• Tadqiqot metodologiyasi
  • Kirish: Asalari qanotinining tuzilishi




    Download 44,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet249/352
    Sana23.01.2024
    Hajmi44,19 Mb.
    #143802
    1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   352
    Bog'liq
    46-44-PB

    Kirish: Asalari qanotinining tuzilishi pardaqanotli hasharotlar orasida, ularni 
    harakatlantiruvchi vosita bo‘lib, ular asalari oyoqlariga hech qanday taaluqli 
    bo‘lmay, alohida holda vujudga kelgan. Asalari qanotlari g‘umbaklik davridan 
    boshlanib, uning tomirlanishi ko‘zga tashlanib, tanadagi qon aylanish sistemasiga 
    tutashgan bo‘ladi. Asalari qanoti ikki juft bo‘lib, o‘rta va orqa ko‘krak bo‘g‘imning 
    o‘simtasi hisoblanib, uchburchak shakldagi, pardalardan iborat. Qanotlari ingichka 
    tomoni bilan ko‘krak bo‘limiga birikib turadi. Qanot ko‘krakka birikkan joyiga xitin 
    plastinkalar-skleritlar joylashgan. Oldingi qanotining asosida to‘rtta sklerit mavjud. 
    Asalari qanoti ikki xil-to‘g‘ri va qiyshiq muskullar yordamida harakatlanadi. 
    To‘g‘ri muskullar bevosita qanotning asosiga birikadi va ular yordamida uchish 
    vaqtida oldinga, uchmagan vaqtida orqaga harakatlanadi. Qiyshiq muskullar juda 
    yaxshi rivojlangan, ko‘krakning asosiy qismini egallaydi. Ular qanotning asosiga 
    birikmaydi. Qiyshiq muskullar ko‘krakning yon tomoniga yaqin joylashgan orqa 
    qorin muskullariga va ular o‘rtasiga joylashgan ko‘ndalang muskullarga bo‘linadi.
    Tadqiqot metodologiyasi: Asalarining orqa qorin muskullari qisqarganda
    ko‘krakning orqa yarim halqasi pastga tushadi va qanotning asosi pastga tortilib, 
    qanot pardalari yuqoriga ko‘tariladi, ko‘ndalang muskullar qisqarganda, orqa yarim 
    halqa do‘ngroq ko‘tarilib, qanot tomiri va uning pardasi pastga tushadi. O‘rta 
    ko‘krakdagi pastki yarim halqaning ustki chetidagi do‘nglik yordamida, qanotning 
    tashqi cheti yuqoridan pastga qarab, murakkab harakat qiladi. Orqa qanotlarining 
    orqa-qorin va ko‘ndalang muskullari bo‘lmaydi.


     
     “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN 
    UZBEKISTAN” JURNALI 
    VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER 

    Download 44,19 Mb.
    1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   352




    Download 44,19 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish: Asalari qanotinining tuzilishi

    Download 44,19 Mb.
    Pdf ko'rish