|
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2024Bog'liq 4-laboratoriyaRESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2024
Scientific Journal Impact Factor 2023: 5.789 http://sjifactor.com/passport.php?id=22258
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary Scientific Journal January, 2024
146
Infografikaning tamoyillari
Quyida keltirilgan infografika tamoyillari tahlil qilib chiqsak:
1.
Qisqa va “lo‘nda”
Infografikaning asosiy maqsadi muayyan masala yoki muammoni yoritishdir.
Savol shunday shakllan tuzilishi kerakki, u grafik tarzda taqdim etilishi mumkin,
hamda javob qisqa va aniq bo‘lishi kerak. Qisqa va “lo‘nda” infografikalardan
foydalanish uchun qo‘shimcha faktlar yoki ma’lumotlardan qo‘shish mumkin. Ushbu
tamoyilga asoslangan qisqa va aniq infografika, yanada samaraliroq idrok etishga
yordam beradi.
2.
Ijodkorlik
Ijodkorlik infografika va oddiy diagramma o‘rtasidagi asosiy farq shundaki,
taqdim etilayotgan infografika afisha(reklama) ko‘rinishida taqdim etiladi. Ushbu
tamoyilda g‘ayrioddiy tipografiya, rasmlar, piktogrammalar va boshqa elementlardan
foydalanish tavsiya etiladi. Bu esa ijodkorlik va o‘ziga xos dizayn ko‘rinishda
infografikani ajralib turishiga yordam beradi.
3.
Vizualizatsiya
Agar infografika faqat matndan iborat bo‘lib qolishini istamasangiz
vizualizatsiya tamoyilidan foydalanishni tavsiya etamiz. Oddiy ma’lumotlar zerikarli
va ba’zan tushunish qiyinchilik tug‘diradi. Geometrik shakllar, grafikalar,
diagrammalardan foydalanish ma’lumotlarni vizuallashtirishga yordam beradi. Iloji
bo‘lsa, so‘zlarni piktogramma va belgilar bilan almashtirish lozim. Shuni e’tiborga
olish kerakki, bugungi kunda faoliyat olib borayotgan insonlarga oddiy matnga
qaraganda grafik ma’lumotlarni ko‘proq qiziqish bilan qabul qilishadi.
4. Tashkilotchilik
Aniq va yaxshi tashkil etilgan ma’lumotlar har qanday sifatli infografikaning
asosidir. Turli ma’lumot manbalarini solishtirib, olingan ma’lumotlar ob’ektiv va
to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish lozim[17]. Agar taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri
tasvirlansa, eng dizayni kuchli infografika ham ishtirokchilarni o‘ziga jalb qila
olmaydi.
5. Shaffoflik
Ishtirokchilar berilgan ma’lumotlarni chuqurroq o‘rganishlari uchun ularga
imkoniyat yaratish hamda foydalanuvchilarga manbalarni taqdim etib turilsa maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
6. Aniqlik
Infografika yaratishda ehtiyotkorlik bilan yaratish lozim. Ma’lumotni
diagramma yoki grafik ko‘rinishida taqdim etishda xato qilib qo‘ymaslik kerak.
Infografikani avvaldan tasavvur qilish uchun turli shakl va oʻlchamlardan foydalanish
|
| |