|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 197/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
225
qoplangan. Kalta oyogʻida siyrak jun bor. Qulogʻi katta, juni siyrak (ayrim
turlariniki junsiz) ularning bizga 60 turi maʼlum bo‘lib, ular yer yuzida keng
tarqalgan. Oʻzbekistonda ombor, yaʼni kulrang kalamush va turkiston kalamushi,
Turkmanistonda qora kalamush keng tarqalgan. Ombor Kalamushiining boʻyi 25 sm
cha, dumi nisbatan kaltaroq, kam jun, koʻpincha tangachalar bilan qoplangan, malla
yoki jigarrang aralash koʻngʻir tusli, korni xira oq ranglarda bo‘ladi. Ular yer yuzida
keng tarqalgan. Vatani — Sharqiy Xitoy.
Oʻzbekistonda Ikkinchi jahon urushi davrida paydo boʻlgan. Urushdan
keyingi yillarda Toshkentda ariq boʻyi, molxona, omborlarda kulrang kalamushlar
keng tarqalib, turkiston kalamushini siqib chiqardi. Ombor kalamushi juda serpusht
ya’ni ko‘p bolalaydi. Urgʻochisi yilda 3 marta, har gal 1 — 15 tadan bolalaydi.
Bolasi 3—4 oyda voyaga yetadi. Ularning sut bilan oziqlanish davri 2-4 oyni tashkil
etadi. Kalamush bolalarining voyaga yetishi juda tez. Kalamushlar hayvonlar
murdasi, oʻsimliklar va ularning qoldiqlari bilan oziqlanadi. Oziq-ovqat, donlarga,
baʼzan moʻyna, gazmollarga zarar yetkazadi. Albinos formasi (oq kalamush)
labaratoriya hayvoni hisoblanib, ko‘plab tajribalarda ishlatiladi. Turkiston
kalamushining boʻyi 12—23 sm, dumi boʻyiga teng . Rangi ombor kalamushiga
oʻxshaydi, ammo qorin qismi oq tusda gbo‘ladi.
Shimoliy Hindiston va Oʻrta Osiyo togʻlarida yashab, koʻpincha
yongʻoqzorlarda daraxt ildizlari ostida va turli kovaklarda uya yasaydi. Juda
serpusht. Bir yilda 4— 5 marta 2—13 tadan bolalaydi. Har xil oʻsimlik va mayda
jonivorlar bilan oziqlanadi. Togʻda mevalarga zarar yetkazadi. Kalamushlar ko‘plab
oʻlat kabi yuqumli kasalliklarni tarqatadi. Qora kalamush gavdasining uz. 13—19
sm, dumi 13,5—23 sm vatani — Hindiston. Bu yerdan hamma qitʼalarga oʻtgan.
Oʻrta Osiyoda faqat Turkmanistonda uchraydi. Yilda 3—5 martadan 4—13 tagacha
bolalaydi.
Yangi tug’ilgan kalamushlarda tana vazni 4,58 g dan 5,86 g gacha, o‘rtacha
5,0 ± 0,0928 g. Tana uzunligi (peshona-dum uzunligi) 3,83 dan 4,82 sm gacha,
o‘rtacha 4,4 + 0,0742 sm. Moyaklar asosan qorin bo‘shlig’ida va chov-yorg’oq
kanalida joylashib, yumaloq-oval shaklga ega. Moyaklarning vazni 0,015 dan 0,027
g gacha, o‘rtacha 0,02 + 0,0007 g, moyaklar uzunligi 0,27 dan 0,39 sm gacha,
o‘rtacha 0,34 + 0,078 sm, qalinligi esa 0, 17 dan 0,26 sm gacha, o‘rtacha - 0,21 +
0,0070 sm, moyaklar hajmi 0,008 dan 0,013 sm3 gacha, o‘rtacha - 0,01 + 0,0004
sm3 ga teng.
|
| |