“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/352
Sana23.01.2024
Hajmi44,19 Mb.
#143802
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   352
Bog'liq
46-44-PB

 
 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN 
UZBEKISTAN” JURNALI 
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER 
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 
203 
mas’uliyat yuklasa, ikkinchi tomondan yoshlarga oid maqbul siyosat yuritish 
natijasida ulkan imkoniyatlar ham beradi.
2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati 
to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama qo‘llab 
quvvatlashning huquqiy mehanizmlarini yaratish sohasida tub burilish bo‘ldi desak 
mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.Mirziyoevning bevosita tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “2017–2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi”ning ijtimoiy sohani rivojlantirish deb nomlangan ustuvor 
yo‘nalishining 
beshinchi 
bandida 
Yoshlarga 
oid 
davlat 
siyosatini 
takomillashtirishga oid bandlar ko‘rsatilgan. Jumladan, 
- jismonan sog‘lom, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega, 
Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini 
oshirish; 
- o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga 
joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish; 
- yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-
maishiy shart-sharoitlar yaratish kabi bir qancha vazifalar belgilangan.
Bir so‘z bilan aytganda, yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi 
yo‘lida zamonaviy, qulay shart-sharoitlarni yaratib berish uchun
O‘zbekiston bor kuch-imkoniyatlarini ishga solmoqda. Maqsad Uchinchi Renessans 
poydevorini yaratish, mamlakatimizni dunyoning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga 
chiqishi uchun tashabbuskor yoshlarni tarbiyalashdan iborat.
Shu bilan bir qatorda yurtimizda ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi sa’y-
harakatlarni tizimli asosda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning ilgari 
surilishi O‘zbekiston tarixida yoshlar ta’lim-tarbiyasi bo‘yicha yana bir yangi 
bosqichni boshlab berdi. Xususan, yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va 
san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, ularning sport sohasida 
qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirish, 
yoshlarni kompьyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil 
etishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, 



Download 44,19 Mb.
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   352




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish