|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 318/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
353
She`rning ikkinchi misrasidagi inju so‘ziga e`tibor qaratadigan bo‘lsak, inju
izohli lug‘atlarda marvarid
4
deb beriladi. Bu she`rda esa ushbu so‘z inju so‘zi bilan
qo‘llanib emotsionallikni yanada oshirgan.
Yozuvchi takrordan qochish, ta`sirchanlikni oshirish, ma`no bo‘yoqdorligini
ta`minlash maqsadida arxaizmning hozirgi davrdagi muqobili bilan birga qo‘llaydi.
Bunday ko‘rinishni Omon Matjonning Ogohiyning g‘azaliga qilgan “Muloqot”idan
olingan parchada ko‘rishimiz mumkin:
“Obod zamon, tenglik, dedim, turmush go‘zal, qushdek ko‘ngil…”
“O‘g‘lon, dedi, bu larzakor ochunga keng nazzora qil,
Olam bilan bo‘y o‘lchashib ko‘rmay havo ettingmi, bil,
Xoki taning barbod o‘lur oxir jahonda necha yil,
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurib bod ustina!”
5
She`rda qo‘llangan ochun so‘zi arxaizm bo‘lib, hozirgi kunda bu so‘z
tamoman iste`moldan chiqqan va uni o‘rnida dunyo, jahon so‘zlari qo‘llanadi.
Vaholanki, undan oldingi baytda zamon so‘zi qo‘llangani uchun yana takror
qo‘llamaslik hamda badiiy bo‘yoqdorlikni oshirish uchun ochun so‘zini qo‘llaydi.
Arxaiklashish hodisasi tilning grammatik birliklarida, xuxusan, affiksal
morfemalarda va shu morfemalar ishtirokida shakllangan grammatik formalarda
ham uchraydi. Masalan, fe`l tarkibida qo‘llanuvchi birliklar arxaik shakli bilan
qo‘llanib matnda ta`kid, kuchaytirish kabi ma`nolarni ham ifodalashi mumkin.
So‘zimizning isbotini quyidagi misralardan ham bilishimiz mumkin:
6
“Ming yor demak birlan, dedim, jomi visol bir to‘lmog‘oy,
Haqdin karam yo‘q, u bizim orzulara qotilmog‘oy!”
Lutfimga ul zot aytdi: “Qo‘y, dardim sanga esh o‘lmog‘oy,
Boshimga yoqqan g‘am toshin mingdin biricha bo‘lmog‘oy
Gardun agar ming besutun yog‘dirsa Farhod ustina!”
7
Leksik arxaizmlarning yuzaga kelishida sinonim so‘zlar orasidagi uslubiy
munosabatlar muhim rol
o‘ynaydi. Birining faollashuvi ikkinchisining
passivlashuviga, arxaiklashuviga olib keladi. Istorizmlarda esa bunday bo‘lmaydi.
4
Savodxon Izohli lug’ati.
Savodxon@.gmail.com
. 2014.
5
O. Matjon. Maqsudam. Adabiyot. – T.: 2021.
6
H. Jamolxonov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Talqin. – T.: 2005.
7
O. Matjon. Maqsudam. Adabiyot. – T.: 2021.
|
| |