|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 317/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
352
Bunday qo‘llanmay qolgan so‘zlar ham eskirgan hisoblanadi. Tilda so‘zlarning
eskirib qolishi shunga ko‘ra ikki xil: arxaizm hamda istorizm shaklida bo‘ladi.
Arxaizmlar – bunda so‘zlar orqali ifodalanadigan predmetlar mavjud
bo‘ladi, biroq u predmetlar avvalgi nomlari bilan emas, balki yangi so‘zlar, ya`ni
ekvivalentlari bilan ifodalanadi.
1
Bilamizki har qanday adib asarning leksik qatlamini bayon etishda, qalamga
olinayotgan davrni ham inobatga oladi. Ya`ni tarixiy mavzularga bag‘ishlangan
asarlarda yangi paydo bo‘lgan so‘zlar(neologizmlar)ni qo‘llab bo‘lmagani kabi
zamonaviy mavzudagi asarlarda ham eskirgan so‘zlarni qo‘llash uslubiy jihatdan
xatolik sanaladi. Masalan, Omon Matjonning Ogohiy g‘azaliga javoban yozilgan
“Muloqot”ida qo‘llangan so‘zlar davr nuqtai nazaridan to‘g‘ri tanlangan.
“Ey pir, dedim, yodlar bugun ash’orlaringni Xorazm…”
“Qo‘yg‘il, dedi, faxriyangni, dardimi topgil chorasin,
Yon, oshiq o‘l, hech bosmasin davron changi ko‘z qorasin,
Qilg‘il tamosho qomati zebosi birlan orazin,
Gar ko‘rmasang gul bo‘lganin payvand shamshod ustina!”
2
Misralardagi ash`or so‘ziga e`tibor qaratsak, ash’or arabcha so‘z bo‘lib she`r
so‘zining ko‘plik shakli hisoblanadi. Agarda shu misrada ash`or so‘zi o‘rniga she`r
so‘zini qo‘llaganda uslubiy jihatdan g‘alizlik kelib chiqqan bo‘lar edi. Chunki
bilamizki Ogohiyning yashagan davri bilan she`r so‘zining qo‘llanilish vaqtida
ma`lum chegara bor.
Davr ruhini berish uchun badiiy asarlarda arxaizmlardan foydalaniladi.
Navbatdagi “Miriyga o‘xshatma” nomli qo‘shig‘ida ham shunday so‘zdan mohirona
foydalangan:
Ey, husnda birinchim,
Ey tishlari dur-injum,
Yolg‘iz sening o‘zingsan
Bu dunyoda ilinjim,
Sen unda dog‘ bo‘lding,
Men munda dog‘ qoldim.
3
1
Пинхасов. Хозирги узбек адабий тили. Укитувчи. – Т.: 1969.
2
O. Matjon. Turkiy adabiyot durdonalar. O’zbekiston. – T.: 2022.
3
O. Matjon. Turkiy adabiyot durdonalar. O’zbekiston. – T.: 2022.
|
| |