilik, tabiat bergan in’omlarni to‘plash va qolaversa, dam olishning arzonligidan iborat. Shulardan kelib chiqib, bu turizm turi o‘z harakteriga ko‘ra ekologik turizmning bir ko‘rinishiga kiradi. Shahar aholisining yozgi issiq kunlardagi va qishki qorli kunlardagi xordiq olishlarini to‘g‘ri tashkil etish imkoniyati mavjudligini e’tiborga olib, qishloq turizmini respublikamiz hududida quyidagi tarzda tashkil etish tavsiya etiladi: katta bo‘lmagan uylarni, qishloqlardagi katta bo‘lmagan xonalarni, kottejlarni, tabiat manzaralari chiroyli bo‘lgan joylarni ijaraga olish yo‘li bilan. Turistlar qishloqdagi fermerning uyida oilasini joylashtirishi maqsadga muvofiqdir, bu – turistlarni qishloq hayoti va u yerdagi yangi insonlar bilan yaqindan tanishtirishga, ularning urf-odatlari va qishloq xo‘jalik ishlari bilan kuchi yetgan darajada ishlashga imkon beradi. Shubhasiz, bu uy egalari uchun noqulayliklar yaratadi, lekin fermerlar uchun qo‘shimcha pul va yangilik olib keladi. Bunda turistlar uchun maxsus bir yoki bir necha xona ajratilib, barcha zaruriy narsalar yetkazib beriladi. Bunday turizmdan davlat ham, fermerlar ham daromad ko‘radi. Shu jihatdan qishloq turizmini qulay va kamharajat turizm turi deyish mumkin. Go‘zal tog‘li mavzelarga sayohat, tog‘larda sayr qilish, guzal joylarni tomosha qilish va h.k. Turistlar e’tiborini quyidagi ajoyib joylar lol qoldiradi. Grand Kanon, Tosh barmoqlar vodiysi (Avstraliya). Ulkan sharsharalar (Niagara, Viktoriya). Turistlar uchun ularni tomosha qiladigan maydonchalar, moslamalar o‘rnatilgan. O‘zbekistonda bunday go‘zal joylar asosan, Surxandaryonning Saraosiyo tog‘li hududlari, Jizzaxning Zomin tog‘ manzaralari, Toshkent viloyatidagi Chotqol tog‘ tizmalari, hamda Qashqadaryodagi Kitob xalqaro geografik kengliklarida joylashgan. Safari Safary tour – qo‘riqxonaga hayvonlarni tomosha qilish uchun sayr, ovchilik, baliq ovi maqsadidagi sayohat, fotoovchilik, Keniya yoki JAR qo‘riqxonalariga sayr, tabiatda ajoyib hayvonlarni erkin holda ko‘rish maqsadidagi sayrlar. Tabiat qo‘yniga yoki qo‘riqxonadagi e’tiborga loyiq yerlarga jip mashinalarida (Jip-Safary) sayohat. Sayohat davomida turistlar o‘tirgan jiplardan tashqari kuzatuvchi mashinalar kalonnasi bo‘lib, ular oziq – ovqat, palatkalar, yoqilg‘i va shu kabilar bilan yuklanadi. Sayohat dasturiga nafaqat mahalliy joylarni ko‘rish, balki tog‘li hududda avtomobil boshqarish, tusiqlarni yengib o‘tish, lager hayotiga o‘rganish, favqulodda vaziyatlarda yashab keta olish kabilarni o‘rgatadi. Urushlar va tarixiy janglar bo‘lgan joylarga urush ishtirokchilari va ularning avlodlari uchun uyushtirilgan turizm. Ular o‘z ichiga kuyidaglarni oladi: harbiy ob’yekt va poligonlar, harbiy texnikada sayr, tanklar, kiruvchi samolyotlar, harbiy qurollardan foydalanish, harbiy o‘quv mashqlari, kosmik kemalar uchirishni tomosha qilish kabilar. Bularni- military tour,-deb ataladi. Shuningdek bu sayohatlarga yana konslagerlar va qamoqxonalarga tashriflar kiradi. Qumsash turizmi – bu asosan qarindosh yoki do‘stlarini ziyorat qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z mamlkatlaridan ayrim sabablarga ko‘ra ko‘chib ketgan kishilar bilan bog‘liq. Ko‘chib ketganlar shartli ravishda ikki turga bo‘linadi: – majburiy ko‘chganlar, o‘zlarining tarixiy yerlarini diniy, harbiy yoki siyosiy sabablariga