• Ключевые слова: газовая смесь, электрохимический, анализаторы, датчик, аналитический сигнал, метан, индикатор, электрод. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
  • RESEARCH FOCUS | VOLUME 3 | ISSUE 5 | 2024 ISSN: 2181-3833
  • Research Focus International Scientific Journal , Uzbekistan https://refocus.uz/
  • ЭЛЕКТРОХИМИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ И АНАЛИЗАТОРЫ КОНТРОЛЯ




    Download 467,94 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana26.05.2024
    Hajmi467,94 Kb.
    #254111
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    02 00 00 – Kimyo fanlari Musayev Muhammadjon Aziz o\'g\'li

    ЭЛЕКТРОХИМИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ И АНАЛИЗАТОРЫ КОНТРОЛЯ 
    СОСТАВА ГАЗОВЫХ СМЕСЕЙ 
    Аннотация:
    Электрохимический сенсор метана – это устройство, генерирующее 
    аналитический 
    сигнал 
    за 
    счет 
    протекания 
    электрохимического 
    процесса. 
    Электрохимические сенсоры позволяют проводить качественный и количественный анализ 
    химических соединений (в том числе метана) в жидкой и газообразной фазе. 
    Чувствительным элементом современных электрохимических датчиков является 
    гальванический элемент, состоящий из двух электродов и электролита. При этом 
    электролит и раствор отделяются от анализируемой газовой фазы мембраной. 
    Ключевые слова: 
    газовая смесь, электрохимический, анализаторы, датчик, 
    аналитический сигнал, метан, индикатор, электрод. 
    TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
    Elektrokimyoviy sensorlar gaz va suyuq faza shu jumladan suspenziyalar tarkibidan CH
    4

    O2, H
    2
    , C12, H2S va boshqa gazlarni aniqlashga imkon beradi. Bu turdagi sensorning 
    afzalliklariga ko‘pchilik gazlarni konsentratsiyaning keng diapazonida o‘lchashi, ishlab chiqarish 


    RESEARCH FOCUS
     
     
     
     
     
    | VOLUME 3 | ISSUE 5 | 2024
    ISSN: 2181-3833
     
    ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (6.577) 
    |
     UIF (8.3)
     
     
     
