|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq reklamaning-ijtimoiy-ahamiyatiOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1), Jan., 2023
797
munosabat bildirib (49%), taklif etilayotgan maxsulotlar haqida umumiy
ma’lumotlarni reklama va e’lonlar orqali oladi va bu ularning kundalik turmushida
qulaylik yaratishini (60%) ta’kidlab o’tgan. Shuningdek, e’lonlardan, maxsulot sotib
olishda 47.5%, xizmatlardan esa 27.5% qismi foydalanib, 29% esa bunga nisbatan
befarq ekanini bildirgan. Xususan reklama qilingan maxsulotlar xaridida uy-ro’zg’or
buyumlari (39.5%), kiyim-kechaklar (28.5%) yetakchilik qilmoqda. Ta’kidlash joizki,
zamon talabi xisoblangan til bilish ko’nikmalarini shakllantiruvchi til o’rgatuvchi
o’quv markazlari va kurslari haqida ham aholi asosan ma’lumotni e’lonlar orqali olib,
52% unga ishonch bildirgan bo’lsa, 30.5% qismi esa buning aksi deb hisoblaydi.
Amerikada o’tkazilgan tadqiqotlar va chuqur taxlillar natijasida reklama
sanoatini boshqarayotgan uchta asosiy soxa aniqlangan. Bular oziq-ovqat, tamaki va
spirtli ichimliklar, dori vositalari hisoblanadi. Birgina dori-darmon reklamasini olsak,
unda shifokor maslaxatiga ko’ra dori qabul qiluvchilarning asosiy qismini yoshi
kattalar ya’ni keksalar tashkil etgan. Reklama e’lonlari orqali dori vositalarini qabul
qiluvchilarni asosiy qismini esa ayollar tashkil etib, asosan ular retsepsiz dori
vositalaridan foydalanishadi
15
.
Bizning jamiyatimizda ham tez-tez uchrab turadigan dori vositalari
reklamasining ta’sir doirasini aniqlash maqsadida o’tkazilgan so’rovnomada ijobiy
munosabatni ishtirokchilarning 62% qismi tasdiqlagan.
16
O’tkazilgan suxbat
natijasida axolining asosiy qismi o’zini o’zi davolash maqsadida retsepsiz beriladigan
dori vositalaridan keng foydalanishini ma’lum qilgan. Demak maqsadli auditoriya
uchun tayyorlangan reklama e’lonlari o’z natijasini bermoqda. Bu esa o’z navbatida
axoli salomatligini saqlash uchun, dori-darmonlarning reklamasida xushyorlikni
oshirish kerakligini bildiradi. Zero no’to’g’ri tashviqot tufayli odamlar salomatligiga
ziyon yetmasligi darkor.
Noto’g’ri reklama-reklamadan foydalanuvchilarni chalg’ituvchi yoki chalg’itishi
mumkin bo’lgan, iste’molchilar, tadbirkorlar, davlat, jamoat va boshqa shaxslarning
manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo’lgan, ishonchsiz, insofsiz, g’ayriaxloqiy va
boshqacha tarzda reklama to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzishga qaratilgan
reklamalar
17
ham mavjudki, ular iste’molchining bevosita maxsulot va uning ta’rifiga
bo’lgan ishonchini tushishiga sabab bo’ladi. Huddi shu o’rinda o’tkazilgan
so’rovnoma natijasiga ko’ra reklama ishonchlimi degan savolga ishtirokchilarning
66% qismi salbiy javob bergan. Bundan ko’rinib turibdiki, bugungi kunda
15
Pechmann.C Catlin. J. R. (2016). The effects of advertising and other marketing communications on health-related
consumer behaviors. Current Opinion in Psychology, 10, 44–49. https://doi.org/10.1016/j.copsyc.2015.12.0081
16
Dala tadqiqotlari. Andijon shahri. 7.01.2022
17
Xodjayev Baxtillo Kamolovich. “Reklama xizmat ko`rsatishga oid shartnomalarni fuqarolik huquqiy tartibga solish
muammolari. 12.00.03 PhD 2009 b 16
|
| |