ko‘ra tashlab ketganlar. – o‘z xohishlari bo‘yicha ko‘chganlar – o‘z yurtlarini yaxshi hayot izlab tashlab ketganlar. Majburiy ko‘chganlar – sayyoramizda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Aholi migratsiyasi iqtisodiy, siyosiy va diniy omillar ta’sirida bo‘ladi. Ming yillar oldin Norvegiyaliklar va Irlandiyaliklar, Islandiya va Grilandiyaga ko‘chgan edilar. Tarixda Angliyadan Amerika qit’asiga diniy qarashlari tufayli ko‘chganlar haqida ham ma’lumotlar bor. Jahon urushlari sanoqsiz kulfatlar va yangi qochoqlar tulqinini vujudga keltirdi, ularga urushdan qochganlar va asrlar kirib, o‘z vatanlariga qaytishdan xavfsirab boshqa yerlarga ko‘chganlar. Keyingi turdagi ko‘chganlarga Volga buyi nemislarini kiritish mumkin. Bu yerda ular rus shohlari tomonidan yashashga taklif qilingan, 200 yildan keyin esa kommunistlar ularni vatan xoini deb Qozog‘istonga ko‘chirishgan, qayta ko‘rish va ittifoqning birligini yo‘qolishi, ular hayotini yanada qiyinlashtirdi, faqatgina 300 yil o‘tib ular o‘zlarining vatani – Germaniyaga (minglab aholi) qaytib kelishmoqda. Qo‘msash turizmga yaqqol misol bo‘lib, O‘zbekistonda Sobiq ittifoq davrida yashagan va hozirgi paytda ham ularning qarindosh urug‘lari respublikamizning turli shaharlarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan qrim-tatar, zakavkaz xalqlari, turklar, nemislar va boshqa millatga mansub bo‘lgan aholini ko‘rsatishimiz mumkin. Diniy ziyorat – (religious or piligrim tour) diniy maqsaddagi sayohat va sayrlardan iborat. Diniy maqsaddagi ziyorat tarixiy sayohat bo‘lib, uning ildizlari tarixga boradi. Bu kabi turistlarning birinchilari o‘rta asr ibodatchilaridir. Bu xildagi sayr diniy ishonch, o‘z va o‘zga dinlarga qiziqish asosida vujudga keladi. Dunyodagi ko‘p odamlar Makkai Mukarramaga, muqaddas yer bo‘lgan Vatikan ibodatxonalariga va boshqa joylarni ziyorat qilish uchun sayohat qilishadi. O‘zbekistonda bunday muqaddas ziyorat qiladigan joylarga Samarqanddagi, Buxorodagi, Xorazmdagi va boshqa viloyatlarimizda joylashgan tarixiy yodgorliklar misol bo‘la oladi. Ayniqsa, musulmon olami uchun kichik haj hisoblangan Imom al-Buxoriy ziyoratgohi diniy turizmni rivojlantirishda muhim o‘ringa egadir. Turizm bozorida Rojdestvo va boshqa bayramlarni nishonlash uchun, Finlyandiya va boshqa Skandinaviya, G‘arbiy Yevropa davlatlariga sayr qilishadigan xizmatlar mavjud. Turistlar ichida ayniqsa Finlyandiyaning qutb chegarasida joylashgan Rovaniymiga, Santa Klaus vataniga sayohat mashhur bo‘lib bormoqda. Bu yerda bolalar va kattalar uchun tantanalar o‘tkaziladi. Laplandiyada zamonaviy aeroport qurilib, u yerga xatto samolyotlar ham qatnaydi. Mehmonlar uchun Santa Klaus va gnomlar ishtirokida tomoshalar uyushtiriladi, Santa Klaus qishlog‘ida supermarket, g‘orlarda bolalar tomoshagohlari qurilgan. Marosim turizmi (ritual tour), odatda, qarindoshlarning qabrlari yoki janglarda vafot etganlar dafin etilgan joylarga uyushtiriladi. Qarindoshlar yoki yaqinlar qabrlari va maqbaralarini ziyorat qilish marosim turizmining asosini tashkil etadi. Ko‘pgina turistlar tarixiy yurtlarga aynan qarindoshlarini kabrlarini ziyorat qilishga boradilar. Yana bir marosim turizmi – bu yaqin orada janglar bo‘lib o‘tib, shu janglarda halok bo‘lgan askar va zobitlar qabrini ziyorat qilish uchun uyushtiriladigan sayohatdir. Respublikamizda