|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 321/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
356
ko‘rishimiz mumkin:
Tog‘lar-yorning xo‘rsiniqlari,
Ag‘yor bergan iztiroblari.
Dardlar aro otilib chiqqan,
Yuragining inqiliblari.
Viqor bilan boqqan tog‘larda,
Yorning dardli so‘zlarin ko‘rdim.
Va qo‘ysa-da joni-jahoni,
Kulib turgan ko‘zlarin ko‘rdim1
Yuqoridagi misralarda tasvirlanayotgan tog‘ timsoli shoiraning aslida
anglatmoqchi bo‘lgan timsolini ko‘rinmas parda bilan berkitadi. Tog‘ bu-
mustahkam iroda, sabr-qanoat, bardosh timsoli. Shoiramiz ham she'riy misralarida
uni jonlantiradi, ya'ni yorini qanchalik xo‘rsinayotganini, dard bilan to‘lgan yuragini
otilib chiqayotganini bilsa-da, o‘zini viqorli, ichi yonsa-da, kulib turganini go‘zal
tasvirlaydi.Shoiraning aksariyat she'rlari Vatan, ota-ona, farzand, tabiat, muhabbat,
iztirob, dard mavzularida yozilgan. Bundan tashqari, tarixiy mavzularda "Navoiy
g‘azaliga muxammas", "Nodira g‘azaliga muxammas"lar ham bitgan. Ammo
kengroq qismini abadiy mavzular tashkil etadi.
Navbatdagi "Shoiralar" she'rida esa go‘zal o‘xshatishlar, mubolag‘ali so‘zlar
va sifatlashlardan ham o‘rinli foydalangan.
Aldamaydi sokin boqqan qarog‘lari,
Dildan o‘zga bo‘lmagaydir so‘rog‘lari.
So‘zdan bo‘lak yo‘qdir boshqa yarog‘lar
Dili yig‘lab, ko‘zi kulgan shoiralar.
Dard cheksa-da bemorlig‘ni xush ko‘rgaydir,
Qirq jonini ming bir ranjga esh ko‘rgaydir.
Halovatni, oromlarni tush ko‘rgaydir,
Dili yig‘lab, ko‘zi kulgan shoiralar.
Shoiralarning ta'rifini, ularning his-tuyg‘ularini ifodalagan ushbu misralar
ham yetuk badiiy mahorat bilan yaratilgan. Undagi har bir so‘z, har bir jumla alohida
1
Sayyora Samandar. Tog‘lar yorning xo‘rsiniqlari she'ri
|
| |