|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq reklamaning-ijtimoiy-ahamiyatiOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1), Jan., 2023
794
piramidasining poydevorini tashkil etgan insonning "asosiy ehtiyojlari yoki fiziologik
ehtiyojlari" bo’lgan oziq-ovqat, suv, uyqu va boshqalar, kundalik turmushimizda
qondirilishi zaruriy xolat bo’lib, A.Maslou nazariyasiga ko’ra, inson ierarxiyadagi
ehtiyojlarni qondirgan holda ierarxiya darajasiga ko’tarilsa, oxir-oqibat o’zini o’zi
anglashi mumkin. U asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun ba’zi shartlar bajarilishi
kerakligini yozgan. Masalan, so’z erkinligi, o’z fikrini bildirish erkinligi va yangi
ma’lumot izlash erkinligi bir nechta shartlardir. Ushbu erkinliklarning har qanday
amalga oshirilmagan qismi asosiy ehtiyojlarni qondirishga to’sqinlik qilishi mumkin
2
.
Demak inson extiyojlarini qondirish orqali o’zini o’zi anglab yetib, komillikka tomon
intilishi, bu yo’lda esa barcha zaruriy narsalarga ega bo’lishga xarakat qiladi. Bunda
esa albatta ma’lumotlar olami bo’lgan reklama va e’lonlarning xizmati beqiyos.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Shu o’rinda avvalo reklamaning tarixi va uning rivojlanish bosiqichlariga
to’xtalib o’tsak. Reklama (lotincha reclamo-qichqirmaoq) tovarning sifati, ularning
sotib olishdan ko’riladigan naf haqidagi axborot; bevosita va bilvosita foyda
(daromad) olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki maxsulot to’g’risida
tarqatiladigan axborot reklama marketingning tarkibiy qismi hisoblanib, talab va
iste’molchilarning didini shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Reklama korxona imidjini yaratish (uzoq davrli ta’sir ko’rsatish) haridorlarga
nima sotib olishni va uni nima uchun sotib olish zarurligini xal qilishda
yordamlashishda shuningdek boshqa maqsadlarda olib boriladi. Reklamaning asosiy
vazifasi xaridorni qiziqtirish, mijoz, xaridorlarni yo’qotmaslik va ularning
kengaytirishga qaratilgan
3
Reklama turlari, ularning umumiy tavsifi va qo’llanilish usullariga ko’ra
quyidagi turlarga bo’linadi; ko’rgazmali reklama, matbuotdagi reklama, bosma
reklamalar, plakat-grafika reklamalar, kino reklamalar, radio reklamalar, yoritish
reklamalari. Mazmuniga qarab esa maqsadli va hissiy turlarga bo’linadi. Maqsadli
reklamada iste’molchi ushbu maxsulotni sotib olishdan oladigan o’ziga xos foydani
tavsiflasa, hissiy reklama esa odamlarning his-tuyg’ulariga ta’sir qilib maxsulot
haqida ijobiy fikrlarni uyg’otish uchun mo’ljallangan
4
. Yuqoridagi ta’riflardan kelib
chiqib, uning insonlar ichki olamiga, jamiyatning axloqiy normalariga ta’sir etuvchi
kuch sifatida ko’rish mumkin.
Reklama to’g’risidagi ushbu zamonaviy ta’rif qadimda ham axamiyatli bo’lgan.
Aslida bu so’z 1850 yillardan nutqimizga kirib kelgan. Lekin reklamaning ilk
2
Maslow, A. H. A theory of human motivation.
Psychological Review, 50
, (1943) 4-july 370–396
3
Ўзбекистон Миллий энциклопедияси 1 жилд. Тошкент 2007
4
Т.Л.Чернышева “Реклама социально-культурном сервисе и туризме” стр. 10 Новосибирск 2017
|
| |