Elektron xizmatlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari




Download 251,13 Kb.
bet4/9
Sana07.06.2024
Hajmi251,13 Kb.
#261144
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Behzod

1.2. Elektron xizmatlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari
Insoniyat taraqqiyotining bugungi bosqichida axborot va internet texnologiyalari iqtisodiy yuksalishning muhim faktori sifatida hayotimizning barcha jabhalariga keng joriy etilmoqda. Shu bois, elektron tijorat rivoj topib, global iqtisodiy faollikning asosiga aylanmoqda. Zamonamizning bunday chaqirig‘iga hamohang ravishda mamlakatimizda elektron tijoratni rivojlantirish va iqtisodiyotni axborotlashtirish maqsadida qabul qilingan qonunlar, Prezident va hukumat qarorlari, yaratilgan texnologik asoslar tufayli elektron tijorat bozori shakllanib, unga xizmat qiluvchi mexanizm tizimlari rivojlanmoqda.
Ma’lumki, elektron tijoratning texnologik asosini axborot kommunikasiya texnologiyalari tashkil etadi. Bugungi kunda mamlakatimizni raqamlashtirish darajasi yuz foizni tashkil etib, yil sayin tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolarning kompyuter bilan ta’minlanganlik darajasi, internet tarmog‘ida abonentlar soni, shahar va qishloqlarimizning umumiy internet qamrovi oshib bormoqda, so‘zsiz bu ijobiy tendensiya. Biroq, tahliliy ma’lumotlar internet orqali elektron tijorat tizimidan foydalangan holda tovarlarni xarid qilish, xizmatlar ko‘rsatish darajasi, yaratilgan texnologik imkoniyatlar bilan undan tijorat ishlarida foydalanish o‘rtasida keskin tafofut borligidan darak bermoqda. Internetdan foydalanuvchilarning aksariyat qismi yozishmalar va ekskursiya qilishi bilan mashg‘uldirlar, asosan yoshlar.  Ma’lumki, elektron tijorat bozorining istiqbolida “biznes-biznes” va “biznes-davlat” segmentlarining rivoji muhimdir. An’anaviy tijoratga e’tibor qiladigan bo‘lsak ham tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida, davlat bilan tadbikorlik sub’yekti o‘rtasida ulkan miqdorda tovar va pul aylanishi ko‘zatiladi. Yuqorida zikr qilingan ikkala segmenlarda elektron tijoratni yanada xavfsizligini ta’minlash masalasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu bois, axborot xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan kelib chiqib, amalda yuridik shaxslarning elektron raqamli imzoga ega bo‘lishligi, xususan, elektron hujjat aylanishida yuridik shaxslarning muhriga oid masalalarni aniqlashtiruvchi huquqiy mexanizmlar ham takomillashtirilgani maqsadga muvofiq bo‘ldi. 
Elektron tijoratning maqsadi axborot tizimada axborotni tezkor aylanishini, umumiy foydalanishdagi tarmoqlar orqali tranzaksiyalarni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgani bois, uning istiqboli biznes sub’yektlari tomonidan xaridorlarga ishonchli va kafolatlangan xizmatlarini ko‘rsata olishiga bevosita bog‘liqdir. Bunday tashqari, boshqa faktorlar, ya’ni mamlakat iqtisodiyoti yuksakligi, fuqarolarning daromati oshib borishi, qolaversa, kishi vaqtni qiymat bilan bog‘lab, o‘z vaqtini pul va tovar singari baholay olishiga ham bog‘liq holdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar aniqlandi:

  • elektron tijoratning paydo bo‘lishi va uning mohiyatiyoritish;

  • elektron tijoratning rivojlanishida bozorining strukturasi o‘rni o‘rganish;

  • iqtisodiyotda elektron tijorat tizimsining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganish;

  • elektron tijorat rivojlanishining holati tahlili etish;

  • elektron tijoratning rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotidagi o‘rni o‘rganish.

