|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 276/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
310
to‘yimliligi va hazm bo‘lishi bo‘yicha hech qolishmaydi. Soya moyi yoqimli ta'mli
va yaxshi kulinar xususiyatlarga ega, u organizm uchun almashtirib bo‘lmaydigan
fiziologik aktiv to‘liq to‘yingan moy kislotalaridan iborat .
Soya o‘simligi haqqona moyli ekini bo‘lib hisoblanadi, har yili jahonda 9 mln
tonnadan ko‘p moy ishlab chiqiladi. Soya jahonning 62 mamlakatlarida ekiladi va
oxirgi 20–25 yilda uning ekin maydoni 2,5 marta, urug‘ini ishlab chiqilishi 4 marta
oshirilgan. 2004 yilda ekin maydoni dunyoda 91,6 mln. ga, yalpi hosil 206,4 mln,
tonnani tashkil etgan. Hamdo‘stlik mamlakatlaridan oxirgi yillarga qadar bu ekin
asosan Rossiyaning Uzoq Sharqida – Amur viloyati, Xabarovsk va Primorskiy
o‘lkalarida joylashgan edi. Keyinchalik soya shimoliy Kavkaz, Povolj'e, Ukraina,
Moldaviya, O‘rta Osiyo mamlakatlari va Kavkaz ortida keng tarqalgan.
Soya Fabasaye oilasiga, Glycine L turkumiga mansub. Oddiy soya – G.soya
turiga mansub. Glycine turkumi N.I.Korsakov bo‘yicha shakllanish markazlariga
qarab uch kenja turkumga bo‘linadi:
1. Glycine L kenja turkumining ikki turlari - yoyilib o‘sadigan va yavan
turi - Sharqiy Afrika markazidan (Sharqiy Afrika, Xindiston, Shri Lanka, Yava
oroli) kelib chiqqan.
2. Leptocyamus (Benth) F. Herm kenja turkumi oltita turdan iborat: -
chirmashuvchi, o‘roq shaklli, ko‘p urug‘li, yorug‘ (ravshan) tusli, tamaki bargli va
jo‘nsimon Avstraliya markazida shakllangan (Avstraliya, Janubiy Xitoy, Jano‘biy -
Sharqiy Osiyo orollari). O‘zbekistonda soya 1930 yildan buyon ekiladi. U Xitoydan
Uzoq Sharq orqali keltirilgan.
3. Soya (Moench) F Herm kenja turkum – tarkibiga bir tur bo‘liboddiy soya
G.soya L. Sieb et. Zucc kirgan. Janubiy – sharqiy Osiyo shakllanish markazidan
kelib chiqqan (Shimoliy Xitoy va qo‘shni orollar) G.soya turiga soyaning ekilib
kelinayotgan barcha navlari Shimoliy Xitoy va Uzoq Sharqning yarm yovvoyi va
yovvoyi shakllari kiradi. Bu turning tarkibida beshta kenja turi aniqlangan.
|
| |