bu turdagi turizm bilan «Nuroniy», «Shaxidlar xotirasi», «Oltin meros» jamg‘armalari shunday ezgu ishlar bilan shug‘ullanadilar. Klubli dam olishni egallash tizimi va uning turlari. Klubli dam olish tizimi jahon turizm biznesida tez o‘sib borayotgan sektorlardan biri hisoblanadi, u jahonning 81 mamlakatida o‘z rivojiga ega, mazkur tizimda ishlovchi 4500 dan ziyod kurort – turmajmualar faoliyat ko‘rsatmoqda. Dam olishning bu turi dam olishni tashkil etish, yashash va ovqatlanishni erkin tanlash xususiyati tufayli G‘arb davlatlarida ulkan ommaviylik bilan foydalaniladi. Hozirgi vazifa shundan iboratki, dam olishni bu to‘rini ommabop, qiziqarli va ochiq bo‘lishni ta’minlashdan iborat. Klubli dam olishni farqli tomonlaridan biri shundaki, turistlar nomerda emas, balki jihozlangan oshxonalarga ega bo‘lgan shinam, dang‘illama uy, koshonalarda (apartament) dam oladilar. Bu oshxonada shoshmasdan nonushta tayyorlashni va ayvonda kofe ichishni xush ko‘radiganlar uchun juda qulay hamda zavqli hisoblanadi. Agar sizni yosh farzandingiz bo‘lsa yoki siz parhezda bo‘lsangiz mazkur usul eng maqbul, yaxshi variant hisoblanadi. Bu yerda nafaqatgina oddiy tungi nonushta qilish, balki qo‘shimcha to‘lov evaziga tamaddi qilishning ma’lum turi: pansion (ta’minot) yoki yarim pansionlarni olish mumkin bo‘lgan restoran va qaxvaxonalar ham mavjud. Apartament (dang‘illama uy, koshona) lar studiyadan (bu kattagina xona), jihozlangan oshxonalardan tortib to bir, ikki, uch kishilik tunash joylariga ega bo‘lgan apartamentlar kabi bir necha turlarga bo‘linganligi sababli kichik oilalar ham klubda shinam joylashishlari mumkin. Haqiqatda – bu turistlar o‘z uylariga tashrif buyurganidek obod, shinam har tomonlama qulay kvartira hisoblanadi. Kvartiradan yagona farqli jihati u saroyda yoki otelda joylashgan bo‘lishi mumkin. Klub – bu faqatgina klub a’zolari va ularning mehmonlari dam oladigan yopiq hudud hisoblanadi. Bu yerdagi barcha dam oluvchilar klubli dam olishni imkoniyatlari va afzalliklari bilan tanishtiriladigan uchrashuvda ishtirok etishi zarur. Butun dam olish davomida har bir oila juftligiga ularni klubga kelish payti dan boshlab to ketish vaqtigacha dam olish sifatini nazorat qiluvchi va turli-tuman sayohat (ekskursiya) dasturini taklif etuvchi gid (ekskursiya boshlovchisi) biriktiriladi. Dam olish klubi – turizm industriyasining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblangan, turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga oshiruvchi klub a’zolarini dam olishni tashkil etish maqsadida yaratilgan tijorat yoki notijorat tashkilotdir. Klubli dam olish – klub tomonidan belgilangan muddatlarda va qo‘yilgan shartlar asosida klubga tegishli bo‘lgan joylashtirish dam olish joylarida dam olishning bir turidir. Bo‘lingan vaqt tartibida klubli dam olish (taymsher) – davomiyligi bir haftadan kam bo‘lmagan muddatda har yilning ma’lum davrida klubda dam olish. Dam olish klub a’zosi – klub tomonidan aniqlanadigan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan, dam olish klubi a’zolik reyestiriga qayd qilingan huquqiy yoki jismoniy shaxs hisoblanadi. Sotuvchi – shaxsiy tadbirqorlar yoki huquqiy shaxslar, jumladan, tadbirqorlik faoliyati doirasida klubli dam olishga xuddi turagent sifatida huquqli sotishni amalga oshiruvchi dam olish klublaridir. Sotishning