|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 319/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
354
Voqelikning yo‘qolishi shu voqelik nomi bo‘lgn so‘z (leksema) ning lug‘atdan
butunlay tushib qolishiga sabab bo‘ladi.
8
Ayrim arxaizmlar zamonaviy ma`nodoshiga qaraganda ma`noni kuchliroq
ifodalash xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, yo‘qsil – kambag‘al arxaik va
zamonaviy so‘zlar juftligiga e`tibor beradigan bo‘lsak, “hech narsaga ega emaslik”
ma`nosi yo‘qsil leksemasida kambag‘al leksemasiga qaraganda ancha ortiq, chunki
mazkur so‘zlar tarkibi tarixiy-etimologik tahlil etilganda anglanadigan yo`q va kam
so‘zlari qiyoslansa, birinchisida ayni so‘zning nol darajada ekanligi seziladi. Arxaik
so‘zlar muayyan davrning yozma uslubini ifodalashda yoki qahramonning nutqiy
xarakteristikasini berishda ham lingvopoetik vosita sifatida ishlatiladi. She`riyatda
nutqqa ko‘tarinki ruh bag‘ishlash maqsadida ishlatiladi.
Omon Matjon ijodida sayyod va sayd arxaizmlari ko‘p ishlatiladi.
Sen agar sayyod bo‘lib
Yoy agar bo‘lganda man.
9
Sayyod so‘zi arabcha “ov”, “shikor”, “ov qilish” kabi ma`nolarni anglatadi.
Eski o‘zbek tilida sayd aylamak “ov qilmoq”, “ilintirmoq” ; sayd qilmoq “ovlamoq”
ma`nolarini anglatadi. Sayyod so‘zi ham sayd asosida kelib chiqqan bo‘lib “ovchi”
ma`nosini bildiradi. Yuqorida misradagi sayyod so‘zi o‘z ma`nosida qo‘llangan.
Umuman, Omon Matjon she`riyati tilida uchraydigan adabiy til nuqtai
nazaridan arxaik hisoblangan bir qator leksik vositalar hozirgi kunda mavjud
tushunchalarni ifodalashi bilan birga, davr ruhini aks ettirishi, ko‘tarinkilik,
ulug‘vorlikni
ta`minlash
kabi
maqsadlarda
ijodkor
tomonidan
poetik
aktivlashtirilgan til birliklaridir.
|
| |