• 3. Ssp indochinensis (Enk) Kors.
  • 4 Ssp. Manshurica (Enk). Kors.
  • Ssp soya (Sieb et Zuss) Kors




    Download 44,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet277/352
    Sana23.01.2024
    Hajmi44,19 Mb.
    #143802
    1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   352
    Bog'liq
    46-44-PB

    1.Ssp soya (Sieb et Zuss) Kors. Boshqacha nomi (sinonim) G ussuriensis 
    Reg and Maack–yovvoyi o‘suvchi yoki ussuriyali kenja tur. Poyasi ingichka
    chirmashuvchi, kuchli yotib qoluvchan . Barglari kichik, tuxumsimon (oval) 
    shakllaridan to lantset shakligacha. Gullari binafsha rangli, kichik, shingili kalta, 
    dukkaklari kichik, pishganda yoriladi. Urug‘lari to‘q jigar yoki deyarli qora rangli. 
    1000 tasining vazni 20–30g. Xitoy, Koreya, Yaponiya, Xindiston, Mo‘g‘uliston, 
    Rossiyaning uzoq Sharqida tarqalgan. Tarkibida to‘rtta tur xili mavjud. 


     
     “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN 
    UZBEKISTAN” JURNALI 
    VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER 
    ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 
    311 
    2. Ssp. gracilis (Skv) Kors. –madaniy kenja tur. Yovvoyi o‘sadigan soyadan 
    so‘ng uning shakllari sp. G soya ning orasida birmuncha soddaroqdir. Priamure, 
    Manchjuriya va Shimoliy Xitoyda begona o‘t bo‘lib tarqalgan. To‘rtta tur xili 
    mavjud. 
    3. Ssp indochinensis (Enk) Kors. – xindixitoy kenja turi. O‘rta bo‘yli va 
    o‘ta baland bo‘yli (2m gacha), ko‘p shoxlanuvchan, kechpishar shaklli. Poyasi va 
    shoxlari ingichka bo‘lib chirmashish va yotib kolish kobiliyatiga ega. Yoyilib 
    o‘sadigan shakllari bor. Barglari mayda, barglanishi yuqori. Aksariat shakllarining 
    urug‘i qora to‘sli. Past bo‘yli madaniy shakllarining urug‘i tarkibida ko‘p miqdorda 
    oqsil (39–44,5 %) saqlanadi. Kenja tur tarkibida 28 tur xillari mavjud. Bu kenja tur 
    ko‘p jihatdan odam ta'siri ostida shakllangan. Shu bilan birga ekilib kelinayotgan 
    shakllari orasida o‘ta ko‘p miqdordagi dominant belgililari mavjud. 
    4 Ssp. Manshurica (Enk). Kors. - Manchjuriya kenja turi. Shakllari o‘rta 
    bo‘yli (60–95 sm), shoxlanishi o‘rtacha yoki balandroq. Poyalari o‘rta yo‘g‘onlikda, 
    qisman ingichka. O‘sish tipi (xili) oraliq. Shingillari kamgulli, kaltadan -
    o‘rtachagacha. Urug‘lari ham o‘rtacha (1000 tasining vazni 110-260 g), tarkibida 
    39-42,5 %, oqsil va 23-24 %, moy saqlaydigan donli shakllar ko‘p qismini tashkil 
    qiladi. Kenja tur tarkibida 26 tur xili mavjud. Kenja turning genetik asosli navlari 
    AQSh, Kanada, Balkan yarm oroli, Rossiyaning Uzoq Sharqida va soya ekiladigan 
    hamma hududlarida tarqalgan. 

    Download 44,19 Mb.
    1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   352




    Download 44,19 Mb.
    Pdf ko'rish