|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 325/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
360
Lug‘aviy sinonimlarga uzuallik xos bo‘lsa, kontekstual sinonimlarda
okkozionallik mavjud. Kontekstual sinonimlar ijodkorning ijodiy imkoniyatlari
samarasi bo‘lib, ma`nolari har xil so‘zlar matn tarkibidagina umumiy semaga ega
bo‘lib, matndan tashqarida ma`nolari turlichadir. Shu sababdan adabiyotlarda
ideografik, stilistik, kontekstual hamda individual – muallif sinonimlari tarzida
nomlanadi.
5
Kontekstual sinonimga misol qilib Omon Matjonning “Xolat” she’ridan
olingan quyidagi parchani ko`rishimiz mumkin:
Bir tum dengizga ham boqqil betuyg‘u,
Dema, o‘ylarimday u teran, tengsiz.
Bir zum baliqlarga vatan bo‘lsin u,
Bir zum dengiz bo‘lib guvlasin dengiz.
6
Misradagi teran, tengsiz so‘zlari matndan tashqarida alohida-alohida so‘z
hisoblanib, she’rning ichida esa o‘zaro sinonim holatida kelgan.
Sinonimlarni she’rning stiliga xos ruh va ohang bilan tiza borish o‘quvchi
diqqatini shu asar voqeasiga musiqiy yo‘l bilan butunlay jalb qiladi. Sinonimning
bunday birin-ketin ishlatilishi she’rda ifodalanayotgan mazmunni har xil shaklda va
turli ma’no nozikligida ta’sirli qilib berishga xizmat qiladi.
7
Abdula Oripovning “Quyosh shahri” she’rida ham yuqoridagi gapimizning
isbotini ko‘rishimiz mumkin:
Eng teran chashmadek tinib, sizilib,
Asrlar qa`ridan keladi xabar:
Ikki ming yil burun chayla buzilib,
Qo‘rg‘on barpo bo‘ldi, yaraldi shahar.
8
Ushbu misrada ketma-ket qo‘llangan tinib, sizilib hamda barpo bo‘ldi, yaraldi
so‘zlari o‘quvchini o‘ziga qaratish uchun musiqiylikni ta`minlagan.
Xulosa qilib aytganda, Abdulla Oripovning ma`nodosh so‘zlar hosil qilishdagi
o‘ziga xosligi tilimizda, nutqimizda leksemalarni faollashtirishda ko‘rinadi.
Shuningdek, shoir she’rlarida sinonimlar muhim o‘ringa ega bo‘lib, ular she’r uslubi
va tilining serqirra, boy va rang-barang bo‘lishiga, bir xillik va qaytariqlarning oldini
olishga, matnda boshqa so‘zlar bilan mutanosib qo‘llanib, she’rning ohangdorligi,
5
Muhammadjonova. G. 80-yillar oxiri – 90-yillar boshlari o’zbek she’riyatining lingvopoetik tadqiqoti. ND. –
Andijon, 2003, 38-bet.
6
A. Oripov. Tanlangan asarlar. G’ofur G’ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti. – T.: 2000.
7
X. Doniyorov, B. Yo’ldoshev. Adabiy til va badiiy stil. Fan. – T.: 1988, 143-bet.
8
A. Oripov. Tanlangan asarlar. G’ofur G’ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti. – T.: 2000.
|
| |