tashkilotchisi tadbirqorlik faoliyati doirasida uni sotishdan tashqari, qonunda ta’qiqlanmagan istalgan usulda klubda dam olish huquqini bozorga chiquvchi xususiy ) tadbirqor yoki huquqiy shaxs hisoblanadi; haridor – maqsadi foyda olish bilan bog‘liq bo‘lmagan klubda dam olish huquqini harid qiluvchi yoki harid qilish niyatida bo‘lgan huquqiy yoki jismoniy shaxsdir. Sotuvchi va haridor o‘rtasidagi munosabatlar mos ravishdagi shartnoma bilan tartibga solinadi. Klubda dam olish huquqini sotish maqsadlarida tuzilgan klub shartnomaga (bundan keyin – klubda dam olish shartnomasi) rus tilida rasmiylashtiriladi yoki haridorni talabiga ko‘ra u yashaydigan hudud respublikasidagi davlat tilida rasmiylashtiriladi. Agar dam olish klubini a’zosi klubda dam olish shartnomasi tuzilgandan keyin chet el davlati hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, unda ko‘rsatilgan shartnoma bilan birga sotuvchi dam olish klubi qayd qilingan hududda belgilangan tartibda davlatni rasman tiliga tarjima qilib, qonuniylashtirib (rasmiylashtirib) berishi kerak. Klubda dam olish shartnomasi uning a’zolariga qabul qilinadigan dam olish klubi tomonidan ko‘rsatiladigan joylashuv vositalari va xizmatlari bilan tanishtirilgandan keyingina tuzilishi zarur. Joylashuv vositalari bilan tanishish maqsadlarida tashrif buyurish harajatlari klubli dam olish shartnomasi kuchga kirgan kundan boshlab qoplanadi. Ko‘rsatilgan harajatlar miqdori sotuvchi va haridor o‘rtasida oldindan kelishiladi. Joylashish vositalari bilan haridorni oldindan tanishtirish faqatgina u yerga haridorni tashrifdan voz kechgan holatlarda ruxsat etiladi. Bu to‘g‘risida klubda dam olish shartnomasida mos ravishdagi yozuvlar qayd etiladi yoki klubda dam olish shartnomasi qonunga mos ravishda belgilangan qoidalar bo‘yicha kimoshdi savdolarini tashkil etish yo‘li bilan klubda dam olish huquqini ulgurji bozorini shakllantiruvchi maxsuslashtirilgan tashkilotlar orqali tuziladi. Klubda dam olish shartnomasini tuzishdan oldin sotuvchi oldindan haridorga taqdim etilgan ma’lumotlarni to‘ldirish huquqiga ega. Sotuvchi va sotish tashkilotchisi haridorga ham yozma shaklda ham og‘zaki shaklda taqdim etilgan ma’lumotlarni ishonchliligini qonunlarga mosligi (muvofiq kelishi) ustida javobgardirlar. Agar sotuvchi klubda dam olish shartnomasini tuzishda dam olish klubi bo‘lmasa, haridorga ko‘rsatilgan shartnoma tuzish huquqini sotuvchiga beruvchi hujjatlar nusxasini berishga majbur. Dam olish klubi va ko‘rsatilgan klub a’zosi o‘rtasidagi munosabatlar dam olish klubi a’zolarining huquq va majburiyatlarini belgilovchi klub a’zosi va dam olish klubi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatlarni haridorga berishi zarur. Bu to‘g‘rida klubda dam olish shartnomasida tegishli mos ravishda yozuvlar qayd etiladi. Turistik xizmatlar turist ehtiyojlarini qondirish va ta’minlashga qaratilgan, xizmat sohasidagi bir maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar to‘plami bo‘lib, ular turizm maqsadlariga, xarakteriga va turistik xizmatning qanday yo‘naltirilganligiga javob berishi kerak. Davlat standarti talablariga ko‘ra, turistik xizmatlar turistlarning ehtiyojlarini qondirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi turizm tashkilotlari faoliyatining mahsulidir. Umuman, turistik xizmatlar – bu