BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VILOYATLARIDA ELEKTRON XIZMATLARNI HOZIRGI HOLATI VA TAHLILI




Download 251,13 Kb.
bet6/9
Sana07.06.2024
Hajmi251,13 Kb.
#261144
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Behzod

2. BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VILOYATLARIDA ELEKTRON XIZMATLARNI HOZIRGI HOLATI VA TAHLILI

2.1 O’zbekiston Respublikasi Navoiy viloyatida elektron xizmatlarni tashkil etilganlik holati


So‘nggi yillar davomida mamlakatimizda elektron tijorat, elektron banking va elektron savdo roli ortib borayapti. Bunga asosiy turtki bo‘layotgan yo‘nalishlardan biri bu milliy iqtisodiyotimizni axborotlashtirishni tartibga soluvchi qonun hujjatlarning takomillashib borayotganligidir. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham elektron tijoratga quyidagicha ta’rif berilgan “Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir”5.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, erkin raqobat va aholining turmush farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona va tashkilotlarda faoliyatni tashkil etish, avvalambor, elektron xizmatlar sohasidagi izlanishlarning mohiyatiga, mazmuniga va yo‘nalishiga asoslanadi. Ishlab chiqarish korxonalarida elektron xizmatlar faoliyatini tashkil etish, uni boshqarish va nazorat qilish muhim ahamiyatga ega bo‘lishi zamonaviy menejment nazariyasining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Shularga muvofiq, korxonalarda elektron xizmatlarini shakllantirish juda muhim bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda amaliyotda elektron xizmatlarini qo‘llash va uning amaliyotlaridan maqsadli foydalanish, korxonalar faoliyatida elektron xizmatlarini rejalashtirish va boshqarish muammolariga ishlab chiqarish korxonalarida katta ahamiyat berilmoqda. Internet xizmatlari tizimi internet tarmog‘i xizmatlarini o‘z ichida qamrab olib, ikki qismda ko‘rib chiqilgan.6 Birinchi qismida internet tarmog‘i abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim etiluvchi funksional imkoniyatlar majmui: veb hujjatlarni o‘qish, elektron pochta, fayllarni uzatish va qabul qilish, muloqotda bo‘lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash kirsa, ikkinchi qismda aynan foydalanuvchilar uchun xizmatlar ko‘rib chiqiladi. Ularga tarmoqdan foydalanish, internet resurslarini yaratish, tashkiliy va axborot ta’minoti, tarmoqda reklamani joylashtirish va h.k.lar kiradi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, erkin raqobat va aholining turmush farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona va tashkilotlarda faoliyatini tashkil etish, avvalambor, elektron xizmatlar sohasidagi izlanishlarning mohiyatiga, mazmuniga va yo‘nalishiga asoslanadi. Ishlab chiqarish korxonalarida elektron xizmatlar faoliyatini tashkil etish, uni boshqarish va nazorat qilish muhim ahamiyatga ega bo‘lishi zamonaviy menejment nazariyasining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shularga muvofiq, korxonalarda elektron xizmatlarini shakllantirish juda muhim bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda amaliyotda elektron xizmatlarini qo‘llash va uning amaliyotlaridan maqsadli foydalanish, korxonalar faoliyatida elektron xizmatlarini rejalashtirish va boshqarish muammolariga ishlab chiqarish korxonalarida katta ahamiyat berilmoqda.
Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 2020-2021-yillardagi rivojlanish yakunlari va 2020-2021-yillarda iqtisodiy o‘sish prognozlari bo‘yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy oldi. 2017-yilda iqtisodiyotimizni yuqori sur’atlar bilan barqaror rivojlantirishga erishganimiz aholi daromadlarini yanada ko‘paytirish, odamlarimizning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun mustahkam asos yaratdi. 2021-yilda 50 ming 800 ta tadbirkorlik subekti internet tarmog‘i orqali yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatga olingan. Ular 422 turdagi interaktiv xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega. 2020-2021-yillarda tadbirkorlar va fuqarolarga 150 mingdan ortiq xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 450 mingdan oshdi. Bugungi kunda soliq va statistika hisobotlari 100 foiz elektron shaklda internet tarmog‘i orqali taqdim etilmoqda.
Shuningdek, bu boradagi o‘sish 1,7 barobarga teng, har 100 ta oilaga 234 ta mobil telefon to‘g‘ri kelmoqda yoki bu sohadagi o‘sish 1,6 barobarni tashkil etmoqda. Mazkur komponentlarning o‘zaro uzviy bog‘liqligi elektron tijorat samaradorligini belgilaydi. Elektron tijoratda to‘lovlarni qabul qilish, samarali yetkazib berish, kafolat, xariddan keyingi ta’mirlash va qo‘llab -quvvatlash masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ishxonalarda komyuterlarning ishlatilishi tashkilotlar faoliyatini yengillashtirgan bo‘lsa, internetning paydo bo‘lishi elektron tijorat sohasining kuchayishiga olib keldi. Dastlab katta korporasiyalar internetni tijorat maqsadida ishlatgan bo‘lsa, keyinchalik kichik tashkilotlar ham unga ehtiyoj seza boshladi.
Umuman olganda bugungi kunda internet tarmog‘i orqali tashkilotlar bir necha ko‘rinishdagi elektron biznesni amalga oshirishlari mumkin. Bunday elektron biznesning asosiy modellari quyidagilarni keltirish mumkin:

  • elektron auksion;

  • elektron birja;

  • elektron reklama;

  • elektron tijorat;

  • elektron marketing;

  • elektron ta’lim.

Mamlakatimizning 2021-yilga belgilab olingan marra va maqsadlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini aniqlab olishda jahon miqyosidagi hali-beri davom etayotgan global inqiroz bilan bog‘liq yuzaga kelayotgan jiddiy muammolarni hisobga olmasligimiz mumkin emas, albatta. Ana shu muammolar tufayli bugungi kunda dunyo bozorlarida talabning keskin kamayib, noaniqlik saqlanib qolayotgani, shafqatsiz raqobatning tobora kuchayib borayotgani, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi jahondagi ko‘pchilik davlatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz.
Elektron tijorat an’anaviy iqtisodiy faoliyatga nisbatan bir qator ustunliklar ega. Bu farqni bir qancha parametrlarni taqqoslash orqali sezish mumkin. An’anaviy usulda iqtisodiy faoliyat olib borish on-laynrejimda iqtisodiy faoliyat olib borishdan ko‘ra ancha qimmatligi sezilishi quyidagi 2.2 – jadval ko‘rinadi..

Download 251,13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 251,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VILOYATLARIDA ELEKTRON XIZMATLARNI HOZIRGI HOLATI VA TAHLILI

Download 251,13 Kb.