RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2024
Scientific Journal Impact Factor 2023: 5.789 http://sjifactor.com/passport.php?id=22258
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary Scientific Journal January, 2024
143
Yevropa kartografiyasi davrida jadvalli ma’lumotlar birinchi marta grafika bilan
bog‘langan. Nikolay Orezmskiy geometrik makonni mavhum fizik xususiyatlar (vaqt,
tezlik, harorat) bilan bog‘lash uchun grafikalardan foydalangan holda, uzunlik (vaqt)
va kenglik (tezlik) ga nisbatan ob’ekt harakatining tavsifini kiritadi. 1406 yilda
Iskandariya kutubxonasidagi "Buyuk burilish" kartografiyasi - Kosmografiyaning
yunon qo‘lyozmalaridan nusxalarning nashr etilishi bilan bog‘liq bo‘lib, unda jadval
raqamlari va unda kosmosdagi geometrik pozitsiyalar o‘rtasidagi
munosabatlar
tasvirlangan edi [1, 9, 12].
Yashirin ma’lumotlarni mavjud bo‘lgan versiyada ko‘rsatishga va uning
rasmlarini matn bilan birga qo‘shib tasvirlab bergan Leonardo da Vinchi edi. O‘zining
"Gorizontal aylanish mashinasini yig‘ish va ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalar" (1495)
asarida tasvirlangan ob’ektlarning ishlash printsipi va maqsadini tushuntirib bergan.
Aynan Leonardo da Vinchi tushuntirish grafikasining asoschisi hisoblangan [1].
17-18-asrlarda statistik ma’lumotlarni taqdim etishga alohida urinishlar va turli
xil kuzatishlar amalga oshirildi. Kristian Gyuygensning “o‘lim egri chizig‘i” (1669),
Edmund Halleyning “dengiz sathidan balandligiga qarab atmosfera bosimining
o‘zgarish grafigi” (1686), Iogann Lambertning “tuproq
haroratining mavsumiy
o‘zgarishlar grafigi” (1779) o‘sha davrda eng mashhurlari hisoblangan. 1637 yilda
fransuz matematigi va faylasufi Rene Dekart jadvallarni vizuallashtirishda grafik
yondashuvni rasmiylashtirib berdi [12].
18-asrning o‘rtalarida Uilyam Playfer ma’lumotlar taqdimotida inqilob qildi. U
o‘zining "Tijorat va siyosiy atlas" kitobida diagrammalarning asosiy turlarini kiritdi:
chiziq, maydon, ustun,
chiziq va aylana, shuningdek, qo‘llaniladigan usullar:
hududlarni rang bilan ajratib ko‘rsatish; o‘zgarishlar va tendentsiyalarni ifodalash
uchun chiziqli
qiyaliklardan foydalanish; ko‘rsatkichlarni solishtirish uchun turli
o‘lchamdagi raqamlardan foydalanish; aylanani segmentlarga bo‘lish,
doiralarni
qo‘shish [12].
Uilyam Pleyfeyr ishini ingliz hamshirasi Florens Naytingeyl va fransuz
muhandisi Charlz Minard davom ettirdilar. Ular to‘plangan ma’lumotlar tahlili asosida
o‘z qarashlarini isbotlash uchun diagrammalardan foydalanganlar. Ularning ishi 19-
asrda Angliya va Fransiyaning Rossiya bilan olib borgan urushlaridagi yo‘qotishlarni
statistik tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan. [12].
Urushdan ancha oldin F.Naytingeyl tibbiy statistika bilan shug‘ullangan,
mashhur professorlarning ma’ruzalarini tinglagan va o‘qishni tugatgandan so‘ng o‘z
bilimlarini urushdan keyingi davrda jangovar harakatlar paytida jarohatlangan
askarlarning kasalliklari tufayli yuzaga kelgan o‘lim
sabablarini tahlil qilishda
qo‘llagan. U o‘z natijalarini grafiklar ko‘rinishida taqdim etdi, ularning kichik qismi
oddiy shtrixli grafiklar edi, katta qismi esa o‘zi ishlab chiqqan shaklda taqdim etdi va