|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 271/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
305
Soya unining kaloriyasi bug‘doy uniga nisbatan yuqoriroq bo‘lib, 100 g soya
unida 450 kaloriya, bug‘doy unida 360 kalariya, mol go‘shtida 138 kaloriya, 100g
tuximda 162 kaloriya va shuncha sigir sutida 66 kaloriya hosil bo‘ladi. Soya uni
lizinga boyligi bo‘yicha quruq hamirturish, quruq sutlardan keyingi uchunchi
o‘rinda baholanadi va bu undan barcha oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqariladi,
ayniqsa yog‘sizlantirilgan soya uni (soya izolyati) dan ko‘plab oziq ovqatlarga
konservalarga, bolalar ozuqasiga qo‘shilsa, ularning sifatini yaxshilaydi, uzoq vaqt
saqlanishini taʼminlaydi.
Soya suti: soya donidan tayyorlanadigan oppoq, qaymoq rang, parxez
ichimlik. Bu sutni uy sharoitida tayyorlash uchun 1,0 kg tozalangan soya donini,
suvda yuvib, 6-8 soatga sovuq suvda ivitiladi. Bo‘rtgan soya donlarini go‘sht
maydalagichdan 2-3 marta o‘tkaziladi, hosil bo‘lgan “qiyma”ni, oldindan tayyorlab
qo‘yilgan qaynatilgan 5-6 l suvga aralashtiriladi va bu aralashmani 2 qavatlik
dokada suzilib soya suti tayyorlanadi. Uni past olovda qaynatiladi, bu sutdan
tvorog-tofu, qatiq, har-xil ovqatlar, muzqaymoq, moyonez va x.k larni tayyorlash
mumkin.
Soya donining yana bir muhim mahsuloti-bu ekologik toza o‘simlik moyi
bo‘lib, bu moy tarkibida xolesterin, mutlaqo yo‘qligi bilan alohida ahamiyatga ega,
soya doni moy ishlab chiqarish sanoat korxonalari uchun muhim hom-ashyodir va
uning moyi nafaqat oziq-ovqatda balki, sovun, lak bo‘yoq, lenoleum, plastmassa va
boshqa ko‘plab mahsulotlar ishlab chiqarishda ham muhim o‘rin egallaydi.
Soya o‘simligining oxirgi qoldig‘i hisoblangan soya somoni maydalanib,
barcha turdagi chorva mollariga omuxta yem sifatida foydalanishga yaroqlidir,
chunki uning 100 kg 38-42 ozuqa birligiga teng bo‘lib, tarkibida o‘rtacha 5,8-6,2 kg
gacha hazm bo‘ladigan protein saqlaydi.
Xorazm viloyati xududiy joylashuvi va mintaqalariga ko‘ra o‘ziga xos tuproq
va iqlim sharoitiga ega. Shu sababli ham soya ekinini ekilishini
rejalashtirilayotganda navlarni joylashtirishga alohida eʼtibor berish kerak. Shu
bilan bir qatorda yangi istiqbolli navlar uchun qo‘llaniladigan yangi agrotexnologik
tadbirlar majmui shu joyning tabiiy sharoitidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilib,
soya ekadigan dehqon fermerlarga tavsiya etilishi kerak.
Soya ekinidan yuqori va sifatli hosil olishning asosiy yana bir garovi bu
ekishga yerni sifatli tayyorlash, mintaqaning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olib
nav tanlash, sifatli urug‘lik, ekish muddat va meʼyorlari, sifati hamda soya
|
| |