RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2024




Download 400,85 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana17.09.2024
Hajmi400,85 Kb.
#271377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4-laboratoriya

RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2024
 
Scientific Journal Impact Factor 2023: 5.789 http://sjifactor.com/passport.php?id=22258
 
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary Scientific Journal January, 2024 
144
 
uni koks deb ataydi. Uni oylarga mos keladigan 12 sektorga bo‘lib, yaradorlar, 
o‘lganlar soni va boshqalardan iborat rangli segmentlar bilan qoplangan doiraviy 
diagrammani yaratadi[12].
Qurilish muhandisi B.Minard grafikaga ishtiyoqi bor edi va nafaqaga chiqqanida 
tarixiy ma’lumotlarni tahlil qilishda o‘z mahoratini qo‘lladi. 1859 yilda u "1812-1813 
yillardagi Rossiya bilan urushda frantsuz armiyasining yo‘qotishlar xaritasi" ning eng 
mashhur grafikini nashr etdi. Minard Bitta diagrammada armiya hajmi, yo‘qotishlar, 
geografik joylashuvi va atrof-muhit haroratini bitta tasvirga soib bergan [12].
E. A. Baranova [13] davriy nashrlarda infografikaning kelib chiqishini 
Britaniyaning The Daily Courant gazetasi bilan bog‘laydi, u 1702 yilda Ispaniya qiroli 
Filipp V ning Kadis ko‘rfaziga tashrifi haqidagi materialni nashr etadi. Monarxning 
uchrashadigan joylarini jurnalist geografik xarita bilan aks ettirib beradi.
19-asr boshlarida esa grafika “The Times” gazetasida jinoyat xronikalarining 
doimiy tarkibiy qismiga aylanadi. Jinoiy xronika materiallari nafaqat jinoyat sodir 
bo‘lgan uyning o‘ymakorligi, balki politsiya versiyalari asosida yaratilgan diagramma 
ko‘rinishidagi voqealarni qayta qurish bilan amalga oshirgan. Materialni yaratishda 
jurnalist, rassom va o‘ymakorlar ishtirok etgan [11]. 
Nashriyotchilar ma’lumotlarni taqdim etishda yorqin rasmlar va qisqa 
matnlardan foydalanib, yangi yondashuvni qo‘llashni boshladilar. Bunday 
materiallarning ko‘rinishi o‘quvchilar tomonidan noaniq qabul qilindi: jamoatchilik 
orasida ularni soddalashtirilgan va sayoz jurnalistikaning namunasi deb bilgan 
bo‘lsalar, boshqalar ularni original va ixcham deb topdilar [1, 2].
19-asrning o‘rtalarida yangiliklarni vizual tarzda taqdim etadigan jurnalning 
yangi turi paydo bo‘ldi. Bu jurnal matnlarning ko‘pligiga odatlangan jurnallarning 
ko‘rinishini butunlay o‘zgartirdi. "The Illustrated London News" va "L’Illustration" 
jurnallari birinchi bo‘lib ommaviy auditoriyaga yangiliklarni vizualizatsiya qilish 
g‘oyasini taqdim etdi[11]. XX asr 30-yillardan boshlab Tasviriy axborot grafikasining 
rivojlanishi boshlandi, 1931 yilda britaniyalik Garri Bek London metrosining sxematik 
xaritasiga asos slogan[12]. 
Infografika o‘zining zamonaviy ko‘rinishida 1982 yilda ”USA Today” gazetasi 
nashr eta boshlaganida paydo bo‘lgan deb ma’lumot beriladi. Uning birinchi muharriri 
Lauri Demo o‘z gazetasini yaratishda quyidagi qoidadan foydalangan: "Agar hikoya 
tushunarsiz va tushunish qiyin bo‘lsa, grafikadan foydalanish vaqti keldi" [11]. Ana 
shu tamoyil bir necha yildan so‘ng gazetaning mamlakatdagi eng ko‘p o‘qiladigan 
beshta nashrdan biriga aylanishining asosiy sabablaridan biri bo‘ldi. 
Bir qancha boshqa gazetalar “USA Today” tomonidan belgilangan yo‘ldan 
borishdi, jumladan “New Yorker” va “Esquire” nashriyotlari ham o‘z gazeta, 
jurnallarida grafikalardan foydalana boshlashdi [12, 14].



Download 400,85 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 400,85 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2024

Download 400,85 Kb.
Pdf ko'rish