ko‘zga ko‘rinmas tovarning o‘ziga xos turi. Xizmat bevosita iste’mol jarayonida yuzaga keladi va alohida holda bo‘lmaydi, bu xizmatning moddiy tovarga nisbatan asosiy farqidir. Bundan tashqari, tovar iste’molchiga olib kelib beriladi, turistik xizmatlarda esa iste’molchi bevosita xizmatning amalga oshiriladigan joyiga olib boriladi. Shuning uchun ham turistik xizmatlarni tayyorlash va sotish moddiy tovarlarni sotishga tegishli bo‘lgan qonunlar asosida emas, balki boshqa qonunlar majmuyi bilan boshqariladi. Turistik xizmatlar ikki turga bo‘linadi: asosiy va qo‘shimcha. Asosiy va qo‘shimcha turistik xizmatlarning bir-biridan farqli tomonlari quyidagilardan iborat: 1. Asosiy xizmatlar (transfert – tashish, joylashtirish, ovqatlantirish va ekskursiya) turpaketga kiritiladigan xizmatlardan iborat bo‘ladi. Qo‘shimcha turistik xizmatlar esa turpaket tarkibiga kiritilmaydi; 2. Asosiy turistik xizmatlar oldindan sotib olingan yo‘llanma asosida (sayohatni boshlashdan oldin), ya’ni to‘lov oldindan amalga oshirilgan bo‘ladi. Qo‘shimcha turistik xizmatlarda esa to‘lov jarayoni bevosita xizmatdan foydalanish paytida amalga oshiriladi. Yuqorida aytib o‘tilgan farqlardan kelib chiqqan holda, qo‘shimcha turistik xizmatlar deganda turpaketda nazarda tutilmagan, turist o‘zining qo‘shimcha to‘lovi asosida foydalanadigan xizmatlar tushuniladi. Butunjahon Turistik Tashkiloti qo‘shimcha turistik xizmatlarning 400 xil turini keltirib o‘tgan. Qo‘shimcha turistik xizmatlarning ahamiyati shundaki, unda turist yuzaga kelgan ehtiyojlarini tulaqonli qondiradi, ma’lum bir vazifalarni bajarishda o‘zini urintirmaydi (masalan, mehmonxonada yashayotganida kiyimini tozalash yoki dazmollash uchun mehmonxona xodimlariga murojaat qiladi). Qo‘shimcha turistik xizmatlardan turist 2 xil vaziyatda foydalanadi: turpaketning tanaffus qismida yoki turist bo‘sh qolgan vaqtda foydalanadigan xizmatlar (masalan, Registon maydonida namoyish etiladigan ovozli va nurli panorama tomoshasi). Rgiston maydoni. Samarqand. Turistik mahsulot tarkibi turizm maqsadlari va jarayonida turistning ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo‘lgan, eng kamida ikkita yoki ko‘plab turistik xizmatlar, ishlar, tovarlar va ta’minot vositalari, boshqa turistik zaxiralardan tashkil topgan turistik xizmatlar paketining tarkibiga kiruvchi majmuadan iborat (6- rasm). O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunining 3- moddasiga asosan: «Tur – muayyan yo‘nalish bo‘yicha turistik xizmatlar majmuyi (joy bandlash, joylashtirish, ovqatlantirish, transport, rekreatsiya, ekskursiya xizmatlari va boshqa xizmatlar) bilan ta’minlangan aniq muddatlardagi turistik sayohat», – deb belgilangan. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, turistik mahsulotning asosiyelementlari bo‘yicha turistik xarajatlar tarkibi quyidagi holatda bo‘ladi (6- rasm): 6- rasm. Turistik mahsulotning asosiy elementlari bo‘yicha turistik xarajatlar tarkibi Turistik xarajatlar tarkibida ko‘rsatilganidek, turist sayohat uchun sarf qiladigan umumiy xarajatlarining 50% ini asosiy xizmatlar turpaketning xarajatlari, 30% ini qo‘shimcha turistik xizmatlar, 20% ini tovar (sotib olish: suvenir va boshqalar) xarajatlari tashkil etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, asosiy xizmatlar turist xarajatlarining asosini tashkil etsa-da, qo‘shimcha xizmatlar uchun ham turist qolgan pulining aksariyat qismini sarflay olishi mumkin ekan. 2. 4. Jozibador turistik mahsulot yaratish va xizmat kursatish klasslari Turoperator faoliyatning asosiy vazifasi tegishli xizmat ko‘rsatish dasturi bilan mustahkamlangan tur yaratish hisoblanadi. Aynan shu turistik mahsulot turoperator tomonidan yaratilgan bo‘lib, bozorga chiqariladigan asosiy turistik mahsulot hisoblanadi. Sotishni tashkil etish usuli va turist talabnomasining turiga qarab turlar individual va guruhli bo‘lishi mumkin. Individual turlar. Turistlarga ko‘proq erkinlik va mustaqil harakatlanish imkonini beradi. Ammo bunday turlar guruhli turlarga nisbatan qimmatroq, chunki individual turlar tarkibiga kiruvchi ichki yo‘nalishdagi transport, gid (tarjimon) xizmatlari va ba’zi boshqa xizmatlar uchun to‘lov to‘lig‘icha turist zimmasiga tushadi. Guruhli turlarda esa to‘lov guruhdagi a’zolar o‘rtasida taqsimlanadi. Guruhli turizm. Nisbatan arzon, ko‘p sonli turistlar uchun hamyonbop, ammo guruhli turizmda guruhning barcha a’zolari o‘rnatilgan tartibga bo‘ysunishlari lozim bo‘ladi. Jozibador turistik mahsulot yaratish turoperatorlarning eng muhim va birinchi vazifasidir. Turistik tashkilotlar faoliyatining ushbu sohasi ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita bog‘liq. «Turistik mahsulot yaratishda turist nima sotib oladi?» degan savolga aniq javob berish lozim. Axir, turist mehmonxonaga joylashtirish uchun emas, yangi hissiyotlar va notanish narsalar bilan tanishish uchun, restorandagi bifshteks yoki go‘shtli qiyma uchun emas, balki e’tibor, qulaylik, xizmatlar uchun pul to‘laydi. Shuning uchun turistik mahsulot yaratish turistning iste’molchilik xususiyati va sifatlarini o‘rganishdan, turistlar uchun eng jozibali tomonlarni ochishdan boshlanadi. Aynan shu ko‘rsatkichlar turistik mahsulotni ishlab chiqish va sotishdagi eng muhim yo‘naltiruvchilar hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlangan tamoyillarning barchasi xizmat ko‘rsatish texnolgiyasiga kiritilishi lozim. Turni tashkillashtirish texnologiyasida turistlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimning o‘zaro ta’sir muhiti ham, turistlar tomonidan xizmatlar qabul qilinishining psixologik jihatlari ham birdek muhimdir. Bu shuni anglatadiki, turistning shaxsiy qiziqishlari, unga bo‘lgan samimiy munosabat doimo birinchi o‘ringa qo‘yilishi lozim. Xizmat ko‘rsatishni tashkil qilishda ozodlik tamoyilini inobatga olish juda muhimdir, ya’ni sayohat chog‘ida barcha ko‘ngilsiz narsalardan ozod bo‘lishi lozim. Masalan, turistlarni transportga biletlar buyurtma qilishdan, konsert va teatrlarga biletlar buyurtma qilishdan, har qanday turdagi xizmatlarni kutishidan butunlay xalos qilish lozim. Xizmat ko‘rsatishning optimalligi – mehmondo‘stlikka aloqador bo‘lgan iste’molchi xususiyatlaridan biri. Xizmat ko‘rsatishning optimallashuvi quyidagilarni nazarda tutadi: – barcha xizmat turlarining yagona klassga mos kelishi; – barcha xizmatlarning tur mazmuniga mos kelishi; – tur iste’molchilarining ma’lum maqsadli guruhiga yo‘naltirilganligi; – xizmat ko‘rsatish dasturini oldindan kelishish; – dasturlarning o‘zgaruvchanligi u yoki bu xizmatlarni almashtirish imkonining mavjudligi; – taqdim etiladigan xizmatlar soni bo‘yicha xizmatlarning maqsadga muvofiq