|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 331/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
367
bо‘yicha malakali kichik mutaxassislar tayyorlash talablariddan kelib chiqqan holda
tuzilgan.
Ana shu maqsaddan kelib chiqqan holda «Iqtisodiy savodxonlik» kursini
о‘qitishda quyidagi vazifalarni hal etish kо‘zda tutilgan:
-bitiruvchilarda real iqtisodiy hayot haqida tassavur hosil qilish.
-jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirishda iqtisodiyot faninining
ahamiyatini tushuntirish, о‘quvchilarni g‘oyaviy-siyosiy, vatanparvarlik, milliy
istiqlol g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalash; iqtisodiyotimizning tarixiy-milliy
ildizlari bilan tanishtirish;
-о‘quvchilarning real iqtisodiy dalillar, tushunchalar, qonunlar, nazariyalar,
iqtisod fanining metodlari, jahon iqtisodiyoti tizimi, iqtisodiy modellar haqidagi
tasavvurlarini kengaytirish;
-о‘quvchilarni iqtisodiy savodxonlik tushunchasi, uning ijtimoiy-pedagogik
ahamiyati bilan tanishtirish;
-bо‘lajak kichik mutaxassislarni mustaqil iqtisodiy ta’lim olish va mushohada
yuritish usullari bilan qurollantirish;
-iqtisodiy munosabatlar, kasbiy-iqtisodiy faoliyat bо‘yicha, iqtisodiy qonun va
qarorlarni hayotda qо‘llash bо‘yicha amaliy kо‘nikmalarni shakllantirish;
-о‘quvchilarni iqtisodiy tushunchalar, qonun-qoidalar, iqtisodiy hodisa va
voqealar mazmunini tahlil qilishga о‘rgatish;
-real hayotdagi iqtisodiy hodisalarni kuzatish va ularning sabablarini
tushuntirish, shuningdek, darslik va qо‘llanmalardan tashqari, yana qо‘shimcha
iqtisodiy adabiyotlar, davriy nashrlar, ma’lumotnomalar, lug‘atlardan foydalanish
kо‘nikmalarini shakllantirish;
-matematik-hisob kitob ishlariga, iqtisodiy masalalarni yechishga о‘rgatish,
kasbiy-iqtisodiy faoliyat jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish
malakalarini rivojlantirish;
-о‘quvchilarning iqtisodiy fanlarni о‘rganishga bо‘lgan qiziqishini oshirish,
iqtisod fanini о‘qitishni amaliyot bilan, yangi demokratik jamiyat qurish bilan uzviy
bog‘lash о‘quvchilarni ongli ravishda kasbiy о‘z-о‘zini belgilashga о‘rgatish va
о‘quv motivlarini shakllantirish;
-о‘quvchilarda iqtisodiy savodxonlikni shakllantirish.
«Iqtisodiy savodxonlik» о‘quv kursi bо‘yicha о‘quvchilar bilimiga
qо‘yiladigan talablar dasturga kiritilgan har bir mavzu bо‘yicha mustaqil fikr
|
| |