• 2.3 Rasm.”Mega Food” ovqatlanish markazini elektron xizmatni yo’lga qo’ygandan keyin xaridor ko’rsatkichi oshishi
  • Rasm. 2022 yilda dunyo bo‘yicha internetni tarqalishi8




    Download 251,13 Kb.
    bet8/9
    Sana07.06.2024
    Hajmi251,13 Kb.
    #261144
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Behzod

    2.2 Rasm. 2022 yilda dunyo bo‘yicha internetni tarqalishi8


    Britaniya va Germaniya davlatlari 84% bilan ikkinchi o‘rinda, Fransiya, Yaponiya 80% bilan uchinchi o‘rinda turibti. AQSH esa internetning kirib borish darajasi 78% ni tashkil etmoqda. Xitoy 51%ni eng oxirgi o‘rinda braziliya 39% ko‘rsatkich bilan egallagan. Biroq, internetni tarqalish darajasi bilan elektron savdoni rivojlanish darajasi bir xil emas. Ushbu ma’lumotni tasdiqlovchi keyingi rasmga e’tibor qaratsak, chakana savdo bo‘yicha elektron tijorat amalga oshirish bo‘yicha AQSH birinchi o‘rinni egallagan.


    Pandemiya ,shubhasizm, electron tijoratni rivojlanishiga turtki berdi desak mubolag’a bo’lmaydi.Jumlada viloyatda faoliyat yuritayotgan ovqat markazlari,kitob do’konlari o’zining online xizmatlari yanada rivojlandi.Bunga misol qilib “Mega food” ovqatlanish markazini ancha o’sgani keltirish mumkin.
    2.3 Rasm.”Mega Food” ovqatlanish markazini elektron xizmatni yo’lga qo’ygandan keyin xaridor ko’rsatkichi oshishi

    Elektron tijoratga biror-bir kompaniyaning raqamli texnologiyalar va ular beradigan imtiyozlarga asoslangan, foyda keltiradigan faoliyati sifatida ham qaraladi. Yangi tijorat muhitiga jalb qilingan xaridorlar ma'lum imkoniyatlar va imtiyozlarga ega bo'ladilar. Tashkilotlar oldida turgan vazifalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda ancha tez va eng kam xarajat bilan hal etilmoqda.


    Davlatimiz rahbarining 2021-yil 17-noyabrdagi “elektron tijorat ma'murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, elektron tijorat faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari belgilab berilgan3. Shu asosda mamlakatimizda elektron tijorat sohasida internet orqali taqdim etiladigan xizmatlar ko'rsatadigan korxona va tashkilotlar soni ortib boryapti.9
    Masalan, 2019-yilda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Buxoro va Surhondaryo viloyatlarida elektron tijorat faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxonalar mavjud bo'lmagan. 2020-yildan ushbu hududlarda shunday korxonalar paydo bo'la boshladi. Toshkent shahrida esa o'tgan yili elektron tijorat faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxonalar soni 301 taga etib, 2019-yilga nisbatan 2,3 barobarga oshgani sezilarli o'sish ko'rsatkichidir.
    Elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash uchun nafaqat internet tarmog'iga ulanish va tashkilotlarning zamonaviy komp'yuterlar bilan texnik jihozlanishi, balki veb-sayt va elektron pochta manzilining mavjudligi ham katta ahamiyatga ega. Tashkilotning shaxsiy veb-sayti elektron iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro aloqa imkoniyatlarini sezilarli kengaytiradi. Unda tashkilot to'g'risidagi barcha ma'lumotlar joylashtirib borilishi barobarida, tezkor buyurtmalar ham qabul qilish mumkin.
    Tahlillarga ko'ra, hozir yurtimiz miqyosidagi onlayn xaridlarning aksariyati mahalliy do'konlarda amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasidagi onlayn-xaridorlar uchun asosiy mamlakat esa Xitoy Xalq Respublikasi hisoblanadi. Demak, aholi va tashkilotlarning elektron tijorat muhitiga jalb etilishi, xorij bozoriga chiqish va chet ellik hamkorlar bilan ishlash ko'rsatkichlari hozircha yetarli darajada emas.
    Vaholanki, mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti (YAIM)da axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda elektron tijorat daromadlari ulushini oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bunda onlayn do'konlar soni ortib borayotgani va xaridorlar ham bunga moslashayotgani quvonarli albatta. Ammo tizimni qiyosiy jihatdan yanada kengroq o'rganish talab etiladi. Shu orqali qator takliflar ham o'rtaga tashlanadi.
    Masalan, tadbirkorlik subyektlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning elektron shakllarida axborot xavfsizligini ta'minlovchi aloqa va telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish lozim. Shuningdek, elektron tijorat sohasidagi amaldagi me'yoriy-huquqiy bazani qayta ko'rib chiqish va muvofiqlashtirish, biznes uchun elektron tijoratni qo'llab-quvvatlovchi onlayn ilovalarni ishlab chiqish, mamlakat fuqarolari o'rtasida elektron tijorat bo'yicha savodxonlikni oshirishga qaratilgan targ'ibot tadbirlarini doimiy o'tkazish, elektron pul bozorini rivojlantirish va elektron hamyonlarni ommalashtirishga ko'maklashish elektron tijoratni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
    Umuman, bir narsa ayonki, elektron tijoratning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi yaqin kelajakda doimiy ravishda oshib boradi. U nafaqat iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlar faoliyati, balki aholi turmush darajasiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.


    Download 251,13 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 251,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rasm. 2022 yilda dunyo bo‘yicha internetni tarqalishi8

    Download 251,13 Kb.