|
I BOB. ELEKTRON XIZMATLARNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI
|
bet | 3/9 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 251,13 Kb. | | #261144 |
Bog'liq BehzodI BOB. ELEKTRON XIZMATLARNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI
O‘zbekistonda elektron xizmatlarni tashkil etishning moxiyati hamda uning xuquqiy asoslari
O‘zbekiston hukumati tomonidan iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish jarayoni izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, strategik rejalashtirish orqali korxonalarni rivojlantirish ustuvor yo‘nalish qilib belgilangan.
“Iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategik asoslangan darajada qisqartirish, strategik boshqaruvni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doir kompleks masalalarni hal etish – hukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi. Ishni to‘g‘ri tashkil etish, uning samaradorligini ta’minlash, butun boshqaruv tizimi faoliyatini sifat jihatidan zamon talablari darajasiga ko‘tarishni bugun hayotning o‘zi talab etmoqda.”2
Elektron tijorat termini juda keng tushuncha bo‘lib, unga ko‘pgina ta’riflar berilgan. Keltirilgan ta’riflarni aksariyatida internet orqali amalga oshirilgan har qanday savdoga yoki tranzaksiyaga elektron tijorat deb aytiladi. Lekin bu ta’rif elektron tijorat tushunchasini to‘laligicha yorita olmaydi.
Elektron tijorat va uning mohiyati ko‘pgina iqtisodchi olimlar tomonidan o‘rganib chiqilgan bo‘lib, ulardan A.V Yurasov, J.S.Vestland, T.K.Klark, D.Koz’yelar elektron tijorat va uning mohiyatini, M.Ramzayev, P.Chujanov, V.Tarasovlar elektron tijoratning rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotidagi o‘rni, V.V Senkevin, N.I. Geraщyenko va boshqalar elektron tijoratni boshqarishda davlatning roli bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borganlar.
Shuningdek, O‘zbeksitonda istiqbollari bo‘yicha elektron tijoratni rivojlantirish masalalarini A.N.Aripov, X.A.Muxitdinov, M.M.Maxmudov, T.K.Iminov, N.Yusupova, B.Ergashev, S.Avganbayev, R.I. Isayev, A.R. Valiyev va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlarida ko‘rib chiqganlar.
Bozor munosabatlariga o‘tish hozirgi kunda ko‘pchilik davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot dasturining asosiy mazmunini tashkil etadi. Bozor munosabatlariga o‘tish insonning ijodiy va mehnat salohiyatini namoyon qilishga, boqimandalikni bartaraf etishga, yo‘qolib ketgan egalik tuyg‘usini qayta tiklashga imkon beradi. Jahon bozorlarida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi sharoitda iqtisodiyotning raqobatdoshligini tubdan oshirish, mahsulot chiqaradigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, faoliyatidagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Elektron tijoratni rivojlanishi bu faoliyatni qonuniy boshqarishda bir qator yechilmagan masalalarni vujudga keltiradi.
“Elektron tijorat” to‘g‘risida qonunning 3-moddasida quyidagicha ta’riflangan: Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir.
Elektron tijorat tushunchasi faqatgina biz biladigan elektron vositalar orqali savdo-sotiq faoliyatini bildirmaydi. Bu tushunchaga yana tovar va xizmatlarga talabni yaratish, savdo amalga oshirilgandan so‘ng mijozlarga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish, hamkorlar orasida o‘zaro harakatlarni yengillashtirishlar ham kiradi. Elektron tijoratda davlat, xom-ashyo yetkazib beruvchilar, sotuvchilar, iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar ishtirok etishi mumkin. Elektron tijorat korporativ, internet, va tijorat tarmoqlari ichida amalga oshiriladi. Internet elektron tijoratning butun dunyoda tarqalishi uchun qulay zamin yaratgan bo‘lsada, elektron tijorat rivojlanishining axborot texnologiyalari nuqtai nazaridan bu vosita optimallik o‘rnini egallab olmaydi. Biroq aynan internet elektron tijorat rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi va nafaqat katta korporasiyalar, balki kichik va o‘rta tadbirkorlarga va alohida shaxslarga xam ushbu tijoratning bevosita ishtirokchisiga aylanish imkonini berdi.
