|
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2024Bog'liq 4-laboratoriyaRESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2024
Scientific Journal Impact Factor 2023: 5.789 http://sjifactor.com/passport.php?id=22258
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary Scientific Journal January, 2024
147
muhim. Infografikani yaratishda matematika va grafikadan foydalanish maqsadga
muvofiq.
7. Muvofiqlik
Infografikaga mos uslub va ko‘rinish taqdim etish kerak. Agar jiddiy mavzuga
ega infografika yaratilayotgan bo‘lsa uni yorqin ranglardan foydalanish to‘g‘ri
kelmaydi. Savollarni ma’noli aks ettiradigan mos dizaynni tanlash muvofiqlikni
o‘rnatadi.
8. Oddiylik
Vizual elementlar va ma’lumotlar miqdorini oshirib yubormaslik kerak. Juda
ko‘p tafsilotlar infografikani tushunishni qiyinlashtirishi mumkin. Maqsadli
auditoriyani avvaldan bilish yaratilayotgan infografikaning vizual murakkabligi va
dizaynini o‘zgartirishga yordam beradi.
Aytaylik, yangiliklar sayti uchun infografika tuzish kerak bo‘lsa, ko‘plab grafik
elementlardan foydalanish ishtirokchilarni zeriktirib qo‘yishi mumkin. Biroq, agar
OAV uchun infografika yaratiladigan bo‘lsa, yanada murakkab grafik elementlarni
kiritish va batafsil ma’lumot qo‘shish mumkin
[17]
.
MUHOKAMA
Infografikani yaratish texnologiyalari.
Infografikani yaratishda quyidagi
qadamlarni tavsiya etamiz:
1-qadam
- infografika yordamida erishish kerak bo‘lgan maqsad va vazifalarni
aniqlash (mavzu sohasiga qarab). Shuni hisobga olish kerakki, grafikada haqiqatda
mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rsatish juda oson, mavhum tushunchalarni (fikr va
sharhlar) vizual tekislikka o‘tkazish murakkab jarayonni taqozo etadi.
2-qadam
– infografikaga o‘tkaziladigan ma’lumotni bo‘limlarga, qismlarga,
nuqtalarga ajratish. Har bir bo‘lim alohida rasm yoki grafika bilan taqdim etiladi.
Ishtirokchilarga tanish va tez-tez foydalanadigan to‘g‘ri vizual tasvirlarni tanlash
maqsadga muvofiq.
3-qadam
- fokus yarati, ya’ni infografika quriladigan hikoya, asosiy vizual
metafora bilan tanishish. Bu oddiy va hamma uchun ma’lum bo‘lishi kerak.
Nafaqat tayyor infografikadan foydalanish, balki mustaqil yaratish ham
foydalidir: aloqalar, algoritmlar va diagrammalar chizish, g‘oyalar uchun belgilarni
o‘ylab topish. Infografikani yaratish jarayonida mustaqil ravishda kerakli
ma’lumotlarni olish va uni mustaqil ravishda qayta ishlash kerak. Faqat faktlarni
tizimlashtiribgina qolmay, balki ularni tizimlashtirish natijasini ham vizual tarzda
ifodalash lozim.
Infografikaga murojaat qilganda maqsadni aniq qo‘yishimiz kerak. Shuni esda
tutish kerakki, infografika materialning mazmuniga qat’iy muvofiq bo‘lishi kerak. Har
xil turdagi infografikalardan foydalanganda haddan tashqari ko‘p ob’yektlardan
|
| |