RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 8 | 2022
Scientific Journal Impact Factor 2022: 4.628 http://sjifactor.com/passport.php?id=22258
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary Scientific Journal
November, 2022
4
UDK 666.942
GAZOBETON BLOKLARINING UZOQQA CHIDAMLILIGI,
MUSTAHKAMLIGI, O‘RTACHA ZICHLIGI VA SOVUQQA
CHIDAMLILIGI
dotsent, PhD. B.B.Hasanov, talaba Saydaliyev S.S.
(Toshkent arxitektura-qurilish instituti)
Аннотация: В статье рассмотрены некоторые возможности создания
газобетонных блоков: долговечность, прочность, средняя плотность и
морозостойкость.
Ключевые слова: Газобетон, блоки, долговечность, прочность, средняя
плотность и морозостойкость.
Annotatsiya: Ushbu maqolada gazobeton bloklarning ayrim imkoniyatlari
xaqida muxokama qilinadi: uzoqqa chidamlilik, mustaxkamlik, o‘rta zichlik va
sovuqqa chidamlilik.
Kalit so‘zlar: Gazobeton, bloklar, uzoq muddatga chidamlilik, mustaxkamlik,
o‘rtacha zichlik va sovuqqa chidamlilik.
Abstract: The article discusses some possibilities of creating aerated concrete
blocks: durability, strength, medium density and frost resistance.
Keywords: Aerated concrete, blocks, durability, strength, medium density and
frost resistance.
O‘zbekiston Respublikasi qurilishida gazobeton bloklarning xilma-xilligi va
turlari kundan kunga kengaymoqda. Gazobeton bloklari turlariga e’tibor bersak,
ularning tasnifi juda keng bo‘lib, ma’lum ko‘rsatkichlar va omillarga asoslanadi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, mahsulotlar turli xil o‘rtacha zichlik ko‘rsatkichlariga ega
bo‘lishi mumkin, bu gazobeton bloklarning turlarini belgilaydigan
tasniflash uchun
asos yaratadi:
•
300-400 (kg / m3) o‘rtacha zichligi bilan xarakterlangan materialga issiqlik
izolyatsiya qiluvchi deyiladi. Albatta, u og‘irlik va yuklarga bardosh bera
olmaydi, lekin u issiqlikni izolyatsiya qiluvchi material sifatida juda mos keladi.
•
Strukturaviy va issiqlikni izolyatsiya qiluvchi turi iste’molchilar
orasida keng
tarqalgan. Bu turdagi gazobeton 500-900 (kg/m3) o‘rtacha zichlikka ega. Ushbu