Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/149
Sana10.09.2024
Hajmi4,35 Mb.
#270811
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   149
Bog'liq
kiberxavfsizlik-asoslari

Abstraksiya
85-rasm. Tizimni turli abstraksiya darajalaridagi holati 
7.
Tizimni bir qancha qatlamlar bo’yicha qarab chiqish mumkin (odatda 
uchta: ma’nosi, funksiyalari va tarkibi). 
Masalan, telefon – bu o’z muhiti uchun bir 
nechta vazifalarni bajarishga mo’ljallangan obyekt ma’nosini berib, qo’ng’iroqlarni 
amalga oshirish, moda obyekti bo’lish, shaxsiy raqamli yordamchi bo’lishi va 
boshqalar. Biroq, ushbu topshiriqlarni amalga oshirish uchun ko’plab funksiyalar 
to’plamiga ega (ekranga ko’rsatish, signalni uzatish, quvvatlash, foydalanuvchi 
tomonidan kiritilganlarni qidirish, zarur bo’lgan ovoz chiqarish va hak.). Va nihoyat,
ushbu funksiyalarning barchasi ushbu funksiyalarni bajarish uchun tashkil qilingan 
jismoniy komponentlar orqali amalga oshiriladi. 
Nima uchun ?= Ma’nosi
Nima ?= Funktsiyalari
Qanday ?= Tarkibi
86-rasm. Tizimni turli qatlamlardagi ko’rinishi 
8.
Tizim berilgan semantika bilan o’zaro bog’liq bo’lgan modellar orqali 
tasvirlanishi mumkin (xususiyatlar, tuzilish, holatlar, ma’lumotlar va hak.)
.
 
Masalan, 
xususiyatlar nuqtai nazaridan telefon bir metr balandlikdan tushib ketishga chidamli 
bo’lgan qurilma. Ammo, telefon ham holatini o’zgartiradi: telefon o’chirilgan va 
yoqish tugmasi bosilganda yoqiladi.


229 
87-rasm. Tizimning semantik bog’liq bo’lgan modellar orqali tasviri
 
9.
Tizimga aloqador turli ishtirokchilarga mos keladigan nuqtai nazarlar 
orqali tizimni tasvirlash mumkin. 
Masalan, reklama qiluvchilar, dizaynerlar
muhandislar va hak. Bularning barchasi telefonni turlicha tasvirlaydi.
.
.
.
88-rasm. Tizimning turlicha ko’rinishi
 
Yuqorida bayon etilgan arxitektura prinsiplariga asoslangan amalda qator 
tizimlar mavjud. Quyida ulardan ba’zilari bilan tanishib o’tiladi. 
Virtual mashina. 
Virtual mashina bu – oddiy kompyuter kabi ishlaydigan 
kompyuter fayli (odatda obraz deb aytiladi) bo’lib, u kompyuterda yana bir 
kompyuter yaratish imkoniyatini beradi. Boshqa har qanday dastur kabi, u alohida 
oynada 
ishlaydi. 
Shunday 
qilib, 
foydalanuvchilar 
virtual 
mashinada 
kompyuterlarning asosiy operasion tizimidagi kabi bir xil ish sharoitiga ega bo’ladi. 
Virutal mashina tizimning qolgan qismidan ajratilgan, ya’ni uning ichidagi dastur 
asosiy kompyuter tizimiga ta’sir qilishi yoki uni boshqarishi mumkin emas. Bu 
boshqa operasion tizimlarni, shuningdek, beta versiyalarni sinovdan o’tkazish, 
viruslarni tahlil qilish, operasion tizimlarning zaxira nusxalarini yaratish, asosiy 
operasion tizimdan farq qiluvchi operasion tizim va uning dasturiy vositalarini 
ishlatish uchun ideal muhit hisoblanadi. 


230 
Bir vaqtning o’zida bir nechta virtual mashinalar yagona fizik kompyuterda 
ishlashi mumkin. Serverlar uchun bir nechta operasion tizim ularni boshqarish uchun 
foydalaniladigan maxsus dasturiy ta’minot (gipervizor deb ataladi) bilan ishlaydi. 
Shaxsiy kompyuterlarda esa odatda bir operasion tizimdan boshqa bir operasion 
tizimni yuklash oddiy dasturiy ta’minot kabi amalga oshiriladi.
Har bir virtual mashinada CPU, xotira, qattiq disklar, tarmoq interfeysi va 
boshqa qurilmalarni o’z ichiga olgan o’zining virtual qurilmalari mavjud (89-rasm).
12 TB
RAM 48 GB
CPU 10 Core
RAM 
12GB
CPU 
2 Core
2 TB
RAM 
16GB
CPU 
3Core
3 TB
RAM 
18GB
CPU 
4 Core
5 TB
Virtual mashina
Virtual mashina
Virtual mashina
Virtual mashina 
sathi
Fizik mashina
89-rasm. Virtual mashina
 
Virtuallashtirishga qaratilgan dasturiy vositalarga Parallels Workstation
Parallels Desktop for Mac, VirtualBox, Virtual Iron, Oracle VM, Virtual PC, Virtual 
Server, Hyper-V, VMware Workstation, VMware Server, VMware ESXi, QEMU, 
Adeos va boshqalarni misol keltirish mumkin. 
Narsalar Interneti (Internet of Things, IoT). 
IoT – bu o’zaro bog’liq bo’lgan 
unikal identifikatorga ega hisoblash qurilmalari, mexanik va raqamli mashinalar
obyektlar, hayvonlar va odamlar tizimi bo’lib, tarmoq bo’ylab ma’lumotni uzatishda 
inson-inson yoki inson-mashina aloqasini talab etmaydi (90-rasm).


231 

Download 4,35 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   149




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot

Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish