|
- Jadval. On-layn savdo va an’anaviy savdoning qiyosiy jihatlari7
|
bet | 7/9 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 251,13 Kb. | | #261144 |
Bog'liq Behzod2.2 - Jadval. On-layn savdo va an’anaviy savdoning qiyosiy jihatlari7
Tovar guruhlari
|
An’anaviy tizimda sotuvning tannarxi (AQSH dollari)
|
Internetda sotuvning tannarxi (AQSH dollari)
|
Dasturlar bilan ta’minlash
|
15,00
|
0,2-0,5
|
Bank xizmatlari
|
1,08
|
0,13
|
Avia chiptalar
|
8,0
|
1,0
|
Billing
|
2,22-3,32
|
0,65-1,1
|
Sug‘urta polislari
|
400-700
|
200-350
|
Oziq-ovqat mahsulotlari (% hisobida )
|
25-50
|
5-10
|
Masalan, hozirda simli telefon aloqasi telekommunikasiya xizmatlari bozori hajmining 60 foizini tashkil etib, uning dunyodagi yillik o‘sish sur’ati 5-7 foizni tashkil etmokda, telekommunikasiya bozoridagi umumiy salmog‘i 20 foiz bo‘lib, o‘sish sur’atlari 80-90 foiz. Internet xizmatlari ulushi 10 foiz, lekin yaqin yillarda bu ko‘rsatkich 30-33 foizga o‘sishi kutiladi. Xalqaro statistikaga binoan har yili internet tarmog‘iga 150 million yangi foydalanuvchi ulanmokda. Shunisi ham borki, bu ko‘rsatkich tobora o‘sib bormokda.
Ayni paytda respublika telekommunikasiyalarining mahalliy tarmog‘i ikki mingdan ortiq ATS va 1,9 milliondan ziyod abonent rakamlarini o‘z ichiga oladi va ulardan 86 foizi aholiga tegishli. Stansiyalar quvvatining 86 foizi ishlatilmoqda. Tarmokda 1,65 mln. dan ortiq telefon liniyalari xizmat ko‘rsatmoqda. Mamlakat ichidagi asosiy yo‘nalishlarda optik tolali aloqa liniyalari, kabelli va radioreleli kommunikasiyalar xizmat ko‘rsatmokda. Shu sababli shaharlardagi abonentlarning 98 foizi va qishlok joylardagi abonentlarning 32 foizi xalkaro hamda shaharlararo avtomat aloqa tizimlariga ulangan. Barcha viloyat markazlarida shaharlararo va xalqaro elektron aloqa vositalari mavjud. Aholi va hududlarning 98 foiz dan ziyodi davlat televideniyesi va radiosi dasturlarini qabul qilish imkoniyatiga ega. Shaharlararo tarmoqlar kanallarining 60 foizdan ziyodi va xalqaro tarmoqlar kanallarining 83 foizi raqamlidir.
Internet elektron xizmatning butun dunyoda tarqalishi uchun qulay zamin yaratgan bo‘lsada, elektron tijorat rivojlanishining axborot texnologiyalari nuqtai nazaridan bu vosita optimallik o‘rnini egallab olmaydi. Biroq aynan internet elektron tijorat rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi va nafaqat katta korporasiyalar, balki kichik va o‘rta tadbirkorlarga va alohida shaxslarga xam ushbu tijoratning bevosita ishtirokchisiga aylanish imkonini berdi. Bu bilan yetkazib beruvchilar va iste’molchilarning tobora kengroq doirada jalb etilayotganini ta’minladi. Kundan kunga elektron tijorat orqali tovar oldi sottisi, tovar va xizmatlar assortimentini oshira boshlashi bilan davlatlar, davlat muassasalari, korxonalar va shaxslarni o‘zaro hamkorligini amalga oshirish imkonini yaratib, bir hamjamiyatga birlashtirdi, telekommunikasion texnologiyalar to‘siqlarsiz samarali hamkorlik amalga oshirish uchun zamin yaratadi.
Elektron xizmatlarni rivojlanish darajasini bilish uchun birinchi e’tiborni internet va xizmatlar tizimi rivojlanish darajasiga qaratish lozim. Quyida 2.2-rasmda internetning dunyo bo‘yicha tarqalish darajasini ko‘rsatuvchi chizma keltirilgan bo‘lib, ushbu rasmga muvofiq 2018 yil boshida Avstraliyada internet tarqalishi 89% ni tashkil etadi va bu eng yuqori ko‘rsatgich.
|
| |