|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 269/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
303
tupоni, kо‘k pоyаsi, silоsi оzuqа sifаtidа chоrvа mоllаrigа bеrilаdi. Sоyа –
dukkаkdоshlаr оilаsigа mаnsub bir yilllik mоyli, dukkаkli dоn еkinlаr sirаsigа
kirаdi. Soya hozirgi kundagi asosiy masala - oqsil tanqisligini hal etishda eng muhim
manbalardan biri hisoblanadi. Soya oqsili o‘zining kimyoviy tarkibi jihatidan
hayvon oqsiliga o‘xshash bo‘lgani uchun ham barcha rivojlangan mamlakatlarda
soya yetishtirishga juda katta e‘tibor berilmoqda. Yaponiyada sholi va sabzavot
ekinlaridan keyin soya bilan band bo‘lgan yerlar o‘z kattaligi jihatidan uchinchi
o‘rinni egallaydi. Yaponiya chet ellardan ham ko‘p miqdorda soya sotib olmoqda.
Keltirilgan donlar turli maqsadlar uchun foydalanilmoqda. Hozirgi kunda ipak qurti
tutishda soya donidagi oqsildan foydalanilmoqda. Yapon mutaxassislari tomonidan
tayyorlangan sun‘iy oziqning 67 foizi soya oqsili, 2 foizi soya yog‘i, limon kislotasi,
B guruh vitaminlari va boshqa turli qo‘shimchalardan iborat. Yaponiyada bir yilda
besh marta ipak qurti boqiladi va bunda soyadan tayyorlangan sun‘iy oziq katta ro‘l
o‘ynaydi. Soya donidan, shuningdek sifatli oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadi.
Yaponiyada yaratilgan soya navlari tarkibida oqsil yuqori bo‘lishi bilan boshqa
mamlakatlarda yetishtirilgan soya navlaridan ajralib turadi. O‘zbekistonda borgan
sari iqtisodiy islohotlar chuqurlashib, bozor munosabatlari asosida yangi mustaqil
milliy iqtisodiyotni barpo etish jarayonlari tezlashmokda. Mustaqillikning dastlabki
yillaridayoq mamlakatimizda tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning o‘ziga
xos yo‘li tanlandi. Bu yo‘l O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom
Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta asosiy tamoyilda o‘z aksini topgan
bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning siyosiy va ijtimoiy larzalarsiz, bosqichma-
bosqich taraqqiyotni ta‘minlab borishni nazarda tutadi. Bu yo‘l MDH davlatlari
orasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda o‘tishdavrining o‘zidayoq iqtisodiy
barqarorlikni ta‘minlabgina qolmay, mamlakatni iqtisodiy o‘sish sari olib chikdi,
kelgusida xalq xo‘jaligining yanada jadalroq rivojlanishi uchun mustahkam zamin
yaratadi. Dukkakli don ekinlari Respublikamiz iqtisodiyotida muhim o‘rinni
egallaydi. Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish
dukkakli ekinlarning turli xillarini yetishtirishni va ularning hosildorligini oshirishni
talab qiladi. Dukkakli ekinlar birgina oziq-ovqat muammosini hal qilib qolmay,
tuproq unumdorligini oshirishda muhim ro‘l o‘ynaydi. Ularning ildizida tuganak
bakteriyalar rivojlanib, ildiz bilan simbioz holda havodagi erkin azotni o‘zlashtiradi
va o‘zlarini o‘sishi, rivojlanishi uchun azotga bo‘lgan ehtiyojini 70-75% qondiradi
va mavsumda tuproqqa 60-80 kg biologik azot qoldiradi
|
| |