  • Axborotlashgan jamiyat shakllanayotgan sharoitda elektron tijoratning qonuniy-huquqiy asoslari ko‘rib chiqish.

O‘zbekistonda elektron tijoratning rivojlantirish istiqbollarini aniqlash. Shunday ekan, elektron tijorat bozorini rivojlantirish masalasi AKT imkoniyatlaridan samarali foydalanib davlat va biznes hamkorligi, asosan, biznes sub’yektlari faolligi bog‘liq holdir. Jamoatchilik o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish soha uchun axborot texnologiyalari va tijorat ishlaridan bohabar mutaxassilarni (IT-tijoratchi) tayyorlash, reklama, marketing ishlari sifatini oshirish, internet-magazinlar, internet-vitranalar, tovarlarni xaridorlarga yetkazib beruvchi kuryerlik xizmatlari tashkil etish, muhim masalalardan biri bo‘lmish, biznes tomonidan tijorat ishlarida axborot xavfsiligini ta’minlab va shu orqali xaridorlarga ishonchi va kafolatlangan xizmatlarni taklif etilishi va boshqa jihatlar soha rivojida pozitiv to‘rtki bo‘lib xizmat qiladi. Elektron tijorat rivoji va istiqbolini belgilovchi, xaridorlar ishonchini mustahkamlovchi faktorlardan biri axborot xavfsizligi masalasi hisoblanadi. Aynan shu boisdan, mazkur qonunda axborot himoyasi axborot xavfsizligi masalalariga oid normalar, ya’ni elektron hujjat va elektron xabarlarni mazmunini, ulardan foydalanish tartibini o‘zgartirmaslik, uchinchi shaxslarga yubormaslik, shaxsga doir ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish choralarini ta’minlash, shu jumladan, huquqiy oqibatlar uchun javobgarlik kabi normalari ham qonunda mustahkamlandi. Xaridorlar va sotuvchi-tadbirkorlik sub’yektlari uchun ham yangilik va qulaylik keltiruvchi qonundagi normalardan biri bu jismoniy shaxslar uchun elektron hujjatlarda elektron raqamli imzodan foydalanish bo‘yicha qat’iy talab bekor qilinib, jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzoning bir martalik identifikatoridan foydalanishga ruxsat etilganidir. Elektron tijorat ishtirokchisi bo‘lmish jismoniy shaxsga akseptni elektron xabar tarzida amalga oshirish huquqini beruvchi progressiv norma kiritilishi nafaqat xaridor-fuqarolarga qulaylik bo‘lib, ikkinchi tomondan, tovar sotilishi munosabati bilan sotuvchi-tadbirkorga ham ulkan iqtisodiy samara keltiradi, tovar va pul aylanmasiga ijobiy ta’sir qilib, qolaversa soha rivojiga jiddiy turtki bo‘lib xizmat qiladi.
Elektron tijoratning transchegaraviy xususiyatlarini inobatga olib, jahon elektron tijorat bozoridagi tendensiyalarga nazar solib, shuni ta’kidlashimiz mumkinki, elektron tijorat barcha davlatlar iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylanib, elektron tijorat operasiyalarining ko‘rsatkichlari jadal rivojlanishi bois, bugungi kunda, elektron tijorat jahon iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bundan o‘n yillar oldin odamlar shubha bilan qarashgan bo‘lsalar, hozirda esa, elektron tijorat tizimidan foydalanuvchilar soni tobora ortib bormoqda. 
Jahon elektron tijorat bozorida ijobiy tendensiyalar bilan bir qatorda, ushbu bozor muammolardan holi emas. Jiddiy muammolardan biri axborot xavfsizligini ta’minlash muammolari bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Boisi, axborot xavfsizligi bu odamlar bilan biznes o‘rtasidagi ishonch fundamenti hisoblanadi. Elektron tijoratning rivojlanishiga ko‘pgina faktorlar ta’sir qiladi. Haqiqatdan ham elektron tijorat rivojlanishiga texnologik faktorlar ta’sir qiladi, lyekin texnologik faktorham to‘la ta’sir qiluvchi omil bo‘la olmaydi. Misol uchun rivojlanayotgan davlatlarda elektron tijoratning o‘sish tendensiyasi ancha yuqori. Bu davlatlarda rivojlangan davlatlardagidek elektron infrastruktura shakllanmagan. Bundan kelib chiqadiki texnologik faktordan boshqa faktorlar ham bu sohaning rivojlanishiga salmoqli ta’sir qiladi. Demak, elektron tijoratning rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi.
Texnologik omillar. Hozirgi kunda dunyoning deyarli 90% elektron infrastruktura bilan ta’minlangan..3 Texnologik omilga quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:

