|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 339/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
381
tezlashtirilgan daraja texnologiyalari, kompensasiyalovchi о‘qitish texnologiyalari,
turli viktimologik texnologiyalar, qiyin va iqtidorli bolalar bilan ishlash
texnologiyalari;
modernizasiyalar va modifikasiyalar darajalari bо‘yicha – pedagogik
munosabatlarni gumanitarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi, о‘quvchilar
faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi, о‘quv jarayonini samarali
tashkil etish va boshqarish asosidagi, о‘quv materialini metodik takomillashtirish va
rekonstruksiyalash asosida texnologiyalar, tabiatga moslangan texnologiyalar,
alternativ, kompleks politexnologiyalar.
О‘.Tolipov samarali pedagogik texnologiyalarning uch guruhini ajratadi:
tadqiqot texnologiyalari, konstruksiyalash texnologiyalari va о‘zaro ta’sirlashuv
texnologiyalari.
Tadqiqot texnologiyalari pedagogning о‘z о‘quvchilari haqida, ularning
motivlari, qobiliyatlari, munosabatlari tizimi haqidagi bilimlarining tо‘planishiga
(axborot jamg‘armasi) yordam beradi. Konstruksiyalash texnologiyalari о‘quv
jarayonini, о‘quv predmetini, о‘quv axborotining konstruksiyalanishini о‘z ichiga
oladi. О‘zarota’sirlashuv texnologiyalari о‘qituvchilar va о‘quvchilar orasida
pedagogik maqsadga muvofiq munosabatlarni о‘rnatish, faol va samarali bilish
faoliyatini tashkil etishga yо‘naltirilgan.
J.Tolipova о‘zining ta’lim texnologiyalari tizimini yarata boshladi. Uning
asarida didaktikaning odatiy atamalar apparati va ta’lim texnologiyasining tili
orasida moslik о‘rnatishga harakat qilingan.
Metodologik, pedagogik, ilmiy-metodik va psixologik adabiyotlar tahlilining
kо‘rsatishicha, ijodiy natijalarning juda katta qismi ushbu tо‘rtta bosh g‘oya
asosidagi texnologiyalardan foydalanilib hosil qilingan.
1. Didaktik birliklarni yiriklashtirish. Uning asosida yaxlit-blokli va modulli
texnologiyalar ishlab chiqiladi va joriy etiladi.
2. О‘qitish natijalarini rejalashtirish. Bu g‘oya asosida maqsadlarni qо‘yish va
tabaqalashtirilgan о‘qitish texnologiyalari ishlab chiqiladi.
3. Ta’lim jarayonini psixologiklashtirish, ya’ni о‘quv jarayonini psixologik
о‘zlashtirish nazariyalari asosida qurish.
4. Kompyuterlashtirish – u о‘qitish va ta’lim jarayonini boshqarishni
kompyuterli qо‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
|
| |