|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq reklamaning-ijtimoiy-ahamiyatiOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1), Jan., 2023
795
shakllari qadimgi davlatlarda ham bo’lgan bo’lib, xozirda Buyuk Britaniya muzeyida
saqlanib kelinayotgan, Misrda papirusga bitilgan qulni sotish xaqidagi reklamani
misol qilib keltirish mumkin.Bitikda sotilayotgan qul xaqida “Uning ikki qulog’i
yaxshi eshitadi, ikkala ko’zi ko’radi, uning taomga qanoatliligi, xalolligi,
itoatkorligini kafolatlayman” degan mazmundagi yozuvlar mavjud
5
.
Bundan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, quldorlik tuzimida qullarning
salomatligiga aloxida etibor berilganligi ,xo’jayinining va oila a’zolarining sog’ligi
xavf ostida qolmasligi, buyurilgan ishni aniq tushuna olishi, boriga qanoat qilishi
o’sha davr talabi bo’lgan. Bundan tashqari qadimgi Yunoniston va Rimda reklama
yozuvlari, yog’och taxtachalar, mis parchalari, suyakka o’yib yozilib, maydon va
odamlar to’planadigan joyda baland ovozda o’qib berilgan. Bunda jarchilarning
xizmati beqiyos bo’lgan. Bundan ko’zlangan maqsad, albatta xabarni ko’pchilik
eshitishi va ommaga etkazishi edi. Miloddan avvalgi 73 yilda Vezuviy vulqonidan
otilgan suyuqlikka botib qolganligi sababli o’zining asl qiyofasini saqlab qolgan
qadimgi Pampey shahri 1500 dan ortiq reklama murojatlarini saqlab qolgan
6
. Ularda
jamiyat xayotini aks ettiruvchi ijtimoiy iqtisodiy masalalar va turli tomosha,
xizmatlar xaqidagi xabarlar aks etishi, kishilarning yangi ma’lumotlarga chanqoq
ekanligi, madaniyat va san’at taraqqiy etganidan dalolatdir. Fransiyada esa reklama
qilinayotgan taom, meva yoki buyumlar aloxida so’zlar, oxanglar ishlatilgan xolda,
ya’ni o’ziga xos ohang va musiqa obrazida yaratilgan. Bu esa xalqning musiqa, so’z
sexri iltifot-u nazokatga chorlagan.
Nemis ixtirochisi Iogann Guttenberg 1445 yilda bosma apparatni kashf etishi
kitoblarni nusxalash imkonini berdi
7
va axborot manbai bo’lgan gazeta, jurnallarning
dunyoga kelish jarayonini tezlashtirdi.
1704 yilda Amerikada chop etila boshlagan dastlabki “Boston News Letter”
gazetasi
8
, reklama e’lonlarni va siyosiy voqealarni bayon etishga ixtisoslashgan
nashr edi. U bevosita Benjamin Franklin nomi bilan bog’liq bo’lib, uning adadi
ko’pligi odamlarning siyosiy qiziqishlari yuqori ekanidan dalolat beradi. Aynan bu
nashrning ilk sonida mamlakatdagi siyosiy vaziyat talqin etilgan bo’lib Angliya
qirolichasi, parlament, cherkov o’rtasidagi munozara halqqa etkazib borilib, siyosiy
ongi o’sishiga sabab bo’lgan.
5
Эргашходжаев.Ш.Ж, Самадов А.Н, Алимходжаев Н.Э, Шарипов И.Б. “ Маркетинг коммуникацияси” 211
сахифа Тошкент 2019
6
Эргашходжаев.Ш.Ж, Самадов А.Н, Алимходжаев Н.Э, Шарипов И.Б. “ Маркетинг коммуникацияси” 211
сахифа Тошкент 2019
7
Ф. Мўминов, А.Нурматов Жаҳон журналистикаси тарихи Тошкент 2008. 131 бет.
8
https://www.varsitytutors.com
|
| |