233
7.2. Axborot xavfsizligi siyosati va uni amalga oshirish
Xavfsizlik siyosati
bu - tashkilotni himoyalash maqsadida amalga oshirilgan
xavfsizlik nazoratini tavsiflovchi yuqori sathli hujjat yoki hujjatlar to’plami.
Xavfsizlik
siyosati konfidensiallikni, foydalanuvchanlikni,
yaxlitlikni va aktiv
qiymatini saqlashni maqsad qilib, u xavfsizlik infratuzilmasining asosi hisoblanadi.
Xavfsizlik siyosatisiz tashkilotda bo’lishi mumkin bo’lgan turli nojo’ya harakatlarni
oldini olishning imkoni yo’q. Shunga qaramay, xavfsizlik siyosati
asos xavfsizlik
hujumlarini oldini olish yo’l yo’riqlarini o’zida mujassamlashtirmaydi.
Siyosatlar texnologik xarakterga ega bo’lmaydi va quyidagi amalga oshiradi:
-
ishchilar va uchinchi tomoni uchun qonuniy javobgarlikni kamaytiradi;
-
konfidensiallikni
va
shaxsiy
axborotni
o’g’irlanishdan,
noo’rin
foydalanishdan,
ruxsat
etilmagan
oshkor
bo’lishidan
yoki
modifikasiyalashdan himoyalaydi;
-
hisoblash resursi yetishmasligidan himoyalaydi.
Xavfsizlik siyosati o’zida tashkilot tarmog’i va kompyuter tizimlari
xavfsizligi talablari uchun maqsad va qoidalarni mujassamlashtirgan.
Xavfsizlik
siyosati maqsad va xavfsizlik talablari o’rtasida bog’lovchi vazifasini o’tab,
foydalanuvchilarga, xodimlar va boshqaruvchilarga texnologiya va axborot
aktivlarini himoyalashga yordam beradi. Xavfsizlik siyosati kompyuter tizimlari va
tarmoqlarining rasmiy talabi, sozlanishi va auditi uchun asos hisoblanadi, hamda u
tashkilot aktivlarining
konfidensialligini, butunligini va foydalanuvchanligini
kafolatlashi shart.
Xavfsizlik siyosatini zaruriyati:
-
Tashkilot bo’ylab foydalanilayotgan qurilmalar
soni ortib borishi tarmoqda
uzatilayotgan va saqlanadigan axborot hajmini ortishiga olib kelmoqda. Bu
holat esa o’z navbatida turli zaifliklar natijasida hosil bo’lgan xavfsizlik
tahdidlarini ortishiga ham sababchi bo’ladi. Xavfsizlik
siyosati tashkilotni
ushbu tahdidlarga qarshi kurashish va unga axborotni yo’qolishidan
himoyalash imkonini beradi.
234
-
Xavfsizlik siyosati tashkilotning barcha funksiyalarini xavfsiz tarzda amalga
oshirish orqali xavfsizlik prinsiplarining kelishilgan vazifalarini ta’minlaydi.
Xavfsizlik siyosatlari mijozlar bilan ishonchga asoslangan aloqani qurishda
axborot xavfsizligi standartlarining mosligini ta’minlaydi. Xavfsizlik siyosati
tashqi axborot tahdidlariga kompaniyaning duchor bo’lishini
kamaytirishga
yordam beradi.
-
Xavfsizlik siyosati tarmoqda qanday qoidalar foydalanishi kerakligi,
konfidensial axborot qanday saqlanishi va tashkilot ma’lumotlarini oshkor
bo’lishi va majburiyatlarni kamaytirish uchun qanday shifrlash algoritmlari
kerakligini aniqlash orqali qonuniy himoyani ta’minlaydi.
-
Xavfsizlik siyosatlari tahdidlarni sodir bo’lishidan oldin ularni bashoratlash
va zaifliklarni aniqlash orqali xavfsizlik buzilishlari
holatining ehtimolini
kamaytiradi.
-
U shuningdek, zaxira nusxalash va qayta tiklash amallarini joriy qilish orqali
tashkilot ma’lumotlarini yo’qolishi va chiqib ketishi xavfini minimallashtiradi.