• 5  “Электрон тижорат тўғрисида” қонун (ЎзР 22.05.2015 й. 385-сон Қонуни)
  • O’zbekiston Respublikasi Navoiy viloyatida muamo va yechimlari




    Download 251,13 Kb.
    bet9/9
    Sana07.06.2024
    Hajmi251,13 Kb.
    #261144
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Behzod

    2.2 O’zbekiston Respublikasi Navoiy viloyatida muamo va yechimlari.
    Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, O’zbekiston Respublikasi viloyatlarida elektron tijoratni rivojlantirish bilan bir qatorda bu sohaning takomillashishiga to’sqinlik qilayotgan bir qancha muammolar ham mavjud. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Chunki aynan quyidagi yechimini kutayotgan masalalar jahon tajribasida keng tarqalgan bo’lib, ularning to’gri hal qilinmasligi oqibatida bu sohada jiddiy inqirozlar vujudga kelishi mumkin.
    Birinchidan, zarur infrastrukturaning hali ham yetarli darajada takomillash-gmagani. Quyida bir nechta misollar keltiramiz:

    • internetning global tarmog’i bilan to’gridan-to’g’ri bog’langan provayderlar soni cheklangan miqdorda va buning natijasida internet mijozlarga provayder o’rtasida biridan ikkinchisiga tashish orqali yetkazilmoqda, ma’lumki bunday holat xizmat ko’rsatishning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

    • viloyatlarda ko’rsatilayotgan internet xizmatining sifat ko’rsatkichlari poytaxtdagi holat bilan solishtirganda sezilarli darajada yomon. Ajratilgan ulanish (ADCL modem) uchun yetarli shart-sharoitning yaratilmaganligi natijasida mijozlar to’gridan to’g’ri qo’ng’iroq qilish orqali (Dial-up) ulanishdan foydalanishadi. Bu o’z navbatida xizmat sifatining yetarli darajada bo’lmasligiga olib keladi.

    Ikkinchidan, internet foydalanuvchilarining miqdori shunday darajadaki, bu holat elektron tijorat bilan shug’ullanish uchun zarur bo’lgan yirik bozor yaratish imkonini bermaydi (O’zbekiston bo’yicha internet foydalanuvchilarining soni 2,5 mln. dan ortiq 4). To’gri oxirgi yillarda bu sohada bir qancha ijobiy natijalarga erishilmoqda, lekin bu faqatgina ma’lum bir hududlarda (asosan poytaxt va ba’zi bir viloyat markazlar) o’smoqda. Ko’pchilik viloyatlarda bunday holat haligacha muammoligicha qolmoqda. Ma’lumki, yetarlicha hajmdagi bozorga ega bo’lmasdan turib elektron tijorat faoliyatini yuritish ixtiyoriy tadbirkor uchun zarardir.
    Uchinchidan, jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlaridan on-line to’lovni amalga oshirishni ta’minlaydigan ishonchli tizimning rivojlanmaganligi. Banklarimiz tomonidan chiqarilayotgan plastik kartochkalardan faqatgina maxsus terminallardan foydalanib to’lovni amalga oshirishimiz mumkin, xalqaro tajribada esa plastik kartochkalar yordamida, to’lovni qabul qilish uchun o’rnatilgan maxsus modullar orqali, to’g’ridan to’g’ri on-line do’konlarda to’lovni amalga oshirish mumkin.
    Asosiy muammo shundaki, O’zbekistonda jismoniy shaxslar uchun on-line banking xizmati keng tarqalmadi. On-line banking bank mijozlari uchun internet tarmog’ida yoki mobil aloqa yordamida o’z hisoblarini boshqarish va to’lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bir necha banklar tomonidan taklif etilayotgan SMS-banking bir tomonlama bo’lib, faqatgina hisob va operatsiyalar tarixi haqida ma’lumot olish uchun mo’ljallangan. Bu holat elektron tijoratning rivojlanishiga eng katta to’siq bo’layotgan muammolardan biridir.
    To’rtinchidan, mavjud internet-do’konlar faoliyatida yetarli professionallik darajasi yetishmaydi. Aloqa va axborotlashtirish agentligi chop etgan ma’lumotlarga ko’ra 01.01.2008 yil holatiga bo’yicha O’zbekistonda 24 internet-do’kon faoliyat yuritadi. Kompyuter va elektron-mayishiy texnika mahsulotlarini sotishga bo’yicha-8, sovg’a va gullar bo’yicha-4, raqamli tovarlar bo’yicha -6, iste’mol va ma’ishiy tovarlar bo’yicha-3, kitob, musiqa va kompakt diskda filmlar sotishga mo’ljallangan-3 do’kon mavjud. Bu veb-saytlarning 4-ishlov berilish jarayonida, 4-to’lovni xalqaro to’lov tizimidagi plastik kartochkalardan foydalanib amalga oshirish imkonini yaratadi, 12-WM Transfer to’lov tizimidan foydalanadi. Qolgan 7 do’kon naqdsiz to’lovni amalga oshirishni imkonini, yozma shartnoma imzolanganidan so’ng, yaratadi.
    Takliflar…
    Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilishda asosiy e’tibor beriladigan yo’nalishlar sifatida quyidagilarni taklif qilamiz:

