“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/352
Sana23.01.2024
Hajmi44,19 Mb.
#143802
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   352
Bog'liq
46-44-PB

 
 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN 
UZBEKISTAN” JURNALI 
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER 
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 
304 
Soya iqtisodiyot uchun juda foydali ekin bo‘lib, soya oqsilidan ekologik toza 
sifatli moy, tarkibida letsitin moddasi saqlaydigan tuxum kukuni, qon plazmalari, 
ko‘zoynaklar uchun sifatli linzalar olinadi. Bundan tashqari, jun gazlamalar ishlab 
chiqariladi. Ularni haqiqiy junli matolardan ajratish mushkul. Soya qimmatbaho 
oziq-ovqat, yem-xashak va texnik maqsadlarda keng ishlatiladigan o‘simlik. 
Qimmatliligi yana shundan iboratki, soya doni tarkibida ham oqsil (40-48%) ham 
moy (22%) eng ko‘p bo‘ladi. Bu ko‘rsatgich boshqa hech bir o‘simlikda qayd 
qilinmagan.Chorvachilikda soya mahsulotlari eng sifatli va to‘yimli ozuqa 
hisoblanib, tarkibidagi proteniga ko‘ra, 100 kg soya doni 134,8 ozuqa birligini 
saqlaydi. Bu ko‘rsatkich boshqa bironta donli yoki dukkakli ekinda uchramaydi. 
Uning quruq poyasi ham beda pichaniga qaraganda to‘yimliroq. Zavodlarda moyi 
ajratib olingandan so‘ng qolgan soya shroti tarkibida 14 xil aminokislota mavjud 
bo‘lib, ushbu moddalar parrandachilikda keng foydalanildi. Soya oqsili ipak qurti 
uchun ham noyob ozuqa hisoblanadi. Bir yilda besh marta ipak qurti boqiladigan 
Yaponiyada soya oqsilidan tayyorlangan suyultirilgan pastalardan foydalaniladi.
Soyadan ishlab chiqariladigan asosiy mahsulotlar - bu soya uni va soya moyidir. 
Soya uni qandolatchilik mahsulotlari, to‘ldiruvchilar, go‘sht, sut, pishloq o‘rnini 
bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Moyi esa oziq-ovqatda, 
mayonez, margarin ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ko‘pgina olimlar va ishlab 
chiqaruvchilar «soya - oziq-ovqat, yem-hashak va kelajak” deyishadi. Soya 
yordamida to‘la qimmatli o‘simlik oqsili ishlab chiqarish muammosi hal etiladi. 
Soya uni: yog‘sizlantirilgan soya uni (izolyati) ni non va non mahsulotlari 
ishlab chiqarishda qo‘llash, nonlarning sifatini yaxshilash orqali, nonning kunlik 
sarfini kamaytiradi, soyalik nonlar uzoq vaqt qotmaydigan bo‘ladi, ko‘rinishi 
chiroyli bo‘rsildoqligi ortadi.
Hattoki, honadonlarimizda tayyorlanadigan nonlarimizning uniga 8-10 foiz 
soya unidan qo‘shib ishlatish nonlarimizni sutga tayyorlaganni o‘rnini bosadi, 
tandirdan juda chiroyli bo‘lib chiqadi, 8-10 kungacha bu nonlar qotmaydi. Doimiy 
shunday non isteʼmol qilishlik xalqimizni birinchi navbatda ayollarimizni, 
bolalarimizni tanalaridagi oqsilga bo‘lgan taqchillikni maʼlum darajada 
kamaytiradi, kamqonlikni oldini oladi, chunki xalqimizning barcha qatlamlarida 
ham har kuni eng ko‘p ishlatiladigan mahsuloti non bo‘lib hisoblanib soyalik non 
bilan maʼlum miqdorda oqsil qabul qilinishiga erishamiz. 



Download 44,19 Mb.
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   352




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish