Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1), Jan., 2023
793
REKLAMANING IJTIMOIY AHAMIYATI
Ergasheva Bahridil G‘olibjonovna
O’zbekiston Milliy Universtiteti Tarix fakulteti Etnografiya,
etnologiya va antropologiya kafedrasi II-kurs magistranti
ANNOTATSIYA
Reklamaning mazmuni, tarixi, turli tarixiy davrlar va jamiyatlarda reklamaning
tutgan o‘rni, globallashuv jarayonlarda reklamaning tarixiy o‘rni, etnografik
materiallar asosida, ijtimoiy so’rovnoma, kuzatuv, intervyu metodlari asosida tahlil
qilingan.
Key words: Reklama, ishlab chiqaruvchi, iste’molchi, jamiyat, madaniyat,
ma’naviyat, televideniya, gazeta, jurnal, ehtiyojlar piramidasi
ABSTRACT
The content, history of advertising, the role of advertising in different historical
periods and societies, the historical role of advertising in the processes of
globalization were analyzed based on ethnographic materials, social survey,
observation, and interview methods.
Key words: Advertising, producer, consumer, society, culture, spirituality,
television, newspaper, magazine, pyramid of needs.
KIRISH
XXI
asrda
iqtisodiy
to’lqinlar
avjida
harakatlanayotgan
ishlab
chiqaruvchilarning dunyo bozorida o’z o’rni va so’ziga ega bo’lishida reklamaning
axamiyati, shakl va vazifasi kundan kunga ortib bormoqda. Zamonaviy dunyo
qiyofasini
tashkil etayotgan, televideniya, radio, gazeta, jurnal, ijtimoiy tarmoq,
ko’cha, binolarning asosiy daromad manbai, xattoki “pardozi” bo’lgan reklamalarga
munosabat, bugungi kunda qanday ekanligi ko’pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Amalga
oshirayotgan iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‘zgarishlarning
samarasi, birinchi
navbatda, aholining moddiy ahvoli va farovonligini, uning hayot darajasi va sifatini
oshirishga qay darajada ta’sir ko‘rsatayotgani bilan o‘lchanadi
1
. Bozor ta’moyillariga
asoslangan kuchli
iqtisodiyotni barpo etishda, ishlab chiqaruvchi va istemolchining
munosabatlar darajasini belgilovchi, tovar yoki xizmatning turi, tarkibi,
sifati kabi
ma’lumotlarni istemolchiga etkazuvchi omillarning eng muximi albatta reklama
hisoblanadi.
Inson dunyoga kelibdiki, shaxsiy extiyojlarini qondirish uchun ta’lim oladi,
mehnat qiladi, izlanadi. Amerikalik taniqli psixolog Abrahaam Maslouning ehtiyojlar
1
Шавкат Мирзиёев “Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз” Тошкент
2016.