    • Elektron tijorat sohasida ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish zarur. Ilmiy ishlar, maqolalar yozish, maxsuslashtirilgan internet-resurlar yaratish, doimiy forum va konferensiyalar tashkil etish, kadrlar tayorlashda elektron tijoratning nafaqat texnik, balki iqtisodiy va huquqiy xususiyatlarini ham inobatga olish, eng asosiy muammolardan biri –malakali kadrlar yetishmovchiligini, oldini oladi.

    • Telekommunikatsion xizmatlarni ko’rsatish sohasida raqobatni rivojlantirish. Bu xizmat sifatining oshishiga, narxlar darajasining tushishiga va elektron tijorat uchun ma’lum internet-auditoriyalarining yaratilishiga olib keladi.

    • AKT sohasiga investitsiyalarni kiritish uchun qulay huquqiy sharoitning ko’rsatilgan tartibda doimiy mavjud bo’lishini ta’minlash.

    • O’z-o’zini boshqarish va tajriba almashish tizimlarini yaratish

    • Elektron tizimi bo’yicha ta’lim tizimini rivojlantirish

    • Axborot texnologiyalarining butun O’zbekiston bo’ylab keng tarqalishini ta’minlash. Nafaqat viloyat markazlarida, balki chekka qishloqlarda ham axborot texnologiyalarining joriy qilinishi elektron tijorat hajmining sezilarli darajada oshishiga olib keladi.

    • On-line banking tizimini butun respublika bo’ylab samarali joriy qilish. Bu ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanayotgan tadbirkorlar uchun o’z tovar va xizmatlari bilan internet tarmog’i orqali erkin savdo qilish imkoniyatini oshiradi. Shu bilan birga bu bank sohasining boshqa yo’nalishlari bo’yicha ham sezilarli o’zgarishlarga olib keladi.

    O’zbekistonda elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari
    Shuni bemalol ta’kidlash mumkinki, O’zbekiston o’zining yuqori darajali intellektual imkoniyatlari bilan axborot texnologiyalari tamaddunining qirg’og’ida qolib ketmasligi zarur.
    Elektrontijoratni rivojlantirish jamiyatimiz uchun qanday natijalar beradi?

    • Elektron tijoratning rivojlanishi O’zbeksiton mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish o’rinlarini yaratadi.

    • O’zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashishi, tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligi kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishining bir paytda sodir bo’lishi eksport imkoniyatlarimizning oshishiga olib keladi.

    • Elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishini, marketing, menejment kabi sohalarning rivojlanishini ta’minlaydi.

    Shunday qilib, O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari yildan yilga o’sib borayotganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Uning rivojlanishi milliy ishlab chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish imkoniyatlarini yaratadi. Elektron tijoratni rivojlantirish bo’yicha tanlangan va amaldagi yo’ldan to’g’ri borish, kelajakda O’zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi. O’zbekistonda elektron tijorat bo’yicha mavjud muammolarni hal qilishning to’g’ri yo’li tanlanganligi xalq farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda o’z aksini topadi.
    Xulosa
    Ushbu amaliyot o’tash davrida elektron tijorat haqida ancha bilim va ko’nikmalarga erishdim.Xususan amaliyot o’taga korxonamda mahalliy va chet kompaniyalariga mahsulot sotish haqida ancha bilimlarga ega bo’ldim.
    Hozirgi kun biznesni elektron shaklda ham yuritsagina bozorda o’z o’rniga ega bo’ladi.Bunda albatta xorij tajribasidan o’rgansak yaxshi.
    Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, O’zbekiston Respublikasi viloyatlarida elektron tijoratni rivojlantirish bilan bir qatorda bu sohaning takomillashishiga to’sqinlik qilayotgan bir qancha muammolar ham mavjud. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi.