  • Internet- auditoriyasi hajmining o‘sishi va internet auditoriyasi o‘sish tempining oshishi;

  • Axborot va kommunikasiya texnologiyalarning(AKT) rivojlanishi;

  • Kompyuter texnologiyalarning rivojlantirishda intellektual

potensialning oshishi;
Iqtisodiy omillar.Elektron tijorat asosiy foyda beradigan jihati u iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Iqtisodiy samaradorlikni oshirishda elektron tijoratning quyidagi jihatlari bilan yordam beradi:

  • Kompaniyalarning kommunikasion xarajatlarini anchaga qisqartiradi;

  • Kam xarajatli infrastruktura hisoblanadi;

  • Xom-ashyo yetkazib beruvchilar bilan tezkor va ancha tejamkor iqtisodiy bitimlar olib berish mumkin;

  • Global axborot almashishning kam xarajatli usuli hisoblanadi;

  • Ancha kam xarajatli reklama hisoblanadi;

  • Iste’molchilarga kam xarajat bilan xizmat ko‘rsatish mumkin.

Yuqoridagi sabablardan ko‘rish mumkinki, elektron tijorat xarajatlarni asosan kamaytiradi va xarajatlarni pasayishiga ta’sir qiladi. Bozor iqtisodiyotida tashkilotlar iqtisodiy samaradolikni oshirishga harakat qiladilar. Bu narsa elektron tijoratga ehtiyojni yanada ortdi. To‘lov tizimlarning tabiatining o‘zgarishi ham elektron tijoratning rivojlanishiga ancha ta’sir qildi. Iqtisodda pul massasining oshishi, pul harakatining tezlashi, pulning harakat geografiyasining kengayishi elektron to‘lov tizimlariga ehtiyojni yaratdi. Hozirda AQSH da mavjud pullarning 90 % yaqini elektron ko‘rinishga ega. Bundan ko‘rinib turibdiki, elektron to‘lov tizimlarga talab elektron tijoratning rivojlanishiga sezilarli ta’sir qildi.
Elektron tijorat an’anaviy iqtisodiy faoliyatga nisbatan bir qator ustunliklar ega. Bu farqni bir qancha parametrlarni taqqoslash orqali sezish mumkin. An’anaviy usulda iqtisodiy faoliyat olib borish on-laynrejimda iqtisodiy faoliyat olib borishdan ko‘ra ancha qimmatligi seziladi.
Elektron tijorat yordamida quyidagi masalalarni yechish mumkin:

  • Bo‘lg‘usi mijozlar, moletkazib beruvchilar va buyurtmachilar bilan veb tizimi orqali aloqa o‘rnatish;

  • Savdo bitimlarini amalga oshirish uchun kerakli hujjatlarni elektron ko‘rinishda ayirboshlash;

  • Tovar va xizmatlar sotilishi va yetkazib berilishini nazorat qilish;

  • Tovar reklamasi va xariddan keyingi qo‘llab -quvvatlash;

  • Xarid uchun elektron to‘lovni amalga oshirish.

