• ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
  • ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 |




    Download 189,13 Kb.
    bet2/5
    Sana16.02.2024
    Hajmi189,13 Kb.
    #157560
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    rivojlanishda-nuqsoni-bolgan-bolalarni-o-rganish-va-tasviriy-faoliyat-jarayonida-nutqini-rivojlantirish

    ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

    reabilitatsiya markazlari, rivojlantirish markazlari, aralash guruhlar ochilgan. Shuningdek, umuta‟lim maktabgacha ta‟lim muassasalarida, umumta‟lim maktablarda psixik va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni uchratish mumkin.


    Ushbu nuqsonlarning ko'rinishi turlicha bo'lishi mumkin. Son jihatdan yirik bo'lgan guruhni harakatlanish, sensor yoki intellektual sohalarda nuqsonlari aniq ifodalanmagan: eshitishda, ko'rishida, fazoviy-idrok tassavurlarida, harakat-tayanch apparatida, fonematik idrokida nuqsoni bo'lgan, hissiy-irodaviy buzilishli, nutqiy rivojlanishida kamchiliklarga ega, xulq buzilishlariga ega, psixik rivojlanishi orqada qolgan, somatik sust bolalar tashkil etadi. Yaqqol ifodalangan psixik yoki jismoniy rivojlanishdagi nuqsonlar maktabgacha yoshda aniqlansa, yengil nuqsonlar uzoq vaqt mobaynida e ‟tiborsiz qoladi.


    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOGY


    Rivojlanishdagi nuqsonlarni tashxis qilish uch bosqichni o'z ichiga oladi:
    Birinchi bosqich - skrining nomini olgan. Ushbu bosqichda bola rivojlanishidagi orqada qolish, psixik-jismoniy kamchiliklari aniqlanadi, lekin ularning xarakteri va chuqurligi belgilash murakkab bo'ladi.
    Ikkinchi bosqich - rivojlanishdagi nuqsonlarni differensial tashxis qilish. Ushbu bosqichning maqsadi rivojlanish nuqsonini turini (xil, toifasini) aniqlash. Uning natijalariga ko'ra bolaning imkoniyat va xususiyatlarini hisobga olgan xolda, ularning ta‟lim olishlari uchun ta‟lim muassasasini turi va dasturi, optimal pedagogik yo'llanmasi aniqlanadi. Psixologo-tibbiy-pedagogik komissiyaning faoliyati differensial diagnostikada yetakchi rolni egallaydi.
    Uchinchi bosqich - fenomenologik. Uning maqsadi - bolaning individual xususiyatlari, ya‟ni tafakkur faoliyatining xarakteristikasi, hissiy-iroda doirasi, ishchanlik qobiliyati, shaxsi o'rganilib u bilan ishlash bo'yicha korreksion rivojlantiruvchi individual shart-sharoitni tashkillashtirishdir.
    Ma'lumki, nutq-odamlarning til vositasi bilan aloqa bog„lashlaridir. Odam nutq orqali munosabatga kirishib, o„zining bilimlarini faqat yakka tajriba hisobiga emas, balki juda ko„p avlod-ajdodlar tomonidan to„plangan ijtimoiy tarixiy tajriba hisobidan ham boyitadi. Nutq barcha aks ettirish jarayonlari kabi har bir odamning yakka hayoti davomida o„zlashtiriladi. Bola dastlabki nutqni egallayotgan davrda uning nutqi tovushlarga bo„lgan reaktsiyasi juda umumlashgan xarakterga ega bo„ladi. Bolani nutqi rivojlanayotganda, u atrofdagi odamlar muloqoti ta'siri
    ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

    yuzaga keladi. ENB bolalar eshitish analizatori turqun pasayganligi tufayli ularning nutqida ko„pgina kamchiliklar kuzatiladi, lug„atining kambag„al bo„lishi, gramatik komponent rivojlanmagan, gap ichida so„zlarni tashlab ketishi, so„zlardagi tovushlarni tushirib talaffuz etish, so„zlarni o„zaro boqlay olmaslik, kelishik, so„z yasovchilarni, so„z o„zgartiruvchi qo„shimchalarni ishlata olmaslik, o„xshash jarangli va jarangsiz undoshlarni bir-biri bilan adashtirish shular jumlasidandir. ENB bolalar maktabida ta'lim tizimining bosh maqsadlaridan birini yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etgan xolda nutqini muloqot quroli sifatida shakllantirishdir. Nutqini shakllantirish va nutqini logik idrok eta olishni faqatgina nutq o„stirish darslarida emas, balki har bir darslarda, to„garaklarda lug„at boyligi oshirib boriladi. Birinchi sinfda o„quvchilarga qoyiladigan talab, nutqiy materialni og„zaki daktilda talaffuz qilish orqali lug„at boyligi oshiriladi. Muloqot malakasini xosil qilish asta-sekin nutq materialini atrofdagi odamlar bilan o„zaro bir-birlarini tushunish uchun zarur. Har bir chorak uchun mavzudan kelib chiqqan tholda nutqiy material beriladi. S.A.Zikovning ta'kidlashicha, kar bolalarni tilga o„rgatish ishining maqsadga muvofiq sistemasini kommunikativ funktsiyasini amalga oshirish kerakdir. Bunda har bir yil uchun tuzilgan reja, dastur o„quvchilarning nutq egallashlari amal qilgan holda o„zlashtiriladi. Har bir so„z va so„z birikmasi o„zida kommunikativlik ma'suliyatini olgan bo„ladi.


    Surdopedagog o„quv jarayoniga asosiy ta'sir etuvchi shaxsdir, u o„qitishning har bir bosqichida dastur talabiga asoslangan holda o„quv jarayonlarini tashkil etadi. Ularga rahbarlik qiladi. Sog„lom bolalar kabi kar va zaif eshituvchi bolalar nutqini egallashni, o„z atrofdagi odamlarga taqlid qilishdan boshlaydilar. Kar bolalarni taqlidi nutq organlarini xarakatini ko„rish orqali egallashlariga asoslanadi. Zaif eshituvchi bolalarni nutqga o„rgatishda ularning atrofdagilardan eshitgan so„zlaridan foydalanadilar. Shuning uchun surdopedagog o„zining nutqiga talabchan bo„lishi kerak. Lekin o„quvchilarning imkoniyatiga qarab so„zlarni qisqartirish, birlashtirish mumkin emas. Bu talablar nutqiy malakani oshirishning hamma turlari uchun qo„llaniladi. Tasviriy faoliyat darslarida kar va zaif eshituvchi o„quvchilar qanday faoliyatga kirishsalar, qanday predmetni chizishlari va qaysi o„quv qurollaridan foydalanish bosqichlari albatta surdopedagog tomonidan nutqiy boshqarilib boriladi. Har qanday faoliyat ENB bolalarni nutqini aktivlashtirish, shakllantirishga, lug„atini boyitishga qaratilgan. O„qituvchi har bir dars uchun lug„at tanlashi kerak. Lug„at tuzishdan oldin o„qituvchi sinfdagi o„quvchilarni eshitish darajasini xisobga olishi kerak. Lug„at boyligini oshirish quyidagicha amalga oshiriladi.
    Nutqni rivojlantirish surdopedagog tomonidan bolalarda
    predmetning katta-kichikligi, shakli tushunchalari shakllanadi.

    Download 189,13 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 189,13 Kb.