    Foydalanilgan adabiyotlar



    1. O‘zbekiston Respublikasi «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni 12.12.2002 y. N 439-II.

    2. O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonuni, 2003y.

    3. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi 11.12.2003 y. N 562-II

    4. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi 29.04.2004 y. N 611-II

    5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Idoralararo axborot-kompyuter tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori. 10.04.1998 y. N 150

    6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori 03.04.2007 y. N PQ-614

    7. Vazirlar Mahkamasining «Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida»gi nizom 2007 yil 21 noyabrdagi 242-son qaroriga ilova.

    8. Yegorova T.A. Kriterii ergonomicheskoy i ekonomicheskoy otsenki pri proektirovanii predpriyatiya // Organizatsiya proizvodstvennыx sistem - Varshava: Polsha - 1997.

    9. Anin B.L.O. Zaщita kompyuternoy informatsii. SPb.: BHV-Sankt-Peterburg, 2000.

    10. Askerov T.M. Zaщita informatsii i informatsionnaya bezopasnost. Ucheb.posobie. Pod red. K.I. Kurbakova. M.: Ros.ekon.akad., 2001.

    11. Kataev A.V. Virtualnыe predpriyatiya - novaya stupen v organizatsii NIOKR //Strategicheskie aspektы upravleniya NIOKR v usloviyax globalnoy konkurensii: Otchet po NIR № 01.2.00100692. Taganrog: TRTU,2001.



    1. Balabanov I.T. Elektronnaya kommersiya / IX Balabanov, — SPb.: Piter, 2001.

    2. Breyli R., Mayers S. Prinsipы korporativnыx finansov.-M.: «Finansы», 2004.

    3. Aripovvaboshq. O‘zbekistonaxborot-ommunikatsiyatexnologiyalarisohasimenejmentimasalalari. – T.: «Fanvatehnologiya», 2005.

    4. Ensiklopediya kompyuternыx virusov Yevgeniya Kasperskogo //Elektronnaya versiya 2010.

    5. IDC, 1999 Knowledge Management Survey.

    6. Milchakova N. Telekommunikatsii v Rossii: Strukturnыe reformы i problemы povыsheniya rыnochnoy stoimosti aksiy. J. «Voprosы ekonomiki» № 7, 2001 g.

    7. Muxitdinova M. "Preduprejdenie kreditnix riskov". Bozor, pul va kredit, № 12, 2001 y.

    8. Jamolov X., Abdullaev X. Korxonalarning to‘lovga qodirligi va rentabelligi. Bozor pul va kredit. 1-son, 2001 y.

    9. The Radicati Group, Inc., Knowledge Management Market Trends 1999-
      2003.

    10. A.N.Aripov, T.K.Iminov, X.A.Muhitdinov. Telekommunikatsiya sohasida baho va litsenziyalash siyosati va davlat tomonidan tartibga solishni erkinlashtirish.-T.: «O‘zbekiston iqtisodiyoti», №4. 2004.

    11. A.N.Aripov. Axborot-kommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tizi­mini takomillashtirish muammolari. – T.: Avtoreferat, 2004.

    12. Butundunyo elektroaloqa /AKT rivojlantirish hisoboti // EAI – 2006 y.

    13. O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining hisobot materiallari, 2007 y.

    14. "O‘zbekistonning 2000-2007 yillardagi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari". T.: Davlat statistika qo‘mitasi, 2000-2008.



    1 https://gdmeco.uz/ sayti.

    2 Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. 14.12.2016

    3Information economy report2017-2018, science and technology for development:
    the new paradigm of ict , prepared by the UNCTAD secretariat,UN,NEW YORK

    4 rewiew.uz web sahifasi

    5 “Электрон тижорат тўғрисида” қонун (ЎзР 22.05.2015 й. 385-сон Қонуни)





    6 Амиров Д.М. ва бошқалар.АКТ изоҳли луғати. Тошкент 2010.

    7малумотлар муаллиф томонидан йиғилган

    8 ITU маълумотларига асосан

    9 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 17.11.2021 yildagi PQ-14-son




    Download 251,13 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 251,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Navoiy viloyatida muamo va yechimlari

    Download 251,13 Kb.