Bu imkoniyatlardan samarali foydalanish, ularni yanada takomillashtirish, har bir masalaga alohida e’tibor bilan yondashish korxona faoliyatini yanada rivojlantirish va iqtisodiy samaraga erishish uchun muhim zamin yaratadi. Elektron tijorat kompaniyalarning kerakli resurslaroqimini samarali boshqarishda, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishda, faoliyatlarini olib borishda vaqtdan yutishda, mijozlar bilan ishlashda informasion to‘siqlarni boshqarishdaeng asosiy instrument hisoblanadi. Hozirgi qattiq raqobat sharoitida har bir biznes faoliyatini olib borayotgan sub’yektlar elektron tijorat imkoniyatlaridan foydalanishga majbur. Kompaniyalar elektron tijoart yordamida bo‘lg‘usi mijozlar, mol yetkazib beruvchilar va buyurtmachilar bilan web tizimi orqali aloqa o‘rnatish, savdo bitimlarini amalga oshirish uchun kerakli hujjatlarni elektron ko‘rinishda ayirboshlash, tovar va xizmatlar sotilishi va yetkazib berilishini nazorat qilish, tovar reklamasi va xariddan keyingi qo‘llab-quvvatlash va xarid uchun elektron to‘lovni amalga oshirish masalarini arzon va qulay amalga oshirish mumkin. Shuning uchun elektron tijorat kompaniyalar faoliyatining ajralmas qismiga aylanib boryapti.
Rivojlangan davlatlar elektron tijoratning imkoniyatlarini va istiqbollarini aniq his qilgan holatda bu sohaning rivojlanishiga yetarlicha investisiya ajratyaptilar. Rivojlangan davlatlarda elektron tijorat bu mamlakatlarning yalpi milliy mahsulotlarida salmoqli o‘rin egallaydi. Rivojlangan davlatlar bu sohani yangi iqtisodiy tizim sifatida qaray boshlashdi va bu sohada yetakchi o‘rinni egallash maqsadida elektron tijoratni o‘rgana boshlashdi. Elektron tijoratni rivojlatirishga xalaqit beradigan to‘siqlarni yechish mexanizmlarni ishlab chiqishgan. Yevropa Ittifoqi bu borada o‘zining “Elektron Yevropa”(e-europe)loyihasini ishlab chiqdi. Bu loyiha Yevropa Ittifoqini kelajakda yangi iqtisodiy tizimdagi holatini yaxshilashga muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekistonda ham elektron tijorat jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga guvoh bo‘lyapmiz. Oxirgi yillarda hukumatimizning bu sohaning muhimligini anglagan holda olib borayotgan islohotlari O‘zbekistonda ham elektron tijoratning rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Elektron tijorat mamlakatimiz rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni hisobga olgan holda, bu soha rivojlanishiga xalaqit beradigan to‘siqlarni bartaraf etish zarur.
O‘z faoliyatini elektron tijorat bilan uzviy ravishda bog‘lab, olib borayotgan korxonalar quyidagi ustunlik va imkoniyatlarga ega bo‘lishlari mumkin:

  • Biznes infratuzilmasini saqlash xarajatlarini kamaytirish;

  • Reklama xarajatlarini kamaytirish natijasida tovar narxini pasaytirish;

  • Buyurtmani qabul qilish va amalga oshirish vaqtini tejash;

  • Barcha buyurtmalar ustidan nazoratni amalga oshirish;

  • Bo‘lg‘usi mijozlarning ko‘payishi;

Elektron tijoratning an’anaviy savdo turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi:

  • xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega.

Bu ko‘p sonli xaridorlarning aloqa vositalari yordamida sotuvchilar bilan muloqotda bo‘lish imkoniyati mujudga keladi. Elektron tijoratda savdoni tashkil qilish tashkilotlarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi. Xaridorlar kundalik xayotida kerakli mahsulotlar ichida sifatlilarini tanlashi mumkin. Chet el tashkilotlariga murojaat qiladi.



Download 251,13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 251,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron xizmatlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari

Download 251,13 Kb.