RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2024
Scientific Journal Impact Factor 2023: 5.789 http://sjifactor.com/passport.php?id=22258
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary
Scientific Journal January, 2024
142
KIRISH
Infografika (yoki axborot grafikasi) iborasi inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib,
"ma’lumot yoki ma’lumotlarning vizual tasviri" degan ma’noni anglatadi.
Shundan
kelib chiqib infografika so‘ziga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Infografika
- bu yoritilgan mavzuning mohiyatini
tezda tushunish imkonini
beruvchi minimal qo‘shimcha matnga ega tasvirlar va diagrammalar to‘plami.
Quyidagi misol infografikasi ma’lumotni tez va
aniq yetkazish uchun rang-
barang va ko‘zni qamashtiruvchi grafiklardan foydalanadi.
1- rasm. Infografikaning foydalanish sohalari
O‘ziga xos va ijodiy infografika ko‘pincha eng samarali hisoblanadi. Sababi,
original infografika diqqatni o‘ziga tortadi va sizni e’tiborsiz o‘tib ketishiga yo‘l
qo‘ymaydi. Biroq, infografikani insonlarda nafaqat qiziqish uyg‘otish kerakligi, balki,
ular odamlarga infografika mazmunini tushunish va eslab qolishlariga yordam berishi
kerak. Hozirgi zamonaviy ta’lim sohasida o‘quv materialini esda qolarli qilish uchun
infografikadan foydalanib kelinmoqda.