tarkibi; – xizmat ko‘rsatishda majburiylik alomatlarining yo‘qligi. Ushbu tamoyillarning barchasini turistik mahsulotni tayyorlash bosqichidayoq inobatga olish muhim. Bunda noto‘g‘ri tayyorlangan mahsulotga nafaqat talab mavjud bo‘lmasligi, balki bunday mahsulot tashkilotdan bo‘lajak potensial mijozlarning ixlosini ham qaytarishi mumkinligini unutmaslik lozim. Bugungi kunda turist bozorda hukm surayotgan raqobat sharoitida yuqoridagilar kuchli omillar bo‘lib hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatish klasslari taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini belgilash uchun ishlatiladi. Turistik mahsulot turli-tuman xizmatlar yig‘indisidan iborat bo‘lganligi uchun ularni turistga sotishda darajasini belgilash bilan bog‘liq muammolar kelib chiqadi. Turlar va xizmatlarning darajasini belgilash bo‘yicha bizning mamlakatimiz bozorlarida ham, xalqaro bozorda ham me’yoriy standartlar mavjud emas. Shuning uchun turoperator va turagentlar turni siljitish va sotishda shartli ravishda tur bo‘yicha xizmatlarni luks, birinchi klass, turist klass, ekonom (iqtisod) klass kabi turlarga bo‘linadi. Luks klass. Ushbu klass bo‘yicha turlarni tashkil qilishda, odatda, eng yuqori darajali xizmatlar jalb qilinadi: 5 yulduzli hashamatli mehmonxonalar, birinchi klass va biznes aviatsiya samolyotlarida uchish, hashamatli restoranlarda ovqatlanish, alohida transport, luks klass mashinalari, alohida gid xizmatlari va hokazo. Bunday turlar VIP-xizmat ko‘rsatish turkumi (razryadi) bo‘yicha taqdim etiladi. Birinchi klass. Bu ham nisbatan yuqori darajali xizmat ko‘rsatish bo‘lib, 4–5 yulduzli mehmonxonalarga joylashtirishi, biznes klass darajadagi samolyotlarda uchishni, obro‘yli restoranlarda ovqatlanishni, individual transfertni, gid xizmatlarini nazarda tutadi. Turistik klass. 2–3 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirishni, doimo aviareyslarning iqtisod klasslarida uchishni, shved stoli bo‘yicha ovqatlanishni, guruhli transfertni nazarda tutuvchi eng ommalashgan xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadi. Iqtisod klassi. Eng arzon xizmat ko‘rsatish turidir. Odatda iqtisod klassidan talabalar va kam ta’minlanganlar foydalanadi. Ushbu klass dasturlari yuqori darajada bo‘lmagan xizmatlarni kam miqdorda taqdim etishni ko‘zda tutadi: 1–2 yulduzli mehmonxonada joylashtirish, yotoqxona va xostellarga joylashtirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tamoyili bo‘yicha faoliyat yurituvchi kichik mehmonxonalarga joylashtirish, charter aviareyslarida uchish, kutib olish va kuzatish jamoat transportida amalga oshirilishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, hammasi tejamli va arzon bo‘ladi. Ammo shuni unutmaslik lozimki, ushbu belgilashlarning barchasi shartlidir va ko‘pincha ular milliy variantlar va farqlarga ega. Nima bo‘lganda ham, turni sotib olishda har bir xizmat darajasini va uning tarkibini aniqlashtirish lozim. Buyurtmali tur. Buyurtmali turlarni sotishda dasturni shakllantirish va xizmatlar tarkibini yaxlitlash turist xohishiga binoan, uning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. Turistga taklif etilayotgan dam olish maskanida turli xil tur xizmatlarning har biri bo‘yicha turli xizmat ko‘rsatish variantlari taklif etiladi: – joylashtirish – joylashgan joyi va turi, darajasi bo‘yicha