    Research Focus International Scientific Journal
    , Uzbekistan
    https://refocus.uz/
    korxonalari va uy-joy sektorlari uchun sanitariya normalar darajasidagi konsentratsiyalarni nazorat 
    qilish uchun imkon berishi kiradi. Metanni aniqlovchi elektrokimyoviy sensorlarni boshqa analitik 
    vositalar bilan solishtirganda ulardan o‘zining soddaligi, kichik o‘lchamliligi, arzonligi va boshqa 
    ko‘p parametrlari bo‘yicha qolishmaydi. Elektrokimyoviy sensorlar eng rivojlangan va keng 
    tarqalgan signalni olishda analiz qilinadigan muhitda boradigan kimyoviy jarayonlardan 
    foydalanuvchi asboblar guruhini tashkil qiladi. Elektrokimyoviy sensorlarga potensiometrik
    amperometrik, konduktometrik usullari kiradi. Elektrokimyoviy usullarda kuzatiladigan analitik 
    signallar quyidagilar: 
    - indikator elektrodining potensiali; 
    - belgilangan elektrod potensialida yacheyka orqali o‘tadigan tok miqdori; 
    - elektrolitlar eritmasining elektr o‘tkazuvchanligi va boshqalar. 
    Elektrokimyoviy sensorlar asosan analitik signalni ishlab chiqaradigan kichkina 
    elektrokimyoviy yacheykaning indikator elektrodi ishtirokida elektrokimyoviy qaytarilish yoki 
    oksidlanishga qodir bo‘lgan elektroaktiv moddalarni aniqlash uchun ishlatiladi. Indikator 
    elektrodlari inert (Pt, Pd, Au, Ag) yoki kimyoviy faol (Su, In, Sn) metallar yoki kompleks 
    birikmalar bilan modifikatsiyalangan va ion-selektiv elektrodlar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari 
    sezgir elektrodlar sifatida yupqa qavatli nanokompozitlardan foydalaniladi. Elektrolitlar suyuq 
    (KCl, H2SO4 va boshqa eritmalar, bufer eritmalar), qattiq (ZrO2, A12O3, Sb2O
    5
    ), elektrolitlar 
    bo‘lib ularning eritmasi analiz qilinadigan eritmadan yarimo‘tkazuvchan membrana yordamida 
    ajratilgan bo‘lishi mumkin. Elektrokimyoviy sensorlar yaxshi selektivlikka ega, lekin ular 
    o‘zlarining qator ko‘rsatgichlariga ko‘ra ko‘p komponentli gaz aralashmasi tarkibidan portlovchan 
    birikmalarni aniqlash uchun mos kelmaydi. Biroq ular ko‘pincha multisensorli tizimlarda 
    ishlatiladi. 
    Metanni aniqlovchi termokatalitik sensorning (TKSning) ishlash prinsipi platina simidan 
    tayyorlangan purjinadan iborat termosezgir element yuzasiga qoplangan katalizator ishtirokida
    yonuvchi gazlarning alangasiz oksidlanish jarayonidagi ajralib chiquvchi issiqlik miqdorini 
    nazorat qilishga asoslanadi. Metanni oksidlanishi jarayonida chiqadigan issiqlik platina simini 
    qizdiradi va bu sensorning qarshiligidagi o‘zgarishga olib keladi. Katalitik sensorlarning 
    afzalliklari ularni ishlab chiqarishning soddaligi, kichik o‘lchamli va kam quvvat iste’moli, hamda 
    konsentratsiyani keng oralig‘ida chiqish signalining to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishga egaligi. Metanning 
    konsentratsiyasini aniqlashda odatda ikkita: sezgir elementlari bo‘lgan sensorlar ishlatiladi: 
    Uitston ko‘prigining bir yelkasiga ikkita sezgir element va ko‘prikning ikkinchi qismiga 
    ikkita doimiy qarshilik o‘rnatiladi. 
    Metanni aniqlovchi katalitik sensorlar yonuvchan gazlarga yaxshi selektivlikka ega, ammo 
    ular dastlab faqat metan uchun kalibrlanganligi sababli boshqa yonuvchan gazlar uchun natijalarni 
    qayta hisoblash talab etiladi. Bunday turdagi sensorlar yonuvchan gazlar va bug‘larni portlovchan 
    konsentratsiyasini aniqlash uchun yaxshi ishlaydi. Ularni yonuvchan gazlarga nisbatan selektivligi 
    (ular CO
    2
    , H
    2
    sezgir yonmaydigan birikmalarga signal bermaydi) ularning asosiy afzalligi 
    hisoblanadi. Narxlarining pastligi ishlatish uchun qulayligi ulardan atrof-muhit atmosfera havosi 
    tarkibidan portlovchan gazlarni nazorat qilishda foydalanishga imkon beradi. Birinchi 
    termokatalitik sensorlardagi reaksiya kamerasi ichki diametri taxminan 15 mm va balandligi 15-
    20 mm bo‘lgan ikki qavatli metall setkadan iborat bo‘lgan. Hozirda ishlab chiqarilayotgan 
    termokatalitik sensorlarning o‘lchamlari sezilarli darajada kichik. Reaksiya kamerasining ichki 
    diametri 5-6 mm bo‘lgan keramika yoki metal keramikadan tayyorlanadi. Ishlash va 
    kompensatsion elementlari, odatda, Uitson ko‘prigining bir tomoniga joylashtiriladi. 



    Download 467,94 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 467,94 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ЭЛЕКТРОХИМИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ И АНАЛИЗАТОРЫ КОНТРОЛЯ

    Download 467,94 Kb.
    Pdf ko'rish