Elektron tijoratni qonuniy asosini ishlab chiqishda quyidagi masalalar asosiy hisoblanadi:
sotuvchi va xaridolar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni olib-borish tartibi masalalari;
elektron tijorat qatnashchilarning soliqga tortish masalalari;
ma’lumotlarni kriptografik himoya qilish masalalari;
elektron-imzoning amalda qo‘llash masalalari.
Yuqoridagi masalalarni tartibga solish maqsadida, O‘zbeksiton Respublikasida elektron tijoratning qonuniy asoslari ishlab chiqildi.
O‘zbekistonning elektron iqtisodiy faoliyat sohasini tartibga soluvchi qonunchilik bazasida avvalam bor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va umuman AKT xamda elektron tijoratga tegishli bo‘lgan qonunlar guruhidagi me’yoriy hujjatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi axborot huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining, ular shaxs erkinligi va iqtisodiy faoliyat erkinligiga asoslangan asosiy huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
Elektron to‘lovlar tizimi orqali bir kunda bir necha milliard so‘m miqdorida 35-40 mingga yaqin to‘lov hujjatlari o‘tmoqda. 2022 yil 29 sentabrda yangi tahrirdagi “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning qabul qilinishi mazkur sohaning milliy iqtisodiyotda munosib o‘rin egallashiga sabab bo‘ldi. Natijada mamlakatimizda axborot kommunikasiya texnologiyalari yuqori darajada raqamlashtirildi, Internetga ulanish tezligi mutassil ravishda o‘sib bordi va ulardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratildi. Zero, xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, elektron tijoratning rivojlanishiga Internetdan foydalanuvchilar soni aholining 20-25 foizini tashkil etganda erishish mumkin. “Elektron tijoratni amalga oshirishda to‘lovlarni o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarorining qabul qilinishi bank mijozlariga masofadan turib xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishni xam ko‘zda tutadi. Ayniqsa, mamlakatimizda uyali aloqa abonentlarining soni muttasil oshishi bunga asos bo‘lib xizmat qiladi, chunki telefon kelajakda nafaqat aloqa, balki to‘lov vositasi vazifasini ham bajaradi.
«Elektron tijorat to‘g‘risida»qonun 2022 yil 29 sentabrda yangi tahrirda qabul qilindi. Elektron tijorat to‘g‘risdagi qonun bevosita elektron tijoratga bog‘liq masalarni qonuniy asosi hisoblanadi. Ushbu Qonunning maqsadi elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Bu qonunning 12-moddasida shunday deyilgan: “Elektron hujjatlardan bitim tuzilganligining dalili sifatida foydalanish mumkin”. Bu modda elektron hujjatlar shartnoma tuzilganining qonuniy asosi hisoblanishini belgilab bergan.
Parlament tomonidan 2020 yil 3 fevraldada “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilingan. Ushbu Qonunning maqsadi elektron to‘lovlar sohasida munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunning 16 moddasida “Elektron to‘lovlar pulli to‘lovlarga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi.” Bu qonun elektron to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lovlarni amalga oshirish uchun qonuniy asos hisoblanadi.
Ushbu sohadagi yana bir muhim me’yoriy hujjatlar qatoriga «Elektron shakldagi kontraktlar va elektron tijoratda qo‘llaniladigan boshqa namunaviy hujjatlar shakllarini tayyorlash tartibi»kiradi.Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi «Elektron tijorat to‘g‘risida», «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonunlarini amalga oshirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi 21-son «Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorning 1 bandiga muvofiq ishlab chiqilgan. Ushbu hujjat elektron tijorat sohasida harakatlarni rasmiylashtirish va amalga oshirishning huquqiy tartibini ta’minlash, elektron shakldagi kontraktlarga bo‘lgan talablarni belgilash hamda elektron raqamli imzoni qo‘llagan holda elektron hujjatning haqiqiy ekanligini tasdiqlash bo‘yicha huquqiy shartlarni o‘rnatishga qaratilgan.Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, elektron iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan jismoniy va yuridik shaxslarni soliqqa tortish muammolari yechilyapti.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni joriy etish va rivojlantirishga qaratilgan qator hukumat qarorlari qabul qilindi. Jumladan, bular O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi 3724-son « elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida »gi qaroridir.
Ushbu sohadagi yana bir muhim me’yoriy hujjatlar qatoriga «Elektron shakldagi kontraktlar va elektron tijoratda qo‘llaniladigan boshqa namunaviy hujjatlar shakllarini tayyorlash tartibi» kiradi.
|
| |