• Research Focus International Scientific Journal , Uzbekistan https://refocus.uz/
  • Research focus




    Download 467,94 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana26.05.2024
    Hajmi467,94 Kb.
    #254111
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    02 00 00 – Kimyo fanlari Musayev Muhammadjon Aziz o\'g\'li

    RESEARCH FOCUS
     
     
     
     
     
    | VOLUME 3 | ISSUE 5 | 2024
    ISSN: 2181-3833
     
    ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (6.577) 
    |
     UIF (8.3)
     
     
     
    Research Focus International Scientific Journal
    , Uzbekistan
    https://refocus.uz/
    Oksidlanuvchi gazlarning katalizatorlar ishtirokida geterogen oksidlanish reaksiyasi kinetik va 
    diffuzion oblastlarda o‘tishi mumkin. Kinetik oblastdagi oksidlanish reaksiyasining tezligi odatda 
    metan va kislorodning hajmiy molyar konsentratsiyalarining ko‘paytmasi sifatida ifodalanadi. 
    Metan konsentratsiyasi 9% dan ortiq bo‘lgan qiymatlarida, havo kislorodi reaksiya tezligini 
    aniqlaydigan limitlovchi komponentga aylanadi. Shuning uchun bu usulni qo‘llashning asosiy 
    sohasi metanning portlashgacha bo‘lgan (0 - 5%) dagi konsentratsiyasi hisoblanadi. Keng 
    diapazonda yonuvchan gazni aniqlovchi analizatorda bitta ko‘prik sxemasiga ega bo‘lgan 
    termokatalitik metan sensor (TKS-CH
    4
    )ishlatiladi.
    Bugungi kunda ko‘plab tadqiqotchilarning harakatlari yangi konstruktiv yechimlarni ishlab 
    chiqish, yangi materiallar va texnologiyalarni qo‘llash hisobiga metanni aniqlashda ishlatilgan 
    termokatalitik sensorlarning hususiyatlarini yaxshilashga qaratilgan, bu ularning ishlatilish 
    chegaralarini kengaytirishga yordam beradi. TKS uchun qo‘yiladigan asosiy talablarga uning 
    metanni aniqlashda yuqori sezuvchanlik, selektivlik, tezlik va barqarorlikka ega bo‘lishi kiradi. 
    TKS sezgir elementini shakllantirishning eng universal usullaridan biri zol-gel texnologiya 
    usulidir. 
    Termokatalitik sensorlarning sezgir elementi sifatida Ti, Zn, Co oksidlari qo‘llaniladi. 
    Titan oksididan foydalanishga asoslangan sensorlarning xarakterli xususiyatlaridan biri bu 500 °C 
    dan yuqori temperaturalarda o‘rganilayotgan gazlarga nisbatan yuqori sezuvchanligidir. Metall 
    oksidlari asosidagi termokatalitik sensorni ishlab chiqarish texnologiyasi, zol-gel usulni 
    qo‘llanilishiga asoslangan. Sensorlarning sezgirligini oshirish usullaridan biri gazga sezgir 
    qatlamga samarali katalizatorlarni kiritishdan iborat bo‘lib, bunda qo‘llaniladigan eng faol 
    katalizatorlarga palladiy va platina kabi metallarni kiritish mumkin. Hozirgi kunda gaz sezgir 
    qatlami TiO
    2
    dan foydalanib tayyorlangan termokatalitik sensorlar metanga sezgir bo‘lishi 
    aniqlangan. Metanga nisbatan maksimal sezgirlikka ega bo‘lgan TKS zol-gel eritmaning 
    bug‘latish natijasida olingan TiO
    2
    kukunining anataz modifikatsiyasidan foydalanib olingan 
    sensordir. Gazlar tahlili amaliyotida termokatalitik sensorlar metandan tashqari CO, H

    uglevodorod bug‘lari singari boshqa yonuvchan komponentlarni aniqlashda ham qo‘llaniladi. 
    Ushbu ishlarda ishlab chiqilgan termokatalitik is gazini aniqlovchi termokatalitik sensorlar GA-
    CO avtomatik gaz analizatorlari tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti sinovidan 
    muvoffaqiyatli o‘tgan. Benzinli dvigatellar bilan ishlaydigan avtomobillarning chiqindi gazlari 
    tarkibidan CO ni aniqlash uchun mo‘ljallangan GA-CO avtomatik gaz analizatoriga 64-16096982-
    01-97 raqamli O‘zbekiston Respublikasining texnik shartlari ishlab chiqarilgan. GO-CO uchun 
    o‘lchov asbobi sifatida 01/065 sonli O‘zbekiston Respublikasini, 301-sonli Qozog‘iston 
    Respublikasini va 41/01/145 sonli Qirg‘iziston Respublikasini sertifikatlari olingan. Asbob is 
    gazini konsentratsiyani 0-5,0 %, o‘lchov oralig‘ida ruhsat berilgan asosiy xatolik chegarasi (±0,25 
    haj.%) aniqlashga imkon beradi. 
    XULOSA 
    Metanning portlaydigan konsentratsiyasini nazorat qilish bo‘yicha mavjud adabiyot 
    ma’lumotlarini tahlil qilish quyidagi xulosalarga olib keladi: 
    -metan konsentratsiyasini ishonchli nazorat qilish imkonini beruvchi hozirgi kunda ishlab 
    chiqarishda mavjud termokatalitik gaz analizatorlar portlashgacha bo‘lgan past konsentratsiyadagi 
    metan bo‘lgan gazli muhitda uzoq muddat ishlatilganidan so‘ng yoki yuqori konsentratsiyali 
    metanning gaz aralashmasining nazoratidan so‘ng o‘zining hususiyatlarini sezilarli darajada 
    o‘zgartiradi; 



    Download 467,94 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 467,94 Kb.
    Pdf ko'rish