|
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2024Bog'liq 4-laboratoriyaRESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2024
Scientific Journal Impact Factor 2023: 5.789 http://sjifactor.com/passport.php?id=22258
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary Scientific Journal January, 2024
148
foydalanmaslik kerak, bu ishtirokchlarning e’tiborini chalg‘itadi va asosiy ma’lumotni
idrok etishga xalaqit beradi. Ishni boshlashdan oldin, kelajakdagi infografika prototip
elementlarini qo‘lda chizilishi mumkin. Keyin infografika yaratishda qaysi dasturdan
foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilish kerak. Bunday dasturni tanlashda N.V.Kubrak
ilmiy maqolasida optimal mezonlarni ajratib ko‘rsatib beradi[18]:
-
infografikani tez yaratish imkoniyati: ko‘p sonli shablonlar, tayyor grafik
elementlarning mavjudligi va boshqalar;
-
har xil shriftlarda lotin alifbosini qo‘llab-quvvatlash. Masalan, mavjud Power
Point dasturidan (Microsoft Office to‘plami) foydalanish mumkin. U slaydlarni
yaratish uchun turli maketlar va mavzularga ega, ammo eng oson yo‘li bu dasturda
infografika yaratish uchun maxsus mo‘ljallangan shablonlardan foydalanishdir.
Masalan, dastur ishlab chiqaruvchi Hubspot kompaniyasi besh turdagi shablonlarni
taklif qiladi:
-
rangli infografika;
- statistik ma’lumotlarga ega infografika;
- qiyosiy infografika;
- Pinterest sayti ruhida ishlangan infografika;
- infografika uchun shablon.
Power Pointning so‘nggi versiyalarida (2019, 2021) SmartArt grafikasi mavjud
(SmartArt yorlig‘ini kiritish tugmasi). Asosan, bu strukturalash uchun vositadir, ya’ni
matnli ma’lumotlar va uni grafik shaklda taqdim etish (tushunadigan shaklda
sxemalar). SmartArt chizmalaridan "blankalar" sifatida ham muvaffaqiyatli
foydalanish mumkin.
Ixtisoslashgan dasturlarda infografikani yaratish qulayroqdir. Quyidagi onlayn
xizmatlardan foydalanishni tavsiya qilamiz: Easel.ly, Piktochart.com va Infogr.am.
Infografika yaratishda Easel.ly dasturini tavsiya qilishimiz
mumkin. Uning
|
| |