|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 323/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
358
Abdulla Oripov ijodida sinonimlarning qo‘llanilishi
Polvannazarova Dilnoza
UrDU O‘zbek filologiyasi fakulteti:
o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 223-guruh talabasi
polvannazarovadilnoza@gmail.com
Kalit so‘zlar: kommunikatsiya, poetik, sinonim, kontekstual sinonim, ketma-
ket sinonim, uslubiy va leksik sinonim.
Annotatsiya: Maqolada Abdulla Oripov she’riyatida sinonim va uning
turlarini qo‘llanilishi tahlilga tortilgan.
Ключевые слова: общение, поэтический синоним, контекстуальный
синоним, секвенциальный синоним, стилистический и лексический синоним.
Аннотация: В статье анализируется употребление синонимов и их видов
в поэзии Абдуллы Орипова.
Key words: communication, poetic synonym, contextual synonym, sequential
synonym, stylistic and lexical synonym.
Abstract: The article analyzes the use of synonyms and its types in Abdulla
Oripov's poetry.
Til nafaqat kommunikatsiya vositasi sifatida, balki estetik hodisa sifatida ham
o‘rganilib kelinmoqda. Tilning estetik-stilistik xususiyatlari badiiy matnda namoyon
bo‘ladi. Badiiy matnlarni poetik jihatdan tadqiq etish, estetik qimmatini belgilashda
til vositalaridan sinonimlarning o‘rni beqiyos. Shu tufayli tildagi sinonimlarni
yaxshi egallash, ulardan to‘g‘ri foydalanish, kishi nutqi uchun kata imkoniyatlar
yaratadi. Buning natijasida ular o‘z fikr va idealarining eng nozikholatlarini, o‘z
nutqlarining hamma ma`no jilolarini tushunarli va ravshan, ravon va jozibador,
shirali va ta`sirchan qilib ifodalash sharafiga muyassar bo‘ladilar.
1
Sinonimlar-talaffuzi, yozilishi har xil, birlashtiruvchi ma`nosi bir xil (umumiy)
bo‘lgan, qo‘shimcha ma`no nozikligi, emotsional bo‘yog‘i, qo‘llanilishi kabi bir
qator xususiyatlari bilan o‘zaro farqlanadigan so‘zlardir. Ana shunday umumiy
(birlashtiruvchi) ma`no bilan o‘zaro bog‘lanuvchi so‘zlar gruppasi sinonimik qatorni
tashkil etadi. Sinonomik qator ikki yoki undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin:
1
Abdurahmonov X, Mahmudov N. So’z estetikasi. – T.: 1981, 6-bet.
|
| |