turli xil mehmonxonalar; – ovqatlanish – turli variantlar (to‘liq yoki to‘liq yarim pansion, yoki umuman ovqatlanishsiz), shved stoli yoki «alya kort» va hokazo; – ekskursiyalar, xarid-ko‘ngilochar xizmatlar; – transport xizmatlari – aviauchish variantlari, temiryo‘l tashuvlar, avtomobil ijarasi va hokazo variantlar; – sport va davolanish kurort xizmatlari; – viza xizmatlari, shuningdek, sug‘urta xizmatlari. Yuqorida aytilganidek, bunday turlarni tuzishda turistning o‘zi bevosita ishtirok etadi. Turist tomonidan talangan xizmatlar tur dasturda shakllantirladi. Narx hisoblanadi, uni turist turpaketga ega bo‘lgach to‘laydi. Odatda, bunday buyurtmalar agentliklarda shakllantiriladi, so‘ng joriy qilish uchun turoperatorga yo‘naltiriladi. Buyurtmali turlarda turoperator doimiy ravishda mehmonxonalardagi tasdiqlanmagan o‘rinlarga kvotalarni ushlab turishi lozim. Inkluziv tur(IT). Bu oldindan rejalashtirilgan va dam olishning yoki turizmning ma’lum turi hamda turistlarning ma’lum ijtimoiy guruhiga va uning yoniga yo‘naltirilgan qat’iy xizmatlar to‘plamidir. Eng ko‘p tarqqalgan inkluziv turlar deb yo‘nalishli turlarni aytish mumkin. Ya’ni bunda turistlar guruhi avtobusda bir nechta shaharlar va mamlakatlar bo‘ylab sayohat qiladi. Ushbu turning o‘ziga xos xususiyatlari (sayohat grafigi va muddatlari bilan qat’iy bog‘langan, barcha uchun yagona dastur) uning buyurtmali bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kruiz turlar, hobbi turlar ham inkluziv turlardir. Inkluziv turlarni sotishda xizmatlar tarkibi o‘zgarmaydi. Turist bunday turni to‘lig‘icha sotib olishi yoki undan butunlay voz kechishi mumkin. Inkluziv turlar barqaror talabga ega taniqli turizm va dam olish maskanlaridagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi va taklif etiladi. Inkluziv turlar narxining katta qismini joylashtirish, ovqatlanish to‘lovlari tashkil etadi. Xalqaro aviatransportlar assotsiatsiyasi talabiga binoan, inkluziv turlar o‘z ichiga 3 tadan kam bo‘lmagan xizmatlarni oladi: aviauchish, joylashtirish, butun yo‘nalish bo‘ylab sayohat va yuqoridagi 2 tasi bilan bog‘liq bo‘lmagan biror xizmat (ekskursiya, avtomobil ijarasi va hokazo). Bunday turlarga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga qaramasdan, ularni rivojlantirishning ma’lum afzalliklari mavjud: – umuman olganda, kompleks sayohat alohida sotib olinadigan xizmatlar to‘plamidan arzondir; – narxlari oldindan ma’lum bo‘lganligi uchun turagentlarning turistlarga qanday yo‘nalishni tanlash borasida maslahat berishlari oson kechadi. Bunda dasturlar ham oldindan belgilangan bo‘ladi; – o‘z mahsulotining jozibadorligini ko‘rsatish uchun ko‘proq imkoniyat bo‘ladi. Inkluziv turlarning kamchiliklari quyidagilardan iborat: – bunday turda mijozni qiziqtirmagan xizmatlarning mavjud bo‘lishi ehtimoli bor; – dasturning haddan tashqari to‘yinganligi; Bunday tur reklamasi iste’molchilarning faqatgina bir qisminigina jalb qilishi mumkin.


Download 67,03 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 67,03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Turizmning shakllanish tarixi. Sayohatchi va turist haqidagi tushunchalar. Sayohatchi va turistni ajratib turuvchi asosiy farqlar. Qadimgi sayohatlar va ziyoratchilik. Ilk sayohatchilar tarixi. Tomas-Kuk zamonaviy turizmning